CHiziqsiz dasturlash. Bunda bog’lanishlar chiziqsiz, izlanayotgan
o’zgaruvchilar uzluksiz yoki butun sonli bo’lib, boshlang’ich ma’lumotlar ham
aniq qiymatlarda bo’ladi.
Butun sonli dasturlash. Bunda bog’lanishlar chiziqli, izlanayotgan
o’zgaruvchilar butun sonli va boshlang’ich ma’lumotlar aniq qiymatlar bo’ladi.
Dinamik dasturlash. Bunda bog’lanishlar chiziqli yoki chiziqsiz bo’lib,
ko’proq vaqtga bog’liq masalalar qaraladi va hakozo.
Noaniq
omillarni
hisobga
olgan
holda
matematik
modellarni
determinallashgan, stoxastik va noaniq elementli modellarga ajratish mumkin.
Stoxastik modellarda noaniq omillar tasodifiy miqdorlar bo’lib, ular uchun
taqsimot funktsiyasi va turli statistik xarakteristikalar (matematik kutilma,
dispersiya, o’rtacha kvadratik chetlashish va h.k) ma’lum. Stoxastik modellar
ichidan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:
Stoxastik dasturlash modellari. Bunda yoki maqsad funktsiyasi yoki
chegaraviy shartlarda tasodifiy miqdorlar qatnashadi.
Tasodifiy jarayonlar nazariyasi modellari. Vaqtning har soniyasi holatlari
tasodifiy miqdorlardan iborat bo’ladigan jarayonlar o’rganiladi.
Ommaviy xizmat ko’rsatish nazariyasi modellari. Bunda xizmat ko’rsatish
talablarini aniqlashning ko’pkanalli tizimlari o’rganiladi. SHuningdek, stoxastik
modellarga foydalilik nazariyasi, qidiruv va qaror qabul qilish modellarini kiritish
mumkin.
Statistik ma’lumotlarni yig’ish imkoniyati bo’lmaganligi va omillar
qiymatlari aniqlanmaganligi uchun omillarga bog’liq bo’lgan holatlarni
modellashtirishda
noaniq elementli modellar qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: