6-Variant
Davlat tushunchasi, uni kelib chiqish shart-sharoitlari, asosiy funksiyalari.
Davlat va huquq nazariyasining predmeti va metodlari. Davlat va huquq nazariyasi – davlat va huquqqa tegishli bilimlar tizimidir. Uning predmeti davlat va huquqqa tegishli hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va o`zgarishi to`g`risidagi qonuniyatlarni o`rganishdir. Davlat va huquq nazariyasining ob`yektini o`rganish ibtidoiy jamoa tuzumining inqirozga yuz tutishi jarayonlarini tahlil etish hamda davlat va huquq to`g`risidagi hodisalarning vujudga kelishidan boshlanadi, so`ngra davlat va huquq asosisda yotuvchi mukammalroq munosabatlar o`rganiladi.
Davlat va huquq nazariyasining universal metodlari – bu tarixiylik va mantiqiylik prinsiplaridir. Ushbu prinsiplarning uyg`unlikda amalga oshirilishi davlat va huquqqa oid hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va o`zgarishiga doir jarayonlarni asl holda aks ettirishni talab qiladi.
Davlat va huquq nazariyasining xususiy ilmiy metodlari:
1) Sotsiologik usul – so`rovnoma, kuzatishlar olib borish orqali hodisa va jarayon o`rganiladi.
2) Statistik usul – statistik( hisob-kitob) ma`lumot asosida o`rganiladi.
3) Kibernetik usul – matematik-modellashtirish, algoritmlar, kompьyuterdan foydalanib o`rganiladi.
4) Qiyosiy-huquqiy usul-qiyoslash, solishtirish orqali o`rganiladi.
5) Rasmiy-yuridik usul-yuridik tushunchalarga ta`rif va tasnif beriladi, sharhlanadi.
^ Fuqarolik jamiyati va davlat tushunchasi. Fuqarolik jamiyati – haqiqiy fuqarolardan, ya`ni uzviy bog`liqlikda bo`lgan hamda axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir. Fuqarolik jamiyati nafaqat davlatning majburlov kuchi bilan, balki uning a`zolari bo`lmish fuqarolarning o`zlari orqali saqlab turiladigan va qat`iy tartib qaror topgan jamiyatdir. Bunday jamiyat o`zini o`zi yuksak darajada tashkil etishi bilan ajralib turadi. Fuqarolik jamiyatiga davlatning kuchli ta`siri talab etilmaydi. Davlat bunday jamiyatning nazoratida bo`lishi kerak, chunki davlat – fuqarolik jamiyatning “yollanma xizmatkori”. Zero, u fuqarolar, korxona va muassasalardan olinadigan soliqlar hisobiga mavjud bo`ladi. Mazkur jamiyat nafaqat o`zining siyosiy, madaniy hayotini, balki iqtisodiy, ijtimoiy hayotini ham boshqarib turadi. Hamma jamiyatni ham fuqarolik jamiyati deb bo`lmaydi. Fuqarolik jamiyati ancha yuksak darajadagi ijtimoiy rivojlanish ko`rsatkichidir.
I.A.Karimov ta`biri bilan aytganda, davlat boshqa narsa, fuqarolar jamiyati boshqa narsa. Bunday jamiyatda davlat tashkilotlaridan ko`ra jamoat tashkilotlarining qadri balandroq turadi. Bizning asosiy maqsadimiz – bir kishi yoki jamoat tashkilotlarining fikri davlat tuzilmalarining fikridan ustunroq bo`ladigan fuqarolar jamiyati qurishdan iborat.(Karimov I.A. Bunyodkorlik yo`lidan. T. 4.Toshkent, 1996, 90- bet.)
Ma`lumki, davlat, huquq va jamiyat bir- biriga bog`liq tushunchalardir. Bularning ichida jamiyat eng keng ma`noga ega tushuncha. Davlat hokimiyatning ichida mavjud bo`lib huquqni keltirib chiqaradi. O`z o`rnida huquq ham davlatni shakllantiradi va yo`naltiradi. Davlat va huquq ta`siri bilan jamiyat o`zgaradi. Huquq davlat uchun ham jamiyat uchun ham muhim bo`lgani holda hamma uchun majburiy hisoblanadi.
Jamiyat va davlat o`zaro aloqador, ammo teng ahamiyatga ega emas. Mohiyati jihatidan ular aynan bir narsa emas. Mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar qanchalik mukammal bo`lsa, jamiyat va davlatning funksiyalari shunchalik aniq ajralib turadi. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat uyg`unlashgan munosabatga ega. Jamiyat ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga oid ko`plab muammolarni davlatning yordamisiz hal qiladi. Huquqiy davlat jamiyatning o`zi eplaydigan masalalarda fuqarolik jamiyatiga vasiylik qilish ehtiyojiga ega emas. Demak, fuqarolik jamiyati o`zini o`zi boshqaradi va huquqiy davlat siyosatiga, undagi huquqiy tizimga hal qiluvchi ta`sir o`tkaza oladi. “Demokratik jamiyat- deydi I.Karimov –bu, eng avvalo, fuqarolik jamiyatidir. Chinakam demokratiyaning oliy mazmuni – shaxslararo,millatlararo, davlat va ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni uyg`unlashtirishdan iborat. Bunda inson va jamiyat, jamiyat va davlat hokimiyati tinch-totuv yashaydi”.
Fuqarolik jamiyati qurilishi – bu faqat siyosiy tizimni demokratlashtirish emas, balki iqtisodda huquqiy prinsiplarni tiklash, xo`jalik faoliyatini demokratik asoslarda tubdan qayta qurish hamdir.
Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo`lib, u insonning o`z-o`zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |