“TASDIQLAYMAN” Toshkent viloyati Madaniy meros boshqarmasi boshlig’i _________________M.M.Israilov
Toshkent viloyati Madaniy meros boshqarmasi ICHKI MEHNAT TARTIBI QOIDALARI 1. Umumiy qoidalar. 2. Mehnat shartnomasini tuzish, o’zgartirish va bekor qilish tartiblari. 3. Mehnat intizomini ta’minlash va javobgarlik. 4. Ish vaqti va dam olish vaqtlari. 5. Mehnat shartnomasining tomonlari o’rtasidagi nizolarni hal etish.
1. UMUMIY QOIDALAR 1.1. Ichki mehnat tartibi (bundan keyin “Qoidalar”) O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Mehnat kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Qoidalar – mehnat shartnomasini tuzish, o’zgartirish va bekor qilishni, ish vaqti hamda dam olish vaqtidan foydalanishni, mehnat intizomini va ish beruvchi bilan xodim o’rtasida yuzaga keladigan boshqa huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan asosiy me’yoriy hujjatdir. Qoidalar Toshkent viloyati Madaniy meros boshqarmasi (bundan keyin “Ish beruvchi” yoki Boshqarma deb yuritiladi ) tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi.
1.3. Qoidalarga rioya qilish ish beruvchi va xodimlar uchun majburiy, uni bajarmaslik belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo’ladi.
1.4. “Ish beruvchi”ning majburiyatlari: 1.4.1. Xodimlar mehnatini tashkil etadi;
1.4.2. Qonun hujjatlari, mehnat shartnomasi va boshqa me’yoriy hujjatlarda ko’zda tutilgan shart-sharoitlarni yaratadi;
1.4.3. Xodimga bajargan ishi uchun belgilangan miqdorda o’z vaqtida haq to’laydi;
1.4.4. Mehnat intizomi va mehnatni muhofaza qilish shart-sharoitlarini ta’minlaydi;
1.4.5. Qonunchilik va mehnat shartnomasiga muvofiq xodimlarga dam olish huquqi, ularga kafolatli va badal to’lovlari to’lanishini ta’minlaydi;
1.4.6. Mehnat majburiyatlarini bajarish jarayonida xodimga yetgan zarar uchun tavon to’laydi;
1.4.7. Xodimlarning vakolatli organlari huquqlariga rioya qilish, ularning faoliyatiga ko’maklashish, mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo’yicha muzokaralar olib boradi;
1.4.8. Mehnat kodeksiga muvofiq jamoa shartnomasini tuzish ko’rib chiqiladi (yoki boshqa vakillik organlari).
1.5. “Xodim”ning majburiyatlari: 1.5.1. O’zining xizmat vazifalarini vijdonan bajaradi;
1.5.2. Mehnat intizomiga qat’iyan rioya qiladi hamda boshqarmaning buyruq, qaror va ko’rsatmalarini o’z vaqtida aniq bajaradi;
1.5.3. Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va sanitariya qoidalariga rioya etadi;
1.5.4. Boshqarmaning mol-mulkini asrab-avaylaydi;
1.5.5. Mehnat jamoasi a’zolari, Boshqarmaga keladigan fuqarolar va ish jarayonida munosabatga kirishadigan boshqa shaxslar bilan xushfeьl munosabatda bo’ladi.