Qishlоq хo`jаligi dа yagona yer solig'ini bеlgilаsh vа uni to`lаsh tаrtibi



Yüklə 81,5 Kb.
səhifə1/2
tarix08.06.2023
ölçüsü81,5 Kb.
#127920
  1   2
QISHLОQ ХO`JАLIGI DА YAGONA YER SOLIG\'INI BЕLGILАSH VА UNI TO`LАSH TАRTIBI.


QISHLОQ ХO`JАLIGI DА YAGONA YER SOLIG'INI BЕLGILАSH VА UNI TO`LАSH TАRTIBI.

REJA:


1 Yagona yer solig‘i to'lovchilari,
2 soliq obyekti va soliq bazasi
3. Yagona yer solig’ini to’lovchilar uchun soliqdan imtiyozlar
4. Soliqni hisoblash, hisob kitoblarni taqdim etish va to'lash tartibi

Yagona yer solig’I hisoblash va buydjetga to’lash tartibi
Qishloq xo'jaligi tovari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda qishloq xo'jaligi yo'nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental xo'jaliklari va ta‘lim muassasalarining o'quv-tajriba xo'jaliklari yagona yer solig'ining to'lovchilari bo'lib hisoblanishadi. Soliq kodeksiga ko'ra quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar — soliq solish maqsadida qishloq xo'jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar tarkibiga kiradi: — yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo'jaligi mahsulotini yetishtirish va o'zi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash yoxud yer uchastkalaridan foydalangan holda faqat qishloq xo'jaligi mahsulotini yetishtirish asosiy faoliyat turi bo'lgan yuridik shaxslar; — qishloq xo'jaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o'zlariga belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalariga ega boigan yuridik shaxslar; — qishloq xo'jaligi mahsulotini yetishtirish va o'zi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash ulushi realizatsiya qilish yoki qayta ishlash uchun olingan qishloq xo'jaligi mahsulotini o'z ichiga oluvchi qishloq xo'jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash umumiy hajmida kamida 50 foizni tashkil etadigan yuridik shaxslar. O'rmon va ovchilik xo‗jaliklari hamda yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo'jaliklari yagona yer solig'ini to'lovchilari hisoblanishmaydi. Qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari o‗zlari ishlab chiqargan qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bo'yicha mazkur faoliyat turidan yagona yer solig'ini to'laydilar va ular boshqa soliqqa tortish tizimini tanlash huquqiga ega emaslar. Yagona yer solig'ini to lovchi hisoblangan qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun bojxona bojlari, davlat bojlari, litsenziya yig'im lari, davlat maqsadli jamg'armalariga ajratmalarni to'lashning amaldagi tartibi saqlanadi. Agar yagona yer solig'ini to'lovchi qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari o'zlari ishlab chiqargan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan bir qatorda boshqa faoliyat turiari bilan shug'ullansalar, ular alohida hisob yuritishlari va boshqa faoliyat turiari bo‗yicha shu toifadagi to'lovchilar uchun amaldagi qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan soliqlami to'lashga majburdirlar. Bunda, agar qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kirsa, faoliyatning boshqa turiari bo'yicha (savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun belgilangan soliqlar va yig‗imlar to'lanadigan savdo va umumiy ovqatlanishdan tashqari) ular faoliyatning mazkur turi uchun nazarda tutilgan yagona soliq to‗lov yoki umumbelgilangan tartibda soliqlar to'laydilar. Qishloq xo‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yerlar ijaraga (shu jumladan, ichki xo'jalik pudratiga) berilganda ijaraga beruvchida ijaraga berilgan yerlar bo'yicha yagona yer solig'ini to'lash majburiyati saqlanib qoladi. Qishloq xo'jaligini yuritish uchun egalik qilish, foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkasi maydoni yagona yer solig'i solish obyekti hisoblanadi. Soliq solinadigan yer uchastkalarining normativ qiymati soliq solinadigan baza hisoblanadi. Agar normativ qiymat belgilanmagan bo'lsa, unda soliq solinadigan baza bo'lib qishloq xo'jaligi tovari ishlab chiqaruvchilaming soliq solinadigan yer uchastkalari maydoni hisoblanadi. Soliq solinadigan qishloq xo'jaligi yer maydonlari, yer uchastkalarining joylashishi, tuproq boniteti va yer mulkining boshqa tavsiflari yer kadastri ma‘lumotlari bo'yicha qabul qilinadi. Soliqdan imtiyozlar Soliq qonunchiligiga ko‗ra soliq solinmaydigan yer uchastkalariga quyidagi yerlar kiradi: a) qishloq aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari; b) ihota daraxtzoriari egallagan yerlar; d) sport inshootlari, stadionlar, sport maydonchalari, suv havzalari, sportning texnik turiari obyektlari va boshqa jismoniy tarbiya — sog'lomlashtirish komplekslari, onalar va bolaiaming dam olish va sog'lomlashtirish joylari, sanatoriy-kurort muassasalari va dam olish uylari, o'quv-mashq bazalari egallagan yerlar; e) yangi o'zlashtirilayotgan yerlar va meliorativ holatini yaxshilash ishlari olib borilayotgan sug'oriladigan yerlar — loyihada nazarda tutilgan muddatga, lekin ishlar boshlanganidan e‘tiboran ko'pi bilan besh yilga. Agar loyihada yerlami o'zlashtirish va meliorativ ishlami amalga oshirish muddatlari ko'rsatilmagan yoki yer uchastkasi boshqa muddatlarda topshirilgan bo'lsa, yer uchastkasi uchun soliq meliorativ ishlar va yangi yerlami o'zlashtirish ishlari bajarilgan yillar uchun to'lanmaydi, lekin u 5 yildan oshmasligi kerak; f) ta‘lim, madaniyat va sog'liqni saqlash obyektlari band etgan yerlar; g) yangi tut ko‗chatlari ekilgan yerlar, qator oralaridan qishloq xo'jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat'i nazar, uch yil muddatga. Shu munosabat bilan bahorda ekilgan tut ko'chatlari ekilgan yilni hisoblaganda uch yilga soliq to'lashdan ozod etiladi, kuzda ekilgan ko'chatlar esa ulami ekishdan keyingi yildan boshlab uch yilga soliq to'lashdan ozod etiladi; h) ilmiy tashkilotlaming qishloq xo'jaligi ahamiyatiga molik va o'rmon fondidagi yerlari, qishloq xo'jaligi va o'rmon xo'jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda o'quv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va o'quv tajriba xo'jaliklarining bevosita ilmiy va o'quv maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari; i) yangi barpo etilgan qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari, shu jumladan, fermer xo'jaliklari, davlat ro'yxatiga olingan paytdan boshlab ikki yil muddatga; j) O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq soliq solinmaydigan boshqa yerlar. Qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga soliqdan imtiyoz belgilanganda ular soliqni ushbu huquq paydo bo'lgan oydan boshlab to'lashni to'xtatadilar. Soliq imtiyozlari bekor qilingan taqdirda ular yer solig'ini ushbu huquq bekor qilingan oydan keyingisidan boshlab to'lashni boshlaydilar. Soliqni hisoblash, hisob kitoblarni taqdim etish va to'lash tartibi Qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari yagona yer solig'i summasini belgilangan shakl bo'yicha soliq solinadigan bazaga qarab yer uchastkalarining normativ qiymati hamda yer uchastkalarining maydonidan (yer uchastkasi joylashgan yer va yer uchastkasining bal bonitetini nazarda tutadigan tuzatish koeffitsienti e‘tiborga olingan holda belgilangan stavkadan) kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Yagona yer solig'ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga joriy soliq davrining 1 - mayigacha taqdim etiladi. Yil davomida berilgan yer uchastkalari uchun yagona yer solig'i yer uchastkasi berilganidan keyingi oydan boshlab to'lanadi. Yer uchastkasi olib qo'yilgan taqdirda, yagona yer solig'ini to'lash yer uchastkasi olib qo'yilgan oydanboshlab to'xtatiladi. Yer uchastkasining tarkibi va maydoni yil davomida o'zgargan, shuningdek, yagona yer solig'i bo'yicha imtiyozlarga bo'lgan huquq vujudga kelgan (tugatilgan) taqdirda, soliq to'lovchilar davlat soliq xizmati organlariga hisobot yilining 1-dekabrigacha yagona yer solig'ining aniqlik kiritilgan hisob-kitobini taqdim etishlari lozim bo'ladi. Yagona yer solig'ini budjetga to'lash quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi: — hisobot yilining 1-iyuligacha — yillik soliq summasining 20 foizi; — hisobot yilining 1-sentabrigacha — yillik soliq summasining 30 foizi; — hisobot yilining 1-dekabrigacha — soliqning qolgan summasi. Qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari buxgalteriya hisobida yagona yer solig'i bo'yicha budjet bilan hisob-kitobni budjetga to'lovlar bo'yicha qarzlami hisobga olish hisobvarag'ida yuritadilar. Qishloq xo'jalik korxonalarini soliqqa tortishda xorijiy davlatlar tajribasi Globallashuv sharoitida jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, agrar tarmoqlarning jadal о sishi mamlakatda iqtisodiyotning yuksalishi uchun asosiy omillardan biri bo'lib hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining soliqqa tortish tizimi yanada soddalashtirilishga qarab ketmoqda. Xorijiy mamlakatlar amaliyotida soliqlar tabaqalashtirilgan bo'lib, o'matilgan soliqlar soliq obyektidan yoki daromad olish darajasidan kelib chiqib budjetga to'lanadi. Agrar sektorga ma‘lum bir imtiyozlar hamda maxsus soliq rejimi qo'llaniladi va ular albatta ishlab chiqarish xususiyatlari bilan bog'liq bo'ladi. Bu xususiyatlarga fasllar almashinuvi, tabiiy ob-havo sharoitlarini misol qilish mumkin. Rivojlangan davlatlarda qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari to'laydigan soliqlar tarkibiga nazar tashlanganda, ulaming turli mamlakatlar miqyosida soliq turlariga qarab soliqlami tabaqalashganini ko'rish mumkin
Germaniya, Fransiya, Italiyada qishloq xo'jalik subyektlari hisoblangan fermerlik kooperativlariga korporativ soliqni to'lash bo'yicha imtiyozlar keng tarqalgan. Rivoj-langan davlatlarda qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari to'laydigan yer solig'i boshqa yuridik shaxslarga nisbatan ancha past miqdorda belgilangan. Gollandiyada bevosita qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida mehnatga qobiliyatli aholining 4 foizigina ishlaydi. Bu davlatning hududi va aholisi O'zbekiston bilan solishtirganda bir necha barobarga kam. Tabiiy sharoiti esa qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishi uchun anchagina noqulay. Shunga qaramasdan ushbu mamlakat qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo'yicha dunyoda uchinchi o'rinda turadi. Eksportning yillik hajmi taxminan 35 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi. Jahonda samarali faoliyat ko'rsatayotgan fermer xo'jaliklari AQSH davlatida mukammal shakllangan deb atash mumkin. Buning asosiy sabablari, fermer xo'jaliklariga yordam dasturlarini mablag' bilan ta‘minlashda federal hukumat yetakchilikni o'zida saqlab turganligi bilan izohlanadi. Buyuk Britaniya soliq tizimida fermer xo'jaliklarini soliqqa tortish alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu mamlakatda fermerlar to'laydigan asosiy soliq turi daromad solig‗i hisoblanib, u moliya yilida xo'jalikda hosil qilingan daromad yoki foydadan belgilangan shkala bo'yicha undiriladi. Daromad solig'ini undirish maqsadida fermer xo'jaliklariga beshta soliq shkalasi ishlab chiqilgan bo'lib, unda yer, mol-mulklarni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solish, o'rmon xo'jaliklaridan olinadigan foydaga soliq solish, asosiy faoliyatdan tashqari olingan daromad manbalariga soliq solish, ishchi xodimlar va yollanma mehnat qiluvchilaming daromadlariga soliq solish jarayonlari aks ettiriladi. Fermer xo'jaliklari uchun moliya yili 1 -apreldan boshlanib keyingi kalendar yilining 31-martida tugaydi. Foyda solig'i moliya yil yakuni bo'yicha hisob-kitob qilinadi va hisoblangan soliq summasining 50 foizini 1-yanvarda va qolgan qismini 1-iyunda budjetga to'lab beradi. Ya‘ni bu yerda soliqni budjetga undirishda qishloq xo'jaligining mavsumiyligi hisobga olingan. Yagona yer solig‘ini to‘lovchilar quyidagilardir: qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar; qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajribaeksperimental xo‘jaliklari va ta‘lim muassasalarining o‘quv-tajriba xo‘jaliklari. Bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar soliq solish maqsadida qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar jumlasiga kiradi: yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va o‘zi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash yoxud yer uchastkalaridan foydalangan holda faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish asosiy faoliyat turi bo‘lgan yuridik shaxslar; qishloq xo‘jaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘zlariga belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar; qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va o‘zi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash ulushi realizatsiya qilish yoki qayta ishlash uchun olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotini o‘z ichiga oluvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash umumiy hajmida kamida 50 foizni tashkil etadigan yuridik shaxslar. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga javob beradigan yangi tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e‘tiboran yagona yer solig‘ini to‘lovchilar bo‘ladi. Quyidagilar yagona yer solig‘ini to‘lovchilar sifatida qaralmaydi: o‘rmon va ovchilik xo‘jaliklari; yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari. Yagona yer solig‘ini to‘lash tartibini qo‘llash uchun soliq to‘lovchi har yili joriy soliq davrining 1 fevraliga qadar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga o‘tgan soliq davrida qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlashning umumiy hajmida qishloq xo‘jaligi mahsulotining o‘zi yetishtirgan va qayta ishlagan ulushi ko‘rsatilgan ma‘lumotnomani taqdim etadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlashning umumiy hajmida qishloq xo‘jaligi mahsulotining o‘zi yetishtirgan va qayta ishlagan ulushini aniqlashda soliq Kodeksining 132-moddasida nazarda tutilgan boshqa daromadlar hisobga olinmaydi. Agar o‘tgan soliq davri yakunlari bo‘yicha yagona yer solig‘i to‘lovchi soliq Kodeksi 362-moddasining ikkinchi qismida belgilangan shartlarga javob bermasa, soliq to‘lovchi joriy soliq davrining boshidan boshlab umumbelgilangan soliqlarni yoki yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tishi kerak. Mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kiradigan soliq to‘lovchi soliq Kodeksi 362-moddasining ikkinchi qismida belgilangan shartlarga javob bermay qo‘ygan soliq davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay davlat soliq xizmati organiga soliq solish tartibini tanlash to‘g‘risida yozma bildirish taqdim etadi. Soliq to‘lovchining yozma bildirishni belgilangan muddatda taqdim etmaganligi uning byudjet bilan hisob-kitoblarni belgilangan tartibda amalga oshirishga roziligi deb hisoblanadi. Yagona yer solig‘ini to‘lashdan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan soliq to‘lovchi soliq Kodeksida nazarda tutilgan yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha u umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan soliq davrining birinchi choragi uchun joriy to‘lovlarni to‘lashdan ozod qilinadi.
Gidrоlоgik-gеоgrаfik chоrа-tаdbirlаrgа dаryolаr suv rеjimini bоshqаrish, еr оsti suv оmbоrlаrini tаshkil etish, o’simliklаr qоplаmini, ya’ni o’rmоnlаr mаydоnini kеngаytirish kаbilаr kirаdi;
- nihоyat, chuchuk suvni tоzа sаqlаsh vа uni iqtisоd qilib qоlishdа shаhаr, ichki pоsyolkаlаri vа qishlоqlаrdаgi vоdоprоvоd jumrаklаrini оchib, chuchuk tоzа suvni bеkоrgа оqizishgа chеk qo’yish muhim аhаmiyatgа egа. Аgаr vоdоprоvоd jumrаgi оchib qo’yilsа 10 sеkunddа 1 l, 2 sоаtdа 1 m kub chuchuk tоzа suv bеkоrgа оqib kеtаdi. Fаqаt Tоshkеntdа «Vоdоkаnаl» trеstining mа’lumоtigа ko’rа, 29,4 % хоnаdоnlаrdа suv jumrаklаrining nоsоzligi tufаyli 1986 yili 11 mln. 230 ming m kub ichimlik suv isrоf bo’lgаn. Nаtijаdа sutkаdа kishi bоshigа 270 l o’rnigа 467 l ichimlik suvi sаrf qilingаn.
Sаnоаt vа urbаnizаtsiya jаrаyonining hоzirgi dаrаjаsidа suv rеsurslаrini iflоslаnishdаn sаqlаsh vа uning sifаtini yaхshilаshgа qаrаtilgаn chоrа-tаdbirlаrning o’zi еtаrli emаs. SHu sаbаbdаn, iflоs оqаvа chiqindi suvlаrni tоzаlаb vа zаrаrsizlаntirilib, so’ngrа tаbiiy mаnbаlаrgа оqizish kеrаk. Jаhоnning ko’p mаmlаkаtlаridа iflоs оqаvа chiqindi suvlаrni tоzаlаshdа bir qаtоr usullаrdаn fоydаlаnilmоqdа.

Yüklə 81,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin