2008-2013 yillarda erishilgan asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar
Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, % da
|
2008 yil
|
2009 yil
|
2010 yil
|
2011 yil
|
2012 yil
|
2013 yil
|
Yalpi ichki mahsulotning o’sishi
|
9,0
|
8,1
|
8,5
|
8,3
|
8,2
|
8,0
|
Sanoat mahsulotning o’sishi
|
12,7
|
9,0
|
8,3
|
6,3
|
7,7
|
8,8
|
Xizmat ko’rsatish hajmi
|
21,3
|
12,9
|
13,4
|
16,1
|
15,0
|
13,5
|
Chakana savdo aylanmasi
|
7,2
|
16,6
|
14,7
|
16,4
|
13,9
|
14,8
|
Davlat byudjetining bajarilishi
|
+1,5
|
+0,2
|
+0,3
|
+0,4
|
+0,4
|
+0,3
|
Inflyatsiya darajasi
|
7,8
|
7,4
|
7,3
|
7,6
|
7,0
|
6,8
|
Iqtisodiyot bo’yicha o’rtacha ish haqining oshishi
|
40,0
|
40
|
32
|
26,5
|
26,5
|
20,8
|
Aholi jon boshiga real daromadlarning o’sishi
|
23,0
|
26,5
|
23,5
|
23,1
|
17,5
|
16,0
|
Iqtisodiy o’sishning salbiy oqibatlaridan biri aholini ijtimoiy, mulkiy tabaqalanishi kuchayishi hisoblanadi. Shuning uchun xam davlat aholi turli qatlamlarini himoya qilish maqsadida ijtimoiy siyosatlarni olib boradi.
Daromadlar darajasi bo’yicha tabaqalanishni aniqlash uchun, dastlab, aholi daromadlari miqdori aniqlanadi. Aholi daromadi ish haqi, dividentlar va foizlardan, shuningdek, transfert to’lovlaridan tashkil topadi. Daromadlar kengroq ma’noda pulsiz yoki imtiyozli narxlarda axoli oladigan tovarlar va ta’lim, sog’liqni saqlash, uy-joy kommunal xo’jaligi, transport va boshqa xizmatlar bo’yicha imtiyozlar ko’rinishidagi to’lovlarni ham o’z ichiga oladi.
Ish haqi, dividentlar va foizlarni ishlab chiqarishda bevosita qatnashganlar daromadlar taqsimlanishi natijasida oladilar. Davlat daromadlarning taqsimlanishiga ish haqining eng kam miqdorini qonuniy ravishda o’rnatish orqali ta’sir ko’rsatadi. Eng kam ish haqi ushbu mamlakatda tarkib topgan turmush sharoitiga bog’liq bo’lib, eng kam iste’mol byudjetb asosida aniqlanadi.
Davlat daromadlarning qayta taqsimlanishini asosan ikki xil tayanch vositalar yordamida amalga oshiradi:
Soliq tizimi;
Transfert dasturlari.
Davlat transfert dasturlaridan tashqari yana bir qator nodav lat va jamoat dasturlari ham mavjud. Davlat va nodavlat tashkilotlari transfert dasturlarining barcha turlari yagona maqsadga, ya’ni, aholi daromadlarini tenglanggirishga yo’naltirilgan.
Daromadlar taqsimlanishining tengsizligini ifodalash uchun ko’p hollarda Lorents egri chizig’i grafigidan foydalaniladi.
-
Dostları ilə paylaş: |