3. Qatlamlanish - delyaminasiya. Bunda blastula devoridagi blastomeriar ikki qavatga ajraladi. Tashqarida qolganlaridan ektoderma, ichkaridagilaridan esa entoderma qavatlari hosil bo’ladi. Bunday delyaminasiya birlamchi delyaminasiya deb ataladi va meduzalarda uchraydi. Gastrulyasiyaning yuqorida aytilgan usullari blastomerlarning blastosel bo’shlig’iga chiqishi bilan hosil bo’ladi.
Agar blastosel bo’shlig’i blastomerlar bilan to’lgan bo’lsa, unda gastrulyasiya quyidagi yo’llar bilan boradi:
1. Ikkilamchi delyaminasiya. Bu morula va sterroblastuladan keyin sodir bo’ladi. Bunda ham blastuladan blastomerlar ajraladi. Lekin blastosel bo’shlig’i yo’qligi tufayli blastomerlar tashqariga ajaraladi. Tashqi tomonga ajralgan blastomerlardan ektoderma, ichkarida qolganlaridan esa entoderma qavatlar paydo bo’ladi.
2. O’sib qoplash - epiboliya.Bu sterroblastuladan keyin kuzatiladi. Mayda animal blastomerlar juda tez bo’linadi, sariqlik bilan to’la bo’lgan vegetativ blastomerlarni o’sib qoplaydi. Dastlabki blastomerlar ektodermani, keyingilari esa entodermani hosil qiladi.