16-Mavzu: Identifikatsiyalash haqida umumiy tushunchalar.
Reja:
1. Identifikatsiyalash xususiyati optimallashtirish masalasi sifatida.
Har xil iqtisodiy –
matematik modellarni yaratish, ularni o’rganish, tahlil
qilish
va xulosalar chiqarish, modelni ifodalovchi real iqtisodiy borliq ustida
izlanishlar
olib borish, tajribalar o’tkazish, tahlil va xulosa chiqarish ko’p hollarda
juda qimmatga tushsa, ayrim hollarda mumkin ham bo’lmay qoladi. Hayot tajribasi
shuni ko’rsatadiki, iqtisodiyotda, avvaldan uning modeli ustida tahlil va xulosalar
chiqarmasdan, to’g’ridan-to’g’ri iqtisodiyotning o’zida shunday tajribalar o’tkazish
yutqizish va salbiy holatlarga olib kelishi mumkin.
Iqtisodiy ob’ektlarning matematik modellari - uni tenglamalar,
tengsizliklar,
mantiqiy bog’lanishlar, grafik, graf va hakozolar yordamida tasvirlashdir. Bu tasvir
tarkibiga o’rganilayotgan narsaning tashkil etuvchi elementlari orasidagi
bog’lanishlar, modelda shu elementlarga mos keluvchi
elementlar orasidagi
bog’lanishlar ham kirishi lozim bo’ladi. Bu degan so’z, modelь qaralayotgan
iqtisodiy ob’ektning shartli bir tasviri ekanligini bildiradi. Modelni o’rganish,
ob’ekt to’g’risida yangi ma’lumotlarni olish va
turli holatlarda ularga mos
keluvchi eng yaxshi (optimal) yechimlar topishga imkon beradi.
Turli iqtisodiy voqealiklarni o’rganish uchun, iqtisodchilar, soddalashtirilgan,
formallashtirilgan iqtisodiy modellardan foydalanadilar. Iqtisodiy modellarga
misol sifatida talab tanlovi modeli, firma modeli, Leontьev modeli, iqtisodiy o’sish
modeli, tovar moliya bozorlaridagi muvozanat holatining
modeli va boshqalarni
keltirish mumkin. Modelь tuzishda modellashtirilayotgan ob’ektdagi jarayonlarni
belgilovchi
muhim omillar olinib, muhim bo’lmaganlari modelь tarkibiga
kiritilmaydi.
Iqtisodiy
modellar, qaralayotgan iqtisodiy ob’ekt faoliyatidagi muhim o’rin
tutadigan tarkibiy qismlarni aniqlashga va ular asosida shu ob’ektning kelajakdagi
faoliyatidagi o’zgarishlarning, ayrim parametrlarning o’zgarishiga bog’lik ravishda
bashorat qilish imkonini ham beradi. Modelda parametrlar orasidagi bog’liqliklar
miqdoriy jihatdan baholash mumkin bo’lgani uchun, bashoratni yetarlicha
aniqlikda va ishonch darajasida bajarish mumkin bo’ladi.
Iqtisodda foydalaniladigan matematik model elementlarini
turlariga qarab
quyidagi sinflarga ajratish mumkin: