19.16. Bir jisnsil jism havoda tortilganda 8.4 N, suvada 5 N chiqdi. Bu jism moddasining zichligini toping.
19.17. Jismning suvdagi og’irligi havodagi og’irligidan 4 marta kichik. Jism zichligi nimaga teng.
19.18. Dinamometrga ilingan massali 540 g bo’lgan alyuminiy slindr kerosinga to’liq botirildi.
Dinamometr ko’rsatishini aniqlang. Kerosin zichligi 800 kg/m
3
, alyuminiy zichligi 2700 kg/m
3
.
19.19. 1 kg massali alyuminiy detalini suvga to’liq botirilgandagi og’irligini (tayanchning reyaksiya kuchi
yoki ipning taranglik kuchi) toping. Alyuminiy zichligi 2700 kg/m
3
.
19.20. Asosini yuzi 75 sm
2
bo’lgan vertikal devorli idishga suv quyilgan. Idishga 300 g massali, zichligi suv
zichligidan kichik bo’lgan jism solinsa, idhishdagi suv satxi qanchaga ko’tariladi?
19.21. Suv quyilgan slindirik shakldagi idishga temir quti qo’yildi va unda suza boshladi (cho’kmadi).
Natijada suv vsathi 2 sm ga ko’tarildi. Qutiga ostidagi teshikdan a suv kirishi natijasida cho’kib ketsa, suv
sathi qanday o’zgaradi? Temirning zichligi 7800 kg/m
3
.
19.22. Dinamometrga osilgan yuk suvga tushirilganda, idishning vertikal devorlaridagi suv satxi 5 sm ga
ko’tarildi. Bunda dinamometrning ko’rsatgichi 0.5 N ga o’zgardi. Idish asosining yuzini aniqlang.
19.23. Yog’och detal hajmining
qismi botgan holada suvda suzmoqda. Detal kerosinga ko’chirilsa, unga
ta’sir qiluvchi Arximed kuchi qanday o’zgaradi? Detal kerosinga to’liq botishi uchun unga qanday minimal
kuch qo’yish kerak? Detal massasi 400 g, kerosin zichligi 800 kg/m
3
.
19.24. Kema sho’r suvdan toza suvga o’tishida uning suvga botishi biroz oshdi. Kemadan 600 t yuk
tushirilgandan so’ng suvga botish avvalgi holatiga qaytdi. Sho’r suvning zichligi toza suvning zichligidan 3
% ortiq bo’lsa, Kemaning yuk bilan birgalikdagi massasini aniqlang.