Tilning vertikal holatiga ko‘ra
Lablarning ishtirokiga ko‘ra
|
Tilning gorizontal holatiga ko‘ra
|
Til oldi
|
Til orqa
|
Lablanmagan
|
Lablangan
|
Yuqori (yopiq)
|
I
|
U
|
O'rta (yarim yopiq yoki ochiq)
|
E
|
O ‘
|
Quvi (ochiq)
|
A
|
O
|
Nutq organlarining bir-biriga tegis’ni natijasida o'pkadan chiquvchi havo oqimi to'siqqa uchrashi, undoshlarning hosil bo'lishida xarakterlidir. Undosh tovushlarning sifati nutq organlarining harakati, og'iz va burun bo'shliqlarining shakli va tovush paychalarining holatiga bog'liq.
0 ‘zbek tilida undosh tovushlar 24 ta: b, v, g, d, j. dj , y, z, к, l, m, n, p, r, s, t, f, x, ch. sh, ng, g‘, h, q.
Undosh tovushlar quyidagicha tasnif qilinadi:
1. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra:
a) lab undoshiari:
- lab-lab undoshiari: b, p, m;
- lab-tish undoshiari: f, v.
b) til undoshiari:
- til oldi undoshiari: d, t, z, s, sh,j, dj, ch. n, l, r;
- til o'rta undoshi: y;
- til orqa undoshiari: g, k, ng;
- chuqur til orqa undoshiari: q, g ‘, x.
d) bo‘g‘iz undoshi: h.
2. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra:
a) portiovchilar: b, p, d, t, g, k, j, q, tn, n, ng;
b) sirg‘aluvchilar: v, f, z, s, y, p, l, sh, g‘, x, h;
d) qorishiq: dj, ch.
Undosh tovushlar tovush paychalarining, ya'ni ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi:
1) jarangli undoshlar - tarkibi shovqin va ovozdan iborat bo‘lgan undoshlar;
2) jarangsiz undoshlar - tarkibi shovqinning o‘zidan iborat bo‘lgan undoshlar. Jarangli va jarangsiz undoshlar o‘zaro juftlik hosil qiladi, ammo sonorlarning jarangsiz jufti yo‘q:
Jarangli undoshlar
|
b
|
v
|
d
|
g
|
z
|
j
|
dj
|
y
|
g‘
|
l
|
m
|
n
|
ng
|
r
|
Jarangsiz undoshlar
|
p
|
f
|
t
|
k
|
s
|
ch
|
sh
|
q
|
x
|
|
|
|
|
|
Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra undosh tovushlar sonorlar va shovqinli tovushlarga bo‘linadi.
Asosan ovozdan, qisman shovqindan hosil bo‘lgan undosh tovushlar sonorlar deyiladi. Ular quyidagilar: m, n, ng, l, r. Bulardan l -yon tovush, r - titroq tovush, n, ng, m - burun tovushlari.
Shovqinli undosh tovushlarda ovozga nisbatan shovqin ko'proq bo'ladi: k. p, t, sh kabi.
Avvalgi ma’ruzalarda nutq tovushlari va ularning vositaiari turli aspektda o'rganilishini aytib, ularning to‘rtinchisini fonologik (sotsial va funksional) aspekt deb atagan edik. Nutq tovushlari, bo'g'in, urg'u va intonatsiya jamiyat tilining tushunarli va aniq bo'lishi uchun muhim xizmat qiladi. Ular tildagi so'z, so'z shakllari, so'z birikmalari, fraza va gaplarni farqlash vazifasini bajaradi. Shu tufayli bu aspektni sotsial yoki funksional deb atab, til bosqichi sifatida «fonologiya» termini (grek. phone - tovush, logos — ta’limot) ishlatiladi. Nutq tovushlari ayrim holda (a, o, u) hech qanday ma’noga ega emas. Nutq tovushiari ma’lum tartibda birikib so'z va boshqa yirik til birliklarini hosil qiladi va ularning ma’nolari bilan bog'lanadi.
So'z, so'z shakllari va morfemalami tashkil eluvchi va ularning ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiluvchi eng kichik boshqa bo'laklarga bo'linmovchi til birligi fonema (grek. phone - tovush ovoz) deyiladi. Masalan, til - tol, kel - kul so'zlari unli fonemalar yordamida farqlanadi; tog'- dog‘, bor — zor, bod - bot, yo‘q-cho'q kabi so'zlar tarkibidagi undosh fonemalar yordamida farqlanadi.
Fonemaga tegishli barcha artikulyatsion-akustik beigilar uning fonetik tasnifi deyiladi. Masalan, p fonemasining fonetik tavsifi uning lab-lab, portlovchi, jarangsizlik belgilarini o 'z ichiga oladi. Fonologik jihatdan fonemalar bir-biriga qarama-qarshi qo'yiladi (p-t, s - sh, x - k, a - o, a - i kabi). Bunday fonemalarning qaramaqarshi qo'yilishi fonologik oppozitsiya deyiladi.
Fonologik oppozitsiya yordamida fonemalarni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiluvchi artikulyatsion-akustik beigilar fonologik yoki farqlanish alomatlari deyiladi. Masalan, p-t oppozitsiyasida lab til oldi artikulyatsiyasi fonologik jihatdan ahamiyatlidir. P-t oppozitsiyasidagi ularning har ikki a’zosi ham portlovchi va jarangsiz ekanligi fonologik bo'lmagan yoki farqlanuvchi alomatlar deb yuritiladi. Har bir fonema fonologik oppozitsiyaning a’zosi hisoblanadi. Tildagi barcha fonemalar o'zaro oppozitsiyalami tashkil etadi va bu fonemalarning bog'lanishi hamda aloqalari yig'indisi fonologik tizim yoki fonematik tizim deb yuritiladi. Fonemalarning o'zaro bog'lanish xaiakteri, va’ni ulaming qanday ichki aloqada ekaniigi fonologik yoki fonematik tuzilish deb ataladi. Har bir fonema fonologik birlik yoki element deyiladi. Har bir til o‘zining fonologik tizimiga ega bo‘lib, undagi har bir fonemaning o'z o'rni va vazifasi bor. Bir tildagi fonema ikkinchi tilda bo'lishi mumkin emas. Ikki tildagi foriemalar o‘z artikulyatsion-akustik xususivatlari bilan o'xshash bo'lishi taqat tashqi jihatdan to'g'ri kelish hisoblanadi. Ularning ichki bog'lanishlarini, ya’ni fonologik oppozitsiyalar tizimini o'rganish orqali juda ko‘p farqlarni aniqlash mumkin bo'ladi. Ulardagi ba’zi o'xshashliklar nutq organlarining barcha odamlarda bir xil tuzilganligi bilan izohlanadi.
Tildagi bir qancha tovushlar( ularning sonini aniqlab bo'imaydi) soni va artikulyatsion-akustik xususiyatlari aniq bo'lgan fonemalarga birlashadi. Bir fonema bir qancha tovushlarda namoyon bo'ladi. Ko'pincha bir fonemani ifodalovchi tovushlar artikulyatsion va akustik jihatdan yaqin bo'ladi. Biroq bir fonema bir necha har xil artikulyatsion va akustik xususiyatlarga ega bo'lgan tovushlarda ifodalanishi ham mumkin. Masalan, rus tilidagi g va g‘ tovushlari. Bitta g fonemasining vakilidir: gorod (gorot), (g'oret) kabi.
Nazorat uchun savollar:
1. Tilshunоslik fani qanday bo‘limlarni o‘z ichiga oladi?
2.Tilshunoslik sohalari qanday o’rganish obyektlariga ega?
3. Fonеtika nimani o‘rganadi?
4. Orfoepiya nimani o‘rganadi?
5. Grafika nimani o‘rganadi?
6. Orfografiya nimani o‘rganadi?
7. Lеksikologiya nimani o‘rganadi?
8. Frazеologiya nimani o‘rganadi?
9. Lеksikografiya nimani o‘rganadi?
10. Morfеmika nimani o‘rganadi?
11. Morfologiya g nimani o‘rganadi?
12. Sintaksis nimani o‘rganadi?
13. Punktuatsiya nimani o‘rganadi?
14. Uslubiyat nimani o‘rganadi?
15. Dialеktologiya nimani o‘rganadi?
16. Etimologiya nimani o‘rganadi?
17. Til tarixi nimani o‘rganadi?
18. Sotsiolingvistika nimani o‘rganadi?
19. Fonetika qanday masalalarni o'rganadi?
20. Fonetika o'rganish sohasi va vazifalariga ko'ra qanday turlarga bo‘linadi?
21. Turli tillardagi nutqiy xususiyatlar haqida mulohazalaringizni bildiring.
22.Yozuvning paydo bo‘lishi haqidagi ma’lumotlami ayting.
23. Yozuvning takomillashish jarayoni haqidagi fikrlaringizni bildiring.
24. Piktografik yozuvga xos xususiyatlarni ayting.
25. Ideografik yozuvning oziga xos xususiyatlarini bayon eting.
26. Piktografik yozuv hamda ideografik yozuvning bir-biridan farqli jihatlarini tushuntirmg.
27. Iyeroglifik yozuv haqida ma’lumot bering.
28. Turkiy xalqlar qadimgi davrlarda qanday yozuvlardan foydalanishgan?
29. XX-asrda O‘zbekistonda yozuv taraqqiyotida qanday o‘zgarishlar yuz berdi?
30. Nutq tovushlari tasnifi deganda nimani tushunasiz?
31. Unli va undosh tovushlar qaysi jihatlarga ko‘ra tasnif qilinadi?
32. Unli tovushlar qanday xususiyatlari bilan undoshlar dan farqlanadi?
33. Undosh tovushlar qanday xususiyatlarga ega?
34. Unli tovushlar qanday tasnifga ega?
Asosiy adabiyotlar va saytlar
1.Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. –Toshkent, 2010.
2.Irisqulov I. Tilshunoslikka kirish. –Toshkent, 2009.
3.Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. –Toshkent, 2013.
4.I.Yo‘ldoshev va b. Mutaxassislikka (tilshunoslikka) kirish. –Toshkent, 2018. 307-b.
5.Xolmanova Z. Tilshunoslik nazariyasi. –Toshkent, 2019.
https://n.ziyouz.com/books/kollej_va_otm_darsliklari/ona-tili_vaadabiyot/127-130-b
http://library.navoiy-uni.uz/files/irisqulov.%20tilshunoslikka%20kirish.pdf 235-241-b
https://www.google.com/search?q=xolmonova+z+tilshunoslik+nazariyasi 74-112 - b
Dostları ilə paylaş: |