15 –Мавзу. Aholini himoyalash vositalari, ularga ko’rsatmalar va qo’llanilishi. Qisman va to’liq sanitariya tozalash haqida tushuncha. Degazatsiya, dezaktivatsiya, dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya o’tkazish



Yüklə 40,52 Kb.
səhifə4/6
tarix05.12.2023
ölçüsü40,52 Kb.
#138352
1   2   3   4   5   6
15мавзу тиббий билим

63-rasm. Homiladorlik haftalari.
Tug‘uruq boshlanishining asosiy sabablari va belgilari. Tug‘u- ruqning boshlanish sababi — homiladorlik oxirida platsentaning qarishi va ona bilan homila o‘rtasidagi aloqaning uzilishi, homiladorlik oxiriga yaqin bachadonning nihoyatda cho‘zilishi, ona organizmida anafilaktik reaksiyalar tipida ta’sir etuvchi maxsus moddalar hosil bo‘lishidan iborat, deb tushuntirishga urinib ko‘rishdi. Shu masalada ilgari bayon qilingan ko‘p taxminlar ilmiy jihatdan asoslangan emas. Tug‘uruqning boshlanish sabablari murakkab bo‘lib, hali yetarlicha aniqlangan emas. Ammo homiladorlik oxiriga yaqin ayol organizmida ko‘pgina o‘zgarishlar ro‘y berishi, shuning natijasida tug‘uruq boshlanishi, so‘nggi vaqtda tekshirishlarda aniqlandi.
Homiladorlik oxiriga yaqin bosh miya po‘stlog‘ining qo‘zg‘a- luvchanligi ancha pasayib, orqa miyaninig qo‘zg‘aluvchanligi oshadi, bachadondagi asab elementlari muskullarining qo‘zg‘a- luvchanligi kuchayadi. Homilador ayol organizmidan ham, tashqi muhitdan ham bo‘ladigan har xil mexanik, kimyoviy va boshqa ta’sirotlarga bachadon tobora kuchliroq reaksiya ko‘rsata boshlaydi. Homiladorlikning so‘nggi oylarida homilaninig o‘sishi, qog‘onoq suvining to‘planish holatidan tezroq boradi; homila qismlari bachadon devorlariga homiladorlikning dastlabki oylaridagiga nisbatan yaqinroq joylashadi. Homilaning oldinda yotgan qismi pastga tushgach, bachadon pastki segmentining devorida va bachadon atrofidagi (parametral) kletchatkada ichki teshik ro‘pa- rasida yotgan asab chigallariga ta’sir etadi.
Homiladorlik oxirida ayol organizmida kimyoviy moddalar ko‘proq ishlanib chiqadi. Bu moddalar bachadonning asab elementlariga ta’sir etib, uning tonusini va qisqaruvchanligini oshiradi. Homiladorlikning so‘nggi oylarida, ayniqsa, tug‘uruqqa yaqin esterogenlar ortiqroq hosil bo‘ladi, bular bachadonning tonusini va uni qisqartiradigan moddalarga sezuvchanligini oshiradi. Bachadonning qisqaruvchanligini susaytiradigan progesteron kamayadi. Bachadon qo‘zg‘aluvchanligi oshgan bir sharoitda gipofizning orqa bo‘lagidan chiqqan gormon — oksitotsin ayniqsa, kuchli ta’sir etadi. Homiladorlik oxiriga yaqin bu gormon ko‘proq ishlanib chiqadi. Oksitotsin bachadonning qisqaruvchanligini kuchaytiradigan chora sifatida yaxshi ma’lum.
Homiladorlik oxirida asetilxolin va biologik jihatdan faol boshqa moddalar ko‘proq hosil bo‘ladi. Bular bachadonning qisqaruv­chanligini kuchaytiradi va saqlab turadi. Qonda va bachadon muskullarida kalsiy ko‘payganligi ham bachadonning harakat funksiyasini kuchaytiradi. Bachadonning qisqaruvchanligini susaytiradigan magniy tuzlari tug‘uruqdan oldin kamayadi. Bachadonning qo‘zg‘aluvchanligi va qisqaruvchanligi homiladorlik
Оxirida kuchayadi, buning sababi shuki, bachadon muskullarida qisqartiruvchi oqsil, glikogen, fosfokreatinin, glutation va boshqa moddalar to‘planadi. Shu tariqa, homiladorlik oxiriga yaqin, bir tomondan bachadon qo‘zg‘aluvchanligi oshadi, ikkinchi tomondan bachadonning asab elementlariga ta’sir etuvchi mexanik va kimyoviy ta’sirlovchilar ko‘payadi (homilaning qimirlashi, boshining pastga tushishi, pituitrin, asetilxolin va boshqa moddalarning ortiqroq chiqishi).
Prostoglandinlar, kininlar va boshqa biologik faol moddalar bachadonning qisqartiruvchi faoliyatiga ta’sir qiladi. Bachadon qo‘zg‘aluvchanligi va ta’sirlovchilar kuchi muayyan chegaraga yetgach, muntazam tug‘uruq faoliyati boshlanadi. Tug‘uruq refleks yo‘l bilan boshlanadigan va asab sistemasi tomonidan idora etiladigan murakkab jarayondir. Bachadon har gal qisqarganda nerv elementlari ta’sirlanadi; ayni vaqtda asab oxirlaridan biologik faol moddalar (asetilxolin, simpaten) ajralib chiqadi, bular esa, bachadonning yangidan qisqarishiga yordam beradi. Tug‘uruq oxirigacha shunday jarayonlar sodir bo‘lib turadi.
Tug‘uruqning boshlanish belgilari. Tug‘uruq xabarchilari (bel- gilari) degan bir qancha belgilariga qarab, tug‘uruq yaqinlashganini bilsa bo‘ladi. Bu quyidagilardan iborat:

  1. Homiladorlik oxirida (odatda, tug‘uruqqa 2—3 hafta qolganda) bachadon tubi pastga tushadi, shu munosabat bilan diafragmaning qisilishi barham topadi, ayol nafas olishi oson bo‘lib qolganini qayd qiladi.

  2. Homilaninig oldinda yotgan qismi pastga tushadi; birinchi marta homilador bo‘lgan ayollarda homila boshi chanoq og‘ziga zich taqalib turadi yoki hatto unga kichik segmenti bilan suqiladi.

  3. Tug‘uruqqa bir kun qolganida bachadon bo‘yni «yetilgan- ligi»ning belgilari yaxshi bilinib turadi: bachadon bo‘yni chanoq o‘qi bo‘ylab joylashgan, juda yumshagan, sal kalta tortgan bo‘ladi, ilgari tuqqan ayollarda servikal kanaldan barmoq o‘tadigan bo‘lib qoladi. Tug‘uruq vaqtida yana kalta tortib tekislanadi (va og‘zi ochiladi).

  4. Tug‘uruqdan oldin ko‘pincha bachadon bo‘yni bezlarining cho‘ziluvchan shilimshiq sekreti qindan chiqadi.

  5. Homiladorlik oxirida ko‘p ayollar bachadon qisqarishlarini seza boshlaydilar, bu qisqarishlar tug‘uruqdan oldin dumg‘aza sohasidagi va qorinning pastki qismidagi tortuvchi og‘riqlar tusini oladi.

233

  1. Ayol vazni tez-tez tortib ko‘rilsa, tug‘uruqdan oldin bir qadar kamayganini aniqlasa bo‘ladi, bu organizmdan ko‘p suv chiqayotganiga bog‘liq. Bachadonning nomuntazam qisqarishlari va bachadon bo‘yni shilimshig‘ining (shilimshiq probkasining) qindan chiqishi tug‘uruqninig eng yaqqol xabarchilari hisoblanadi.

Bachadon muskullarining muntazam qisqarishlari (dard tutishi) tug‘uruq boshlanganligini bildiradi. Tug‘uruq boshlanganda har 10—15 daqiqada dard tutib turadi, keyinchalik esa, tobora tez-tez va qattiq dard tutadi. Tug‘uruq faoliyati boshlanganini bildiruvchi ikkinchi belgi — bachadon bo‘ynining sekin-asta tekislanishi. Ayolni dard tuta boshlaganidan tortib, to tug‘uruq tamom bo‘lguncha tug‘uvchi ayol, deb ataladi.

Yüklə 40,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin