1. O‘zbekistondagi va horijiy davlatlardagi metallar resiklingining zamonaviy ahvoli


Yaponiyaning rangli metallar resiklingi



Yüklə 291,41 Kb.
səhifə12/14
tarix10.12.2023
ölçüsü291,41 Kb.
#139535
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1. O‘zbekistondagi va horijiy davlatlardagi metallar resiklingin

1.4. Yaponiyaning rangli metallar resiklingi
Yaponiyaning ikkilamchi rangli metallurgiyasi davlat iqtisodiy statikasida rangli metallurgiyaning bir tarmog‘i sifatida qaraladi. Bu tarmoq tarkibiga ikkilamchi metallurgiyadan tashqari ruda xom ashyosidan rangli metall ishlab chiqarish va rafinirlash (tozalash), ularni prokat qilish, qolipga solib qo‘yish, elektr o‘tkazuvchilar, kabellar ishlab chiqarish, rangli metallar va ularning qotishmalaridan turli xil buyumlar yasash kiradi.
1983 yil ma’lumotlariga asosan, bu tarmoqda 571 korxona bo‘lib, ularda taxminan 12 ming odam xizmat qiladi. Bu korxonalarning asosiy qismini kichik va o‘rta korxonalar tashkil qiladi (85 % korxonalarda ishlovchilarning soni 30 kishidan oshmaydi). Faqat 13 korxonada ishlovchilar soni 100 tadan oshadi. Bu korxonalarning beshtasi ikkilamchi xom ashyodan alyuminiy, uchtasi qo‘rg‘oshin, bittasi ruh, to‘rttasi boshqa rangli metallarni ishlab chiqaradi. Alyuminiy parchalari va chiqindilarni qayta ishlashga 275 korxona (5,3 ming kishi), qo‘rg‘oshin parchalari va chiqindilarini qayta ishlashga 113 korxona (1,9 ming kishi), ruh parchalari va chiqindilarini qayta ishlashga 44 korxona (0,9 ming kishi) va boshqa rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlashga 157 korxona (3,4 ming kishi) ixtisoslashgan.
Yaponiyada rangli metallurgiyani sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi o‘tgan asrning so‘ngi 20-30 yili orasida 3,5 foizdan 2,7 foizgacha kamaydi, tarmoqdagi band kishilar soni 209 mingdan 182 ming kishiga kamaydi. Ruda xom ashyosini qayta ishlovchi korxonalar soni 72 tadan 53 taga, ularda band kishilarning soni 34 mingdan 19 ming kishiga kamaydi. Lekin shu bilan bir paytda ikkilamchi rangli metallurgiyada bandlar soni 25 foizga (3 ming kishiga), bu tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar 2,2 martaga ortdi. Yil sayin yirik ikkilamchi metallurgiya korxonalarini soni ko‘paymoqda. Buning asosiy sababi quyidagilardir:
1) metall parchalari va chiqihdilarini ishlab chiqarish, chetdan ruda xom ashyosini olib kelishga qaramlikni kamaytiradi;
2) metall parchalari va chiqihdilaridan metallarni ishlab chiqarishda, energiya xarajatlari bir necha marta kam bo‘ladi;
3) bir qator atrof-muhitni muhofaza qilish muammolarini echadi.
Hozirgi paytda bu tarmoq umumiy ishlab chiqarilayotgan alyuminiyni 78 foizini, qo‘rg‘oshinni 39 foizini, ruhni 30 foizini va boshqa rangli metallarni, hamda nodir va qimmatbaho metallarni sezilarli darajada ishlab chiqarmoqda. SHu bilan bir paytda ikkilamchi resurslarni ishlatishda bir qator qiyinchiliklar uchramoqda:
1) metall parchalari va chiqihdilarini qayta ishlash texnologiyasini etarli darajada takommillashmaganligi;
2) metall parchalari va chiqihdilari resurslar bozorida taklif qiluvchilarni kamligi;
3) metall parchalari va chiqihdilarini yig‘ish va qayta ishlash takomillashgan sistemalarini kamligi.
Ko‘pgina mutaxasislarni fikricha, bu tarmoqni rivojlantirishni asosiy omili-bu tarmoqni davlat o‘z nazoratiga olishi kerakligidir. Ko‘pgina hollarda ishlash qamrovini kichikligi, foydali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga to‘sqinlik qilmoqda. Hozirgi kunda ikkilamchi metallarni qayta ishlaydigan korxonalarda, davlat hissasi 30-50 foiz bo‘lgan korxonalarni qurish loyihalari o‘rganilmoqda. Bu mablag‘ni bir qismi metall parchalari va chiqihdilarini hosil qilib ishlovchi korxonalar tomonidan qoplanishi taklif qilinmoqda. Snu bilan birga turli xil chiqindilar chiqaruvchi va metall parchalari va chiqihdilarini qayta ishlovchi korxonalarni birlashtirish, chiqindi metall resurslarni hosil qilish va qayta ishlashni birlashgan sistemalarini tashkil qilish masalalari ko‘rib chiqilmoqda. «Dova seyko» firmasining «Amagaski» zavodida rangli metallar pirit kuyindilaridan xlor yordamida uchirish usulida olinadi. Lekin hozirgi kunda pirit kuyindilarni qayta ishlash bilan bir paytda, turli xil tarkibida mis va ruh bo‘lgan shlaklar va shlamlar, mahsulotlarni yuvishda hosil bo‘lgan xlorid kislotali eritmalar, turli tuman tarkibida mis, ruh, temir bo‘lgan xlorid va sulfat kislotali eritmalar ham qayta ishlanmoqda.
Yaponiyada qora metallurgiya changlaridan rangli metallarni ajratib olish amaliyoti sezilarli ravishda rivojlandi. Masalan, «Simitomo Metall mayning» firmasining «Sisako» zavodi yiliga 50 ming tonna shunday changni qayta ishlaydi. Bunday changlar sirasiga ruhlangan po‘lat parchalari va chiqindilarini qayta ishlashdan hosil bo‘ladigan changlar ham kiradi. Xom ashyo «qurt» (okatыsh) bo‘laklari shaklida olib kelinib, koks va ohak bilan aralashtiriladi, so‘ngra, shartli tegirmonlarda maydalanadi. Quritilgan granulalar yonuvchi mazut bilan qizdiriladigan, aylanuvchan trubasimon pechga solinadi. Bunda ruhni 85-90 foizi va qo‘rg‘oshinni 70-80 foizi vozgon holida uchiriladi.
Yaponiyada bir tomondan metall olishni manbai, ikkinchi tomondan atrof-muhitga yuqori havf soluvchi, tarkibida simob bo‘lgan chiqindilarni yig‘ish va ularni qayta ishlashda etarli muvaffaqiyatlarga erishilgan. Bunday chiqindilar 1974 yildan beri «Nomura kosan» firmasining «Itomuka» zavodida qayta ishlanmoqda. Bu firma ruda xom ashyosidan simob ishlab chiqarish bo‘yicha ham, Yaponiyadagi yirik ishlab chiqaruvchilardan hisoblanadi. Hozirgi paytda zavod yiliga 4 ming tonna ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlab taxminan 70 tonna simob ishlab chiqardi.
«Itomuka» zavodinining asosiy xom ashyolariga shlamlar, zararlangan tuproq, tarkibida simob bo‘lgan sorbentlar, ishlatilgan uskunalar, zavoddan yaroqsiz holida chiqqan va ishlash muddatini o‘tab bo‘lgan mahsulotlar (lyuminetsent va simob lampalar, simob, ishqoriy marganetsli va kumushli galvanik elementlar, termometrlar, sarf qilgichlar, monometrlar, ignitronlar, to‘g‘rilagich (vыpryamitel)lar va boshqalar), ishlatilgan katalizatorlar, amalgamalar, ishlatilgan reaktivlar va boshqalar kiradi.
Bu mahsulotlar dastavval qayta ishlashga tayyorlanadi (bir biridan ajratish, navlarga ajratish, quritish, maydalash, neytrallash, reagentlar bilan ishlov berish), so‘ngra ko‘p tubli aylanuvchan yoki elektr pechlarida 600-8000C haroratda xom ashyo turiga bog‘liq holda kuydiriladi. Kuydirishdan hosil bo‘lgan qoldiqlar er tagida, maxsus temirbeton bunkerlarda saqlanadi. Zavoda ishlovchi personalar soni 16 kishini tashkil qiladi.
Yaponiyada hozirgi kunda konserva banka temir-tersaklari va chiqindilaridan alyuminiy ishlab chiqarish sezilarli ortmoqda. 1971 yilda ularni ishlab chiqarish 33 mln. donani tashkil qilgan bo‘lsa, 1984 yilda 2,6 mlrd. donani tashkil qildi. Hozirgi kunda bu ko‘rsatkich ikki martadan ziyodga ortgan. Temir-tersak chiqindilarda 1 tonna banka ishlab chiqarishga sarf bo‘lgan energiya, birlamchi xom ashyodan ishlab chiqarilgan bankaga sarf bo‘lgan energiyaning 4 foizini tashkil qiladi. Hozirgi paytda bankalarni yig‘ish, jami ishlab chiqarilgan bankalarni 40 foizini tashkil qilmoqda. 1980 yilda chiqindi banka temir-tersaklaridan 10,8 ming tonna alyuminiy ishlab chiqarildi. Bu banka ishlab chiqarishga sarflagan metallning 30 foizini tashkil qiladi. Bankalarni yig‘ish sistemasiga banka va ichimliklar ishlab chiqaruvchilar, metallurgik korxonalar, savdo tashkilotlari va shahar hokimligi kiradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, ikkilamchi metallurgiya nafaqat O‘zbekistonda, balki rivojlangan xorijiy davlatlarda ham asosiy ishlab chiqarish tarmoqlariga kirmoqda.



Yüklə 291,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin