10-mustaqil ishi mavzu: Qo' shma gap qoliplarining nutqiy xususiylashuvi


Quyida bularning ayrimlariga to‘xtab o‘tamiz



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə2/5
tarix03.06.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#127757
1   2   3   4   5
10-MUSTAQIL ISHI

Quyida bularning ayrimlariga to‘xtab o‘tamiz:

  • Quyida bularning ayrimlariga to‘xtab o‘tamiz:
  • 1. Sodda gapda shakllangan kesim bitta markazdan, qo‘shma gapda u birdan ortiq bo‘ladi va birdan ortiq sodda gaplarning mazmun hamda grammatik jihatdan birikuvidan tashkil topadi. Misollar: a) sodda gap: Bu mumtoz asarda tarix to‘fonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib, o‘zligini doimo saqlagan el-yurtimizning bag‘rikenglik, matonat, olijanoblik, vafo va sadoqat kabi ezgu fazilatlari o‘z ifodasini topgan. (I.Karimov)
  • b) qo‘shma gap: Ilmni o‘g‘ri ham o‘g‘rilay olmas, ilmni ajal ham olib ketolmas. (Maqol)
  • 2. Sodda gap bir va, o‘rni bilan, ko‘p, qo‘shma gap esa faqat ko‘p fikrni ifoalaydi. Sodda gap: a) bir fikrni ifodalaydi: Qush sayradi. Bu yil qish sovuq keldi;
  • b) ko‘p fikrni ifodalaydi: Bahor kelganda, gullar ochilganda, lola sayriga chiqamiz.
  • Qo‘shma gap: Faqat Botiralini eslasa, bag‘ri eziladi, dili erib, ko‘zlarining qo‘sh bulog‘i qaynaydi. (H.G‘ulom) Bu gap uch qismli qo‘shma gap bo‘lib, bir necha fikrni bildiradi.
  • 3. Sodda gapning qurilish materiali so‘z va so‘z birikmasi bo‘lsa, qo‘shma gapning qurilish materiali gap markazlaridir (mustaqil va nomustaqil kesimlar).
  • 4. Sodda gapning eng oddiy shakli bir so‘zdan, qo‘shma gapning eng oddiy shakli ikki so‘zdan iborat bo‘ladi. Masalan: Ayt, kirsin. Bu gap ikki qismli qo‘shma gapdir.

5. Sodda gapdek, qo‘shma gap ham ifoda maqsadiga ko‘ra uchta:

  • 5. Sodda gapdek, qo‘shma gap ham ifoda maqsadiga ko‘ra uchta:
  • A) qo‘shma darak gap: Qo‘hna tariximizni shu ma’noda ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazib, tahlil qiladigan bo‘lsak, muhim va ibratli bir fikrni takroran aytishga to‘g‘ri keladi. (I.Karimov);
  • B) qo‘shma buyruq gap: Sen borma, ukang borsin! Ayt, tez bo‘lsin, mehmonlar kelib qolishadi!
  • D) qo‘shma so‘roq gap: Og‘riq qoldimi, uyqungiz qalay? Nima qilasan, qishloqqa qaytasanmi? (Oybek); Ayt o‘zing: tashvishin chekayin nening? (A.O‘ktam)
  • 6. Sodda undov gaplardek, qo‘shma undov gaplar ham bor: Og‘iz ayg‘oq, til tayg‘oq! Uning joni bitta emas, biz – xotinlar, qizlar nechta bo‘lsak, Jo‘raxon opamning jonlari shuncha! (A.Muxtor)
  • 7. Qo‘shma gaplar, xuddi sodda gaplardek, bir va ikki tarkibli bo‘ladi. Bu holat uch ko‘rinishga ega:
  • a) qo‘shma gapning hamma qismlari bir tarkibli: Dabdabali to‘ylarga bormaslik mumkin, lekin ta’ziyada azador bilan birga bo‘lish kerak;
  • b) hamma qismlari ikki tarkibli: Tuproqni chaqaloqday tarbiyalasang, dur beradi;
  • D) qismlaridan biri bir tarkibli, boshqalari esa ikki tarkibli bo‘ladi: Agar zarur topilsa, chetlatib ham qo‘yishadi. (J.J)

  • Yüklə 0,57 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin