1. Sodda gapda shakllangan kesim bitta markazdan, qo‘shma gapda u birdan ortiq bo‘ladi va birdan ortiq sodda gaplarning mazmun hamda grammatik jihatdan birikuvidan tashkil topadi. Misollar: a) sodda gap: Bu mumtoz asarda tarix to‘fonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib, o‘zligini doimo saqlagan el-yurtimizning bag‘rikenglik, matonat, olijanoblik, vafo va sadoqat kabi ezgu fazilatlari o‘z ifodasini topgan. (I.Karimov)
b) qo‘shma gap: Ilmni o‘g‘ri ham o‘g‘rilay olmas, ilmni ajal ham olib ketolmas. (Maqol)
2. Sodda gap bir va, o‘rni bilan, ko‘p, qo‘shma gap esa faqat ko‘p fikrni ifoalaydi. Sodda gap: a) bir fikrni ifodalaydi: Qush sayradi. Bu yil qish sovuq keldi;
b) ko‘p fikrni ifodalaydi: Bahor kelganda, gullar ochilganda, lola sayriga chiqamiz.
Qo‘shma gap: Faqat Botiralini eslasa, bag‘ri eziladi, dili erib, ko‘zlarining qo‘sh bulog‘i qaynaydi. (H.G‘ulom) Bu gap uch qismli qo‘shma gap bo‘lib, bir necha fikrni bildiradi.
3. Sodda gapning qurilish materiali so‘z va so‘z birikmasi bo‘lsa, qo‘shma gapning qurilish materiali gap markazlaridir (mustaqil va nomustaqil kesimlar).
4. Sodda gapning eng oddiy shakli bir so‘zdan, qo‘shma gapning eng oddiy shakli ikki so‘zdan iborat bo‘ladi. Masalan: Ayt, kirsin. Bu gap ikki qismli qo‘shma gapdir.
5. Sodda gapdek, qo‘shma gap ham ifoda maqsadiga ko‘ra uchta:
5. Sodda gapdek, qo‘shma gap ham ifoda maqsadiga ko‘ra uchta:
A) qo‘shma darak gap: Qo‘hna tariximizni shu ma’noda ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazib, tahlil qiladigan bo‘lsak, muhim va ibratli bir fikrni takroran aytishga to‘g‘ri keladi. (I.Karimov);
B) qo‘shma buyruq gap: Sen borma, ukang borsin! Ayt, tez bo‘lsin, mehmonlar kelib qolishadi!
6. Sodda undov gaplardek, qo‘shma undov gaplar ham bor: Og‘iz ayg‘oq, til tayg‘oq! Uning joni bitta emas, biz – xotinlar, qizlar nechta bo‘lsak, Jo‘raxon opamning jonlari shuncha! (A.Muxtor)
7. Qo‘shma gaplar, xuddi sodda gaplardek, bir va ikki tarkibli bo‘ladi. Bu holat uch ko‘rinishga ega:
a) qo‘shma gapning hamma qismlari bir tarkibli: Dabdabali to‘ylarga bormaslik mumkin, lekin ta’ziyada azador bilan birga bo‘lish kerak;
b) hamma qismlari ikki tarkibli: Tuproqni chaqaloqday tarbiyalasang, dur beradi;
D) qismlaridan biri bir tarkibli, boshqalari esa ikki tarkibli bo‘ladi: Agar zarur topilsa, chetlatib ham qo‘yishadi. (J.J)