Muloqotning kommunikativ tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchilar o‘rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi jarayoni).
Muloqotning interaktiv tomoni (ya’ni muloqotga kirshishuvchi tomonlarning xulq-atvorlariga ta’sir jarayonlari).
Muloqotning pertseptiv tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchi tomonlarning bir-birlarini idrok etishlari va tushinishlari bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab psixologik jarayon).
Muloqot jarayonida kamida ikki kishi ishtiroq etadi. Kishining qiyofasi, hatti – harakati asosida suhbatdosh haqida tasavvur hosil qilinadi. Bir-birini idrok qilishda quyidagi mehanizmlar g‘oyat muhimdir:
a) identifikatsiya; b) refleksiya; v) kauzal atributsiya; g) stereotipizatsiya Identifikatsiya so‘zining ma’nosi lotinchadan olingan bo‘lib, “tenglashtirish”, “aynan o‘xshatish”, bir kishining ikkinchi kishini uning ta’rifini subyektning o‘z ta’rifiga anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o‘xshatilishi orqali tushunish usulidir. Refleksiya — (lotincha aks ettirish) – o‘z fikr va kechinmalarini tahlil qilib mulohaza yuritish, ya’ni muloqotga kirishuvchining suhbatdosh uni qanday idrok etayotganligini anglash. Kauzal atributsiya- boshqa kishining hatti-harakatlari sababini his-tuyg‘ularni, niyatlarni, o‘y-fikrlarni va xulq-atvor motivlarini unga to‘nkash yo‘li bilan tushuntirish bo‘lib, lotincha saisa-sabab va atributto – in’om etaman degan ma’noni bildiradi.
Stereotipizatsiya — grekcha o‘zgarishsiz, takrorlanish degan ma’noni bildiradi. Stereotipga mos ma’lum yoki taxminan ma’lum bo‘lgan voqealarni tiklash, nisbat berish yo‘li bilan xulq normalarini tasniflash va ularning sabablarini izoxlash demakdir.
Psixologik ta’sir bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsata olishdir. Psixologik ta’sirning uch vositasi ajratiladi: 1. Verbal ta’sir – bu so‘z va nutqimiz orqali ko‘rsatiladigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so‘zlar hisoblanadi. Nutq so‘zlashuv o‘zaro muloqot jarayoni bo‘lib, uning vositasi so‘zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham diologik nutqda ham kishi o‘zidagi barcha so‘zlar zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so‘zlarni topib sherigiga ta’sir ko‘rsatishni xohlaydi.
2. Paralingvistik ta’sir – bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi, bezovchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, tovushlar, to‘xtashlar, duduqlanish, yo‘tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. SHunga qarab, do‘stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bo‘lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz.
3. Noverbal ta’sirning ma’nosi “nutqsiz”dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o‘rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar ( shovqin, hidlar ) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada ko‘chaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Amerikalik olim Megrabyan formo‘lasiga ko‘ra, birinchi marta ko‘rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo‘lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38% va noverbal harkatlar 58% gacha ta’sir qilarkan.
Konflikt, nizo yoki ziddiyat – bu ayrim alohida olingan shaxs ongida yoki shaxslararo muloqot jarayonida, guruh doirasida yoki guruhlararo o‘zaro muloqot va ta’sir paytlarida biror muammo, masala yoki qarashlar borasida bir – biriga to‘g‘ri kelmaydigan, qarama – qarshi fikr, qarash va pozitsiyalarning to‘qnashuvi oqibati paydo bo‘lgan salbiy hissiyotlarga to‘la munosabatlar maromini bildiruvchi ijtimoiy psixologik hodisadir. Ya’ni ba’zan tanbehga, tanqidga asoslangan shaxslararo ziddiyat shaxsni o‘z ustida muttasil ishlashga, o‘z xulqini o‘zi tuzatishiga sabab bo‘lishi ham mumkin. Bunday nizolar oqibatida ko‘ra konstruktiv deb ataladi, Ya’ni ikkala tomonga (xech bo‘lmasa,bir tomonga) manfaat, foyda keltirishi mumkin.
Destruktiv nizoning oqibati esa ko‘pincha salbiy bo‘lib, u shaxslararo antogonizmni keltirib chiqaradi, nizolashuvchi tomonlar bir – birlaridan bezib, ko‘ngilziz bo‘lib qolishlari, xafa bo‘lishlari mukin, oqibatda ikkala tomoning asablari charchab, ular xastalanib qolishi ham mumkin. Yoki er va xotin o‘rtasida, yoxud qaynona va kelin o‘rtasidagi nizo oila ajrimiga sabab bo‘lishi va bir butun olia buzilib ketishi xam mumkin.
Konfliktni keltirib chiqaruvchi omillar, sabablar nihoyatda ko‘p, lekin ularni 5 asosiy guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin:
1. Informatsion – axborot omillari
2. Jamiyat miqyosidagi ayrim tizimlarning faoliyatiga bog‘liq omillar:
3. Qadriyatlarga aloqador omilla (o‘zimiz e’tirof etgan yoki rad etgan tamoyillar):
4. Munosabatlar omili:
5. Xulq – atvor bilan bog‘liq omillar