15 –Мавзу. Aholini himoyalash vositalari, ularga ko’rsatmalar va qo’llanilishi. Qisman va to’liq sanitariya tozalash haqida tushuncha. Degazatsiya, dezaktivatsiya, dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya o’tkazish



Yüklə 40,52 Kb.
səhifə6/6
tarix05.12.2023
ölçüsü40,52 Kb.
#138352
1   2   3   4   5   6
15мавзу тиббий билим

Og‘ir o‘tkir respirator kasalligi (atipikpnevmoniya)ning klinikasi va davosi. Kasallikning yashirin davri 3—10 kunga teng. Kasallik asosan holsizlanish, qaltirash, terlash, bosh og‘rig‘i, mushaklar og‘rig‘i, tomoq qichishi va achishishi, quruq yo‘tal, tana haroratini beqaror ko‘tarilishi 38—39°C gacha, kam hollarda diareya, ko‘ngil aynishi, bir-ikki marta ozroq qusishdan boshlanadi.
Keyinchalik bir necha kun ko‘rsatilgan simptomlar o‘zgarmas- dan qolishi, ahvoli birmuncha yaxshilanishi mumkin; tana harorati normallashgan, ahvoli biroz yaxshilangan.
Kasallikning avj olish davrida esa, tana harorati juda yuqori, holsizlik, bosh og‘rig‘i kuchayadi. Kasalga xuddi havo yetish- mayotgandek tuyuladi, nafas olishi tez, qiyinlik bilan nafas oladi, kasal besaranjom bo‘lib, yurak qisishi va yuragi tez urishidan shikoyat qiladi. Obyektiv tekshirganda kasallik boshlanish davrida halqum orqa devori va tanglay shilliq qavatlari qizarishi (giperemiya) kuzatiladi.
Kasallik avj olish davrida esa, birinchi navbatda o‘pkalar zararlanadi, bunda ko‘krak qafasining pastki-yon va orqa bo‘limi perkussiya qilinganda, perkutor tovush bo‘g‘iq (притупление), eshitib ko‘rilganda (auskultatsiya) o‘pkada mayda pufakchali xirillashlar va shitirlaydigan (krepitatsiya) eshitiladi.
Kislorod yetishmasligi (gipoksiya) natijasida burun-lab uchbur- chagi sohasida sianoz, yurak qisqarishlarining tezlashishi, yurak tonlari bo‘g‘iq, qon bosimi tushishi mumkin. Kasallar, asosan, o‘pka yurak yetishmovchiligi o‘sishidan o‘ladi. Bemorlarni 50 % gospitalizatsiya qilishni talab qiladi, 10—15 % o‘pkani sun’iy ventilatsiya qilishga muhtoj bo‘lishadi, o‘rtacha o‘lim 4 % ni tashkil qiladi.
Rentgenologik tekshirishda ba’zi bemorlarda kasallik avj olgan davrlarda o‘pkaning zararlangan joyiga yarasha, har xil tusli infiltratlar o‘pkaning periferik bo‘limida ko‘rinadi. Kasallik zo‘rayganda infiltrat kattalashib, kengayadi va ikki taraflama qoplab oladi. Bu kasallik uchun limfa tugunlarini zararlash, butun o‘pka to‘qimasini to plevra bo‘shlig‘igacha yallig‘lantirish xarakterli emas.
Qonni tekshirganda: leykopeniya, limfopeniya, neyrofillar sonining birmuncha oshishi, trombositopeniya, laktatdegidroge- nezlar, asparagin, alanin transaminazalar, kreatininfosfo- kinazlarning aktivligi oshganligi, qon zardobida natriy konsentrat- siyasi kamayganligi aniqlanadi.
Qonda kislorod bosimi, to‘yinishi kamayadi va o‘pka to‘qima- sining zararlanishi kuchayadi.
Tashxis qo‘yish uchun, eng avvalo, epidemiologik anamnez muhim o‘rin tutadi. Bemordan Osiyoning Janubi-sharqiy qismida zararlangan tumanlarda bo‘lganligi, kasallar bilan muloqotda bo‘lganmi-yo‘qligi so‘rab-surishtiriladi.
Agar tekshirish paytida bemorda biror shubhali belgilar aniqlansa, bemor alohida boks palatada yotqiziladi. Kasalga xizmat qilayotgan tibbiyot xodimi esa, albatta, ehtiyot himoya choralarini ko‘rishi lozim: himoya niqobi, ko‘zoynak, qo‘lqoplar kiyishi, qo‘llarni dezinfeksiyalovchi moddalar bilan yuvib tozalash kerak bo‘ladi.
Davosi: ko‘pgina tekshiruvchilar kasallik o‘choqlarida quyidagi dorilarni qo‘llashni taklif qilishmoqda:
ribavirin (virazol, ribamidil) Ushbu dorini qo‘llashda moneliklar: homiladorlarga, chaqaloqlarga, buyrak yetishmov- chiligi bo‘lgan kasallarda, gemostazning dekompension buzi- lishlarida, o‘tkir immunotanqis holatidagi kishilarga buyurish mumkin emas. Ribavirin preparati bemorga 8—12 mg/kg har 8 soatda 7—10 kun buyuriladi. Agar noxush holat 4 kundan keyin kuzatilsa, ribavirin 5—6 mg/kg. gacha kamaytiriladi.
Kasallikning o‘tkir davri, kasallik og‘ir kechganida ribavirin vena ichiga yuboriladi, kasalni sog‘ayish davrida esa, tabletkalar ichishga buyuriladi.
Boshqa virusga qarshi dorilar (oseltamivir, gansiklovir) alohida hollarda qo‘llanilganda ham ularning samarasi (effekti) shubhali, bundan tashqari alfa-interferon (reaferon, intron)ni parenteral

yuborish maqsadga muvofiq. Interferon induktorlari orasida atoqli preparatlar—sikloferon, amiksinni qo‘llash mumkin.


Kasalga patogenetik terapiya sifatida kortikosteroidlar ham buyuriladi. Prednizalon 1 mg/kg tabletka holida yoki gidrokortizon vena ichiga 4 mg/kg har 8 soatda bir hafta davomida qo‘llaniladi. Aksari juda og‘ir hollarda, shok holatlarida metilprednizalon 10 mg/kg sutkasiga bir marta, 2 kun davomida, keyingi kunlarda gidrokortizon terapiyasi jadval asosida beriladi.
Dezintoksikatsiya maqsadida kristalloid eritmalar, immuno- globulinlar vena ichiga sekin tomchilab yuboriladi. Og‘ir holatlarda o‘pkani sun’iy ventilatsiya qilish, biroz yengil paytlarda surfaktant preparatlarini ingalatsiya yo‘li bilan kiritish zarur bo‘ladi.
Shu maqsadda biosurf preparati qo‘llanilmoqda. Xitoylik shifokorlar aspirinning noxush ta’sirini o‘rganib, haroratni tushi- rish uchun agar harorat 38,5°C dan past bo‘lsa, aspirin qabul qilmaslikni maslahat berishyapti. Infuzion terapiya o‘tkazilganda siydik ajralishni yaxshilash maqsadida, ayniqsa, o‘pka shishuvida diuretiklarni buyurish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Antibiotiklar virusga qarshi (atipik pnevmoniyaga) ta’sir ko‘rsatmaydi, ammo ikkilamchi infeksiyani oldini olish uchun qo‘llasa bo‘ladi. Atipik pnevmoniya o‘chog‘ida keng spektrli antibiotiklar (sefalosporin, tetratsiklin) ishlatiladi.
Kasalga simptomatik terapiya maqsadida yo‘talga qarshi va balg‘am ajratishni osonlashtiradigan dorilar ham beriladi. Kasallar sog‘ay- ganidan keyin 7 kun davomida tana harorati normal bo‘lsa, o‘pka funksiyasi tiklangandan so‘ng, rentgenologik tekshiruvda o‘pka to‘qimasi toza bo‘lishi, infiltratlar bo‘lmasligi kerak, shundan so‘ng bemorga uyga ketishga ruxsat beriladi.
Yüklə 40,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin