213
esa muskullar boylamlar hosil qilib, xitin qoplamiga birikadi. Alohida
muskullarning qisqarishi tufayli hasharotlar murakkab harakatlar qila oladi:
yuradi, sakraydi, suzadi, qanotlari yordamida uchadi. Umurtqalilarning
muskullari skeleti bilan birikkan bo‘lgani uchun skelet muskullari deyiladi.
Umurtqali hayvonlar quruqlikda, havoda, suvda harakatlana oladi.
Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling:
teri qoplami, epidermis,
der ma, teri hosilalari, plakoid tangachalar, muguz tangachalar, gidrostatik
skelet, tashqi skelet, ichki skelet.
Bilimlaringizni qo‘llang.
1. Hayvonlarning tana qoplamlari qanday funksiyalarni bajaradi?
2. «Zoologiya» o‘quv fanidan o‘zlashtirgan bilimlaringizga asoslanib, umurtqasiz
hayvonlarning tana qoplamlarini aytib bering.
3. Baliq va baqaning tana qoplamlarini taqqoslang.
4. Kaltakesak, qush, sutemizuvchilarning tana qoplamlarini taqqoslang.
5. Baliq va baqaning skeleti qanday bo‘limlardan tashkil topgan?
6. Qush, sutemizuvchilarning skeleti qanday bo‘limlardan tashkil topgan?
7. Umurtqasiz hayvonlarning harakat organlarini o‘zaro taqqoslang.
8. Umurtqali hayvonlarning harakat organlarini o‘zaro taqqoslang.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
Biologiya daftaringizga quyidagi jadvallarni to‘ldirgan holda yozing.
1. Baliq va baqaning skeleti qiyosiy xarakteristikasini jadvalda aks ettiring.
Umurtqali
hayvonlar
Skelet
bo‘limlari
Bo‘limni tashkil
etgan suyaklar
Bo‘limning
Dostları ilə paylaş: