Madaniy sura va oyatlar esa uzunroq bo’lib, mazmunan shariatning umumiy asoslarini
o’rnatish, jamiyat amal qilishi lozim bo’lgan ahloq normalari, yetimlarning
molini zulm bilan
yeyish, qizlarni tiriklayin ko’mish kabi johiliyatni yomon illatlarini o’z ichiga olgan. SHuningdek,
ibodat va
muomalot
(tijorat), had, oilaviy munosabatlar, meros taqsimoti, jihod, jamoat
namozining fazilatlari,
xalqaro aloqalar, shariat masalalarini yortishga qaratilgan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Payg’ambar alayhis-salom davrlarida Qur’on jamlanmagan edi.
Bunga sabab, birinchidan, Payg’ambar hayot bo’lgan ilk davrda Qur’on oyatlari vaqti-vaqti bilan
doimiy ravishda nozil bo’lib, uni jamlab kitob holiga keltirish hali dolzarb masala darajasiga
ko’tarilmagan edi. Ikkinchidan, bu davrda odamlar orasida «hali vahiy tushishi uzoq davom etadi»,
degan kayfiyat hukmron edi.
Bu boradagi ishlar Abu Bakr Siddiq va Usmon ibn Affon davrlarida amalga oshirildi.
Payg’ambarning (s.a.v.) vafotlaridan so’ng ba’zi arab qabilalari dindan qayta boshladilar.
Abu Bakr Siddiq tomonidan ularga qarshi olib borilgan “ridda” urushlarida musulmonlardan bir
ming ikki yuz kishi, shu jumladan yetmishga yaqin
murattab
(Qur’onni to’lib,
tartib bilan yod
olgan) qorilar shahid bo’ldilar. Buning xabari Madinaga yetib kelgach, Umar ibn Xattobning
tashabbusi va tavsiyasi bilan Abu Bakr Siddiq Rasulullohning vahiy kotiblaridan bo’lgan Zayd ibn
Sobitni chaqiradilar va Qur’on oyatlarini sahifalarga jamlashni buyuradilar. SHu tariqa xalifa Abu
Bakr Siddiq davrlarida Qur’on ilk bor sahifalarda jamlandi.
Uchinchi xalifa Usmon ibn Affon davrida Qur’on ikkinchi marta jamlanib, kitob holatiga
keltirildi. Qur’oni karimning Usmon roziyallohu anhu tomonidan jamlanishidagi eng ahamiyatli
jihati uning qiroatini yagona shaklga keltirilgani edi. Bundan «Ilk Qur’on oyatlari yozilgan
nusxalar orasida har xillik mavjud bo’lganmi?» degan savol tug’ilishi tabiiy. Bu savolga javoban
Qur’on ilmlariga oid «etti xil qiroat» haqidagi ma’lumotni keltirib o’tish joizdir.
«Etti qiroat» deganda Qur’onning yetti xil lahjaga xos qiroat bilan o’qish nazarda tutiladi.
Bunda oyatdagi bir so’z o’rniga o’sha ma’noni anglatuvchi boshqa so’z (sinonim) qo’yilgan edi.
SHu tariqa oyatlar Arabiston
yarimorolidagi Quraysh, Huzayl, Havozin, Yaman kabi eng yirik
qabilalarning lahjalarida nozil bo’lgani rivoyat qilinadi. Bu turli qabila vakillariga Qur’on tilovati
va uni tushunish oson bo’lishi uchun berilgan yengillik edi. Ilk davrdagi hazrat Abu Bakr
tomonidan jam qilingan Qur’on to’plami shu yetti qiroatni o’z ichiga olgan edi. Ammo ushbu «etti
qiroat» keyinchalik musulmonlar orasida ba’zi ixtiloflarning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi.
