Texnikada kam energiya sarf qilgan holda manbalarning katta energiyasini boshqarish jarayoni keng tarqalgan. Unda ham boshqaruvchi, ham boshqariluvchi energiya mexanik, gidravlik, pnevmatik, elektr va boshqa tur tabiyatiga ega bolishi mumkin.
Agar energiyani boshqarish uzluksiz, bir me’yorda va o’zgarish qonuni saqlangan holda bo’lsa, uni kuchaytirish jarayonideb ataladi.
Kuchaytirgichlar keng ko’lamda radioaloqa, radiouzatish, televideniye, radiolokatsiya, ma’lumotlarni yozish va qayta eshittirishda qo’llanilmoqda.
Kuchaytiriladigan elektr signallar turli chastotalarga ega bolib, garmonik tebranish holida yoki chastotali bo’ladi.
Kuchaytiriladigan elektr signallar turli chastotalarga ega bolib, garmonik tebranish holida yoki chastotali bo’ladi.
20Hz-20kHz ga ega bo’lgan signallarni kuchaytiradigan kuchaytirgich, ovaz chastota signalini kuchaytirgich deyiladi. Kuchaytirgichning signal ta’sir etadigan zanjiri kirish zanjiri yoki kirish deb, kuchayib chiqqan signal beriladigan qurilma esa, tashqi yuklama-iste’molchideb ataladi.
Kuchaytirgichning (tashqi) yukama ulanadigan zanjiri chiqish zanjirideb ataladi.
Kuchaytirgich deb kirish signalini, uning shakli va fizik tabiatini saqlagan xolda son jixatdan o’zgartirish (kuchaytirish) uchun xizmat qiluvchi qurilmaga aytiladi. Kuchaytirgichlarda signalni quvvat bo’yicha kuchaytirish ko’shimcha ta`minot manbai xisobiga amalga oshiriladi.
Kuchaytirgich deb kirish signalini, uning shakli va fizik tabiatini saqlagan xolda son jixatdan o’zgartirish (kuchaytirish) uchun xizmat qiluvchi qurilmaga aytiladi. Kuchaytirgichlarda signalni quvvat bo’yicha kuchaytirish ko’shimcha ta`minot manbai xisobiga amalga oshiriladi.
Kuchaytirgichlar ichida elektr signali kuchaytirgichlari eng ko’p tarqalgan bo’lib, ularda boshqaruvchi va boshqariluvchi energiya elektr energiyasidan iborat boladi. Ulardan elektron kuchaytirgichlar universalligi, qator sifatli xarakteristikalarga ega bo’lishi bilan boshqa kuchaytirgichlardan ustun turadi. Shuning uchun ulardan juda ko’p radioelektron va boshqa masalalarni hal qilishda keng foydalaniladi. Qo’llaniladigan o’rni, vazifasi va boshqa belgilariga qarab juda ko’p turdagi elektron kuchaytirgichlar ishlab chiqariladi va turlicha nompar bilan yuritiladi. Shunday qilib, kuchaytirish fizikaviy jarayon bo‘lib, kam quvvatli manba yordamida katta quvvatli manba energiyasi boshqarilishidan iboratdir. Bu katta quvvatli manba energiyasi- ning kam quvvatli signalga uzatilishiga mos keladi. Shunga ko‘ra kuchaytirgich katta quvvatli manba energiyasini kam quvvatli signalga uzatilishini amalga oshiruvchi qurilmadir. Agar signal quvvatining ortishida uning shakli saqlan- sa, kuchaytirish chiziqli deb, aks holda esa, chiziqli bo‘lma- gan kuchaytirish deb ataladi.