badan va a’zolari bor ekan, u ham inson kabi o’tirish uchun kursiyga muhtoj ekan, deya xulosa
chiqardilar.
Ismlari zikr etilgan oqimlarning buzg’unchi g’oyalariga bir
qator ahli sunna ulamolari
raddiyalar berganlar. Natijada, moturidiya va ash’ariya ta’limotlari yuzaga keldi. Mazkur ikki
yo’nalish ham sunniylik doirasida to’g’ri hisoblanib, ular o’rtasidagi farqliliklar lafziy xarakter
kasb etadi xolos.
4.Islomning asosiy manbalari. qur’on va xadis.
Qur’oni karim – Alloh tarafidan 23 yilga
yaqin muddat mobaynida Muhammad payg’ambarga (s.a.v.) Jabroil farishta (a.s.) orqali ba’zan
oyat-oyat, ba’zan esa to’liq sura tarzida nozil qilingan ilohiy kitobdir. Bu kitob islom dinining
muqaddas manbasi hisoblanadi.
Mazkur ilohiy kitobning bir necha nomlari bo’lib, ulardan “Qur’on” (arabcha - o’qish),
“Furqon” (farqlovchi), “al-Kitob” nomlari mashhur. Qur’on 114 ta sura, 6236 oyatdan iborat. Sura
Qur’ondan bir bo’lak bo’lib, eng kami uchta, eng ko’pi 286 oyatni o’z ichiga oladi.
Qur’ondagi suralar o’z mazmuniga yoki nozil bo’lgan vaqtiga, ya’ni xronologik tartibiga
qarab emas, balki Muhammad (s.a.v.) belgilab bergan tartib asosida payg’ambar vafotlaridan keyin
jamlab yozilgan.
U ilk bor Muhammad alayhis-salomga Hiro g’orida nozil bo’lgan.
Yuqorida qayd
etilganidek, Muhammad (s.a.v.) qirq yoshga to’lganlarida asosiy vaqtlarini Hiro g’orida ibodat
bilan o’tkazar edilar. Mana shunday ibodat bilan mashg’ul bo’lib turgan paytlarida Jabroil farishta
kelib “O’qing!” deydi. U kishi “Men o’qishni bilmayman” deydilar. U farishta bellaridan shunday
siqadi-ki, hatto Rasululloh qiyinalib ketadilar. So’ng qo’yib yuborib yana: “O’qing” deydi. “Men
o’qishni bilmayman” deydilar. U yana siqadi, yana qiynaladilar. So’ng qo’yib yuborib yana bir
bor: “O’qing!” deydi. “Men o’qishni bilmayman” deb uchunchi marotaba javob qaytaradilar. U
yana ushlab siqadi, so’ng qo’yib yuborib Alaq surasining quyidagi besh oyatini o’qiydi:
“(Ey,
Muhammad, butun borliqni) yaratgan zot bo’lmish Rabbingiz nomi bilan o’qing! U insonni laxta
qondan yaratdi. O’qing! Rabbingiz esa karamli zotdir. U insonga qalam bilan (yozishni)
o’rgatgan zotdir. U insonga bilmagan narsalarini o’rgatdi”
.
Qur’ondan eng birinchi nozil bo’lgan oyat “Alaq” surasining boshidagi besh oyat bo’lsa, eng
birinchi nozil bo’lgan to’liq sura “Muddassir” surasidir.
Muhammad (s.a.v.) Qur’on oyatlarini Jabroildan qabul qilar,
boshqa musulmonlar u
kishidan eshitib, yodlab olardilar. Yozishni biladigan odamlar, jumladan,
Abu Bakr Siddiq, Umar
ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abi Tolib,
Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Ka’b xurmoning
po’stlog’i, yapaloq tosh, katta suyak, teri va shunga o’xshash narsalarga Qur’onni yozib borganlar.
Nozil bo’lgan Qur’on oyatlarini yozib boruvchilar
Dostları ilə paylaş: