Kapital bozori o‘zida uzoq muddatli kapital va qarz majburiyatlari
to‘planadigan va muomalada bo‘ladigan bozordir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
kapital bozori moliya bozorining asosiy turi bo‘lib, uning yordamida
biznes
sub’ektlari va hukumatlar o‘z faoliyatlarini moliyalashtirish manbalarini topishlari
mumkin. Shu o‘rinda qayd etish lozimki, moliya bozorining muhim tarkibiy qismi
hisoblangan kapital bozorida qoplash muddati bir yildan ortiq bo‘lgan mablag‘lar,
vositalar muomalada bo‘ladi.
Moliy bozorining iqtisodiy mohiyati uning funksiyalarida ham namoyon
bo‘ladi (1.1-jadval).
1.1-jadval
Kapital bozorining funksiyalari
Maxsus funksiyalari
Umumbozor funksiyalari
1. Moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash;
2.
Mulkdorlikni hisobga olish;
3. Kapital konsentratsiya;
4. Takror ishlab
chiqarishni moliyaviy
ta’minlash.
1. Narx shakllanishi;
2.
Bozor vositachiligi;
3. Tranzaksiya xarajatlarini optimallashtirish;
4. Axborot bilan ta’minlash.
Yuqoridagi jadvalda qator funksiyalar keltirilganligiga qaramasdan, kapital
bozorining muhim mezonlari bozor ishtirokchilari o‘rtasida kapitalni qayta
taqsimlash va kapitalni jamg‘armadan investitsiyaga
transformatsiya qilish
funksiyalarining o‘zaro bog‘liqligida namoyon bo‘ladi.
Moliya bozori kapital bozori va pul bozoriga bo‘linsa, kapital bozori o‘z navbatida
ssuda kapitali bozori va ulush munosabatli qimmatli qog‘ozlar bozoriga bo‘linadi.
Bunda ssuda kapitali bozorining bank kreditlari bozori va qarz qimmatli qog‘ozlari
bozori turlari ajratib ko‘rsatiladi. Keltirilgan jihatlar
asosida kapital bozorining
segmentlarini quyidagicha tavsiflash mumkin (1.2-jadval)
Dostları ilə paylaş: