17.26. Rezina shnurga bog’langan 100 g massasi tosh gorizontal tekislikda 10 rad/s burchak tezlik bilan
aylanmoqda. Bunda shnur vertikal bilan 60
0
li burchak hosil qilgan. Shnurning bikrligi 40 N/m bo’lsa, uning
cho’zilmagan holdagi uzunligini aniqlang.
17.27. Uzunligi 30sm bo’lgan ipga bog’langan yuk gorizontal tekislikda radiusi 15 sm bo’lgan aylana
chizyabdi. Yukning aylanish chastotasini toping.
17.28. Dastlabki uzunligi 20 sm bo’lgan vazinsiz bikrligi 100 N/m bo’lgan prujinaga massasi 200 g bo’lgan
jism osildi. Song jism 2 Hz chastota bilan shunday aylantirildiki, yuk osilgan prujina fazoda konus hosil
qildi. Bunda hosil bo’lgan prujina deformatsiyasini aniqlang.
17.29. Konik mayatnikning osilish nuqtasi yuqoriga 2.5 m/s
2
doimiy tezlanish bilan harakat qilmoqda. Ip
vertikaldan 60
0
ga og’sa, mayatnikning aylanish davri aniqlansin. Ipning uzunligi 1 m.
17.30. Chozilmaydihan vazinsiz ipga osilgan shar gorizontal tekislikda aylanmoqda. Aylanish davrini ikki
marta ortirilganda, aylana markazi bilan osilish nuqtasi orasidagi masofa necha marta o’zgaradi?
17.31. Temir yo’lning egrilik radiusi 300 m bo’lgan qismida harakatlanayotgan poyezdning bosim kuchi
releslarga perpendikuliyar yo’nalgandagi normal tezligi 54 km/h. Releslar orasidagi masofa 1524 mm bo’lsa,
tashqi reles ichi relesga nisbatan qanchaga ko’tarilgan?
17.32. Ichki sirti silliq, radiusi 28 sm bo’lgan sferada ishida sharcha gorizontal tekislik bo’ylab
aylanmoqda. Aylanish tekisligi sferaning quyi nuqtasidan doimo 20 sm balandlikda bo’lishi uchun sharcha
qanday tezlikda yalanishi kerak?
17.33. Konusda shar yotibdi. Konus 5 rad/s burchak tezlik bilan aylantira boshlandi. Shar konusni uchidan
qanday masofada muvozanat holatda bo’ladi? Konus yasovchisi va aylanish o’qi orasidagi burchak 45
0
(67-
rasm).