12- seminar mashg‘uloti Mavzu: Muloqot



Yüklə 270,5 Kb.
səhifə1/4
tarix26.11.2022
ölçüsü270,5 Kb.
#119958
  1   2   3   4
12- seminar mashg‘uloti. Mavzu Muloqot


12- seminar mashg‘uloti
Mavzu: Muloqot
Muloqot odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar ichida yetakchi rinni egallab, u insondagi eng muhim ehtiyojini-jamiyatda yashash va zini shaxs deb hisoblash bilan bog‘liq ehtiyojini qondiradi. SHuning uchun ham uning har bir inson hayotida ahamiyati kattadir.
Muloqot-odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir.
Muloqot shunchalik ko‘p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning zida quyidagilar kiradi:
a) individlarning o‘zaro ta’sir jarayoni;
b) individlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni;
v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko‘rsatish jarayoni;
d) bir-birlariga hamdarlik bildirish imkoniyati;
e) shaxslarning bir-birlarini tushunish jarayoni.
Pedagogik muloqot - bu muloqot turlaridan biri bo‘lib, pedagogik faoliyatda muhim o‘rin tutadi.
Muloqotning turli shakllari yoki bosqichlari mavjud bo‘lib, dastlabki bosqich-odamning o‘z-o‘zi bilan muloqotidir. Agar odam o‘o‘z-o‘zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan zini chetga tortib, tortinib yursa, demak, u boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish mumkin. Demak, boshqalar bilan muloqot-muloqotning ikkinchi bosqichidir.
Muloqotning uchinchi shakli-avlodlar o‘rtasidagi muloqot.
Nutq faoliyati - odam tomonidan ijtimoiy - tarixiy tajribani o‘zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o‘rnatish o‘z harakatlarini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. Tashqi nutq - yozma va og‘zaki nutqqa, og‘zaki nutq esa monolog va dialogik nutqqa bo‘linadi. Monolog - bir kishining o‘ziga yoki boshqalarga qaratilgan nutqdir. Bu o‘qituvchining bayoni, o‘quvchining to‘laroq javobi, ma’ruza va boshqalardir.
Dialogik nutqqa nisbatan monologik nutq kechroq shakllanadi.
Nutqning ichki nutq deb atalgan turi nutq faoliyatining alohida turi hisoblanadi.
Yozma nutq monologik nutqning turlaridan biri bo‘lib, yozma nutq monologik nutqqa nisbatan batafsilroqdir.
Muloqot murakkab jarayon bo‘lganligi uchun ham ayrim olingan muloqot shaklini analiz qilganimizda unda juda ko‘p xilma xil krinishlar, komponentlar va qismlar borligini aniqlashimiz mumkin. G.M. Andreeva muloqotning quyidagi tuzilishini taklif etadi:


  1. Yüklə 270,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin