1–Ma’ruza. Metallar haqida tushuncha. Rudalar. Reja


Alyuminiy qotishmalari quyidagi guruhlarga bo‘linadi



Yüklə 225,51 Kb.
səhifə24/33
tarix13.12.2023
ölçüsü225,51 Kb.
#140268
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
1–Ma’ruza. Metallar haqida tushuncha. Rudalar. Reja-fayllar.org

Alyuminiy qotishmalari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:


  1. Alyuminiyning kremniyli qotishmalari. Bu qotishmalar tarkibida kremniyning miqdori 4-13% gacha bo‘lib, undan tashqari ma'lum miqdorda boshqa elementlar ham bo‘ladi. Bu guruhga kiruvchi qotishmalar quyilish xossalarining yuqoriligi, oson kesib ishlanishi, payvandlanishi, qoniqarli mexanik xossalari bilan xarakterlidir. Masalan,dvigatel silindr bloklari, karterlari,kompressor korpuslari va boshqalar bu qotishmalardan tayyorlanadi.

Alyuminiyning quyma qotishmalarining 37 ta markasi bo‘lib,ular haqida ma'lumotlar tegishli GOST larda berilgan.




  1. Alyuminiyning misli qotishmalari. Bu qotishmalar tarkibida misning miqdori 4-5% bo‘lib, qolgan qismi boshqa elementlardan iborat bo‘ladi. Bu qotishmalarni quyilish xossalari pastroq bo‘lib, darzlar hosil qilishga moyilroqdir. Shu sababli, bu qotishmalardan (AL 7 va A L 9 ) unchalik katta bo‘lmagan oddiy shaklli quymalar

(armaturalar,kronshteynlar) olishda foydalaniladi.




  1. Alyuminiyning mis, kremniyli qotishmalari. ( AL3, AL5, AL 6 ) bu qotishmalarning xossasi I va II guruh qotishmalariga yaqinroq bo‘ladi.


  2. Alyuminiyning magniyli qotishmalari. Bu qotishmalarda magniyning miqdori 12% gacha bo‘lib,qisman boshqa elementlar ham bo‘ladi. Bu qotishmalarning ham quyilish xossalari pastroq bo‘ladi. Lekin korroziyabardoshligi, mexanik xossalari va kesib ishlanilishi yaxshi bo‘lib, nam atmosfera sharoitida ishlaydigan quymalar olishda foydalaniladi.

Nazorat savollar



  1. Mis qotishmalarini haqida ma’lumot bering


  2. Alyuminiy qotishmalarni tushuntirib bering



15–Ma’ruza: Yarim o’tkazgichli materiallarning asosiy xossalari.Yarim o’tkazgichlarning turlari va ishlatish maqsadlari.


Reja :
  1. Yarim o’tkazgichlar


  2. Yarim o’tkazgichlarning o’tkazuvchanligi


  3. Yarim o’tkazgichlarning xususiyatlari


Yarim o'tkazgichlar haqida umumiy ma'lumotlar

Normal haroratdagi solishtirma qarshiligi o'tkazgichlarnikidan katta, biroq dielektriklarnikidan kichik bo'lgan materiallar yarim o'tkazgichlar deb ataladi. Buturkumga elektron elektr o'tkazuvchanlikka ega va solishtirma qarshiligi 10-6-10+8 Omm bo'lgan materiallar kiradi.Yarim o'tkazgichlardagi elektronlar soni boshqa materiallarga nisbatan ancha kam bo'ladi.Yarim o'tkazgichlarning elektr o'tkazuvchanligi tashqi energetik ta'sirga va mazkur jism tarkibidagi qo'shimchalarga ko'p jihatdan bog'liqdir.Yarim o'tkazgichning elektr o'tkazuvchanligi boshqarish harorati, nur, elektr va magnit maydoni, mexanik kuchlanishga asoslangandir. Yarim o'tkazgichlarda elektr o'tkazuvchanlikning ikki: elektron (n) va elektron-teshik (p) turi mavjud bo'lib, ular jismda p-n o'tishini vujudga keltiradi. Bunday jismlarga katta va kichik quvvatga ega turli xildagi elektr to'g'rilagich, kuchaytirgich va generatorlar misol bo'la oladi. Ulardan boshqariladigan, turli xil murakkab moslamalarda keng miqyosda foydalaniladi. Amalda qo'llanilayotgan yarim o'tkazgichlar, asosan,oddiy(ularning tarkibi bitta kimyoviy element atomlaridan tashkil topgan) va murakkab (ularning tarkibi ikki yoki undan ortiq kimyoviy elementlarning atomlaridan tashkil topgan) xillarga bo'linadi. Yarim o'tkazgichli o'zgartkichlar turli ko'rinishdagi energiya (issiqlik,yorug'lik)ni elektr energiyasiga aylantirib beradi. Yarim o'tkazgichli o'zgartkichlarga misol tariqasida quyosh batareyasi va termoelektrik generatorlarni keltirish mumkin.Past o'zgarmas kuchlanishdagi rekombinatsiyali chaqnash (elektronteshikli o'tishga asoslangan) nur uzatish manba u va hisoblash mashinalarining axborot chiqarish qurilmalarida ishlatiladi.Yarim o'tkazgichlardan isitkich asboblarda, radioaktivli nurini dikatorlarida va magnit maydon kuchlanganligini o'lchashda foydalaniladi. Hozirgi davrda shishasimon va suyuq yarim o'tkazgichlar o'rganilmoqda. Oddiy yarim o'tkazgichlarning (4.1-jadval) texnikada keng qo'llaniladiganlariga kremniy, germaniy va selen kiradi.Murakkab yarim o'tkazgichlar Mendeleyev davriy jadvalidagi turli guruh elementlari birikmasidan,masalan, AIVBIVformulali (SiC),AIIIBV(JnSb,CaAs,CaP),AIIBVI(CdS,ZnSe) elementlar birikmasidan, shuningdek, ba'zi oksidlar(Cu2O) dan iborat.Yarim o'tkazgichli kompozitsiyalarga (tirit, silit), sopol bilan birikkan kremniy karbid (SiC) va grafitli yarim o'tkazgichlar misol bo'la oladi.


Yarim o'tkazgich ishlatilgan asbob uskunalar xizmat muddatining yuqoriligi, hajmi va og'irligining nisbatan kichikligi,oddiy va ishonchli ishlashi,iqtisodiy samaradorligi va boshqa sifatlari bilan ajralib turadi.
4.1-jadval
Oddiy elektron yarim o'tkazgichlar



Element

Mendeleyevjadvalidagi guruhi

Ta'qiq zonasining kengligi,eV


Element

Mendeleyev jadvalidagi va guruhi

Ta'qiq zonasining kengligi,eV




Bor

III

1,10

Oltingugurt

VI

1,50

Kremniy

IV

1,2

Selen

VI

1,70

Germaniy


IV

0,7

Tellur

VI

0,36

Fosfor

V

1,50

Yod

VII

1,25

Mishyak

V



1,20









Yüklə 225,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin