92. Tilning old qismida hosil bo’ladigan undosh tovushlarni belgilang.
A) ch,k B) r,l C) b,p D) v,f
93. Qaysi qatordagi so’zlarda qo’shimcha qo’shilishi bilan tovush o’zgarishi sodir bo’lgan?
A) qaynoq, maqtov, o’yin
B) ko’ylakchan, ko’klam, o’lgunch
C) shirinlik, ko’pchilik, bog’lam
D) o’lcham, kuyla, o’ymakor
94. Qaysi so’zda yonma-yon kelgan tovushlar nutqda ba’zan o’rin almashish mumkin?
A) yurakka B) tuproq C) yozgandir D) stantsiya
95. O’lcham-o’lchov, kurak-kuragi, ot-ata kabi o’zak va qo’shimchalarning qo’shilishida tovush o’zgarishlarining qaysi turi vujudga kelgan?
A) tovush almashishi va tushishi
B) tovush almashishi va ortirilishi
C) tovush tushishi
D) tovush almashishi
96. Quyidagi so’zlarning qaysi biri tarkibida ochiq bo’g’in bor?
A) ishlatmoq B) otlantirmoq
C) al’bomning D) tasdiqlamoq
97. Qaysi qatordagi so’zlar faqat ochiq bo’g’indan iborat?
A) arra, fazo, quyosh B) mazali, go’yo, keladi
C) nozanin, azamat, ota D) mana, ko’rpa, semiz
98. Quyidagi qatorlarning qaysi birida sh tovushining jaranglisi qo’llangan so’zlar qayd etilgan?
A) kajava, ajrim; B) jola, janr;
C) jir, ajdod; D) jabr, gajak;
99. Quyidagi qatorlarning qaysi birida ch tovushining jaranglisi qo’llangan so’zlar qayd etilgan?
A) janr, ajdar; B) ajdod, jola,
C) ajrim, kajava D) jemper, jurnal;
100. Qaysi qatordagi so’zlarning undoshlari lab tovushlardan iborat?
A) papka, shapka, popuk B) vzvod, vojib, vrach
C) baraka, badbo’y, vafo D) bevafo, bomba, popop
101. Qaysi qatordagi so’zlarning undoshlari til oldi tovushlaridan iborat?
A) diyda, joynamoz, latofat B) dilozor, jondor, larza
C) jirttaki, laparchi, lahza D) latta, nojins, jodugar
102. Qaysi qatordagi so’zlarning undoshlari faqat sonorlardan iborat?
A) mosh, mos, makon B) jang, mo’g’il, nov
C) malol, marom, marmar D) shag’al, nog’ora, mog’or
Dostları ilə paylaş: |