Usmon ibn Affon davrida islom dini Arabiston yarim orolidan tashqariga chiqib, turli xalqlar
orasida tarqaldi, musulmonlar soni ko’paydi. Yangi islomga kirgan aholi o’sha yerga borgan qori
sahobalardan Qur’on qiroatini o’rganar edilar. Mazkur sahobalar esa o’z lahjalariga xos qiroatni
o’rgatardilar. Ikki xil qiroat sohibi bir joyda jam bo’lib qolsa, har bir tomon o’zining qiroati to’g’ri
va afzal deb, da’vo qilar, natijada tortishuv yuzaga kelardi.
Mazkur Mushafni jamlash ham Abu Bakr Siddiq davridan tajribaga ega bo’lgan sahoba –
Zayd ibn Sobitga yuklandi.
Mazkur
ish amalga oshirilgach, Qur’ondan yozilgan boshqa har xil lahjalardagi sahifalar
kuydirib yuborildi. Yagona mushafdan bir necha nusxa ko’chirildi va har bir mintaqaga bittadan
yubordilar.
Usmon ibn Affon turli yurtlarga yuborgan Mushaflarning soni oltita bo’lib, ular Makkiy,
SHomiy, Basriy, Kufiy, Madina ahli uchun umumiy bo’lgan Madaniy va xalifaning o’zi uchun
xos bo’lgan Madina Mushaflaridir.
HADIS
– Islom dinining Qur’oni karimdan keyingi o’rinda turuvchi muqaddas manbasidir.
U Muhammad payg’ambarning (s.a.v.) aytgan so’zlari, qilgan ishlari, taqrirlari (ko’rib yoki eshitib
qaytarmagan ishlari) yoki u kishiga berilgan sifatlarni o’zida mujassam qilgan xabar va
rivoyatlardir. «Hadis» so’zining lug’aviy ma’nosi – «so’z, xabar, hikoya; yangi narsa». Sunnat
hadis so’zidan kengroq ma’noni bildiradi. Sunnat Rasululloh (s.a.v.)ning
pokiza sayratlari,
turmush tarzlari, diniy yo’llariga nisbatan ishlatilgan.
Sunnat qavliy, fe’liy va taqririyga bo’linadi.
Qavliy sunnat
– Rasululloh (s.a.v.)ning turli
holat va munosabatlarda aytgan so’zlari.
Fe’liy sunnat
– Rasululloh (s.a.v.)dan sodir bo’lgan
shar’iy ishlar.
Taqririy sunnat
– sahobiylar tomonidan qilingan biror hatti-harakat yoki gap-so’zga
Payg’ambar (s.a.v.)ning indamasliklari yoki ma’qullashlari. SHuningdek, Payg’ambarning (s.a.v.)
xalqiy (tana ko’rinishlari), xuluqiy (axloqlari), va tarjimai hollariga oid ma’lumotlar ham sunnat
deyiladi.
Hadislar tarkib jihatidan ikki qismdan: aynan xabar beruvchi matn va uni rivoyat qilgan
roviylar zanjiri – isnod yoki sanaddan iborat. Isnod hadisning tarkibiy qismi bo’lib,
uni uning
aytuvchisiga bog’lash, ya’ni matnga olib boradigan kishilar (roviylar) zanjiri. Hadisning
boshlanishida uni birinchi aytgan va eshitgan kishidan hadis yozayotgan musannifga qadar barcha
roviylarning nomlari birma-bir ko’rsatib chiqiladi, mana shu hadisning tayanadigan asosi isnodi
bo’ladi. Isnod kuchli deb topilsa matn ham ishonchli hisoblangan. SHuning uchun
muhaddislarning asosiy vazifalaridan biri hadislarning isnodini kuchli yoki kuchsiz ekanini
ko’rsatib berish bo’lgan.
Hadislar o’zidagi ma’lumot xarakteriga qarab ikkiga bo’linadi:
-
al-hadis al-qudsiy.
Ma’nosi Alloh taolodan bo’lib,
aytilishi, ya’ni lafzi Rasululloh
(s.a.v.)dan bo’lgan hadislar. SHuningdek, u
Dostları ilə paylaş: