Gaz tozalovchi apparatlarning chang ushlab qolish samaradorligi Tozalash darajasi (foydali ish koeffitsenti) ma’lum vaqt ichida ushlab qolingan material hajmini gaz oqimi bilan birga chang ushlovchi qurilmaga kirgan material hajmiga nisbati bilan ifodalanadi.
Chang ushlab qolish samaradorligi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
n G1G2100% V1x1V2x2100%
G1 V1x1
bu yerda; G1 va G2 - gaz tarkibida bo‘lgan, mos ravishda qurilmaga kirayotgan va undan chiqayotgan chang zarrachalarining og‘irlik bo‘yicha sarfi, kg/s; V1 va V2 - mos ravishda qurilmaga kirayotgan va undan chiqayotgan gazlarning hajmiy sarfi, m3/s; x1 va x2 - mos ravishda qurilmaga kirayotgan va undan chiqayotgan gaz oqimidagi zarrachalar konsentratsiyasi, kg/m3.