Fiskal siqib chiqarish Qarz olish oqibatlariga qarashlardagi standart nuqtai nazarlar vaqt muddatiga bog‘liq. Faraz qilaylik, davlat sotuvdan 5 foizli soliqni bekor qilishdan kamomad pul miqdoriga teng qarz oldi. Bu qadam joriy kutiladigan daromadning 5 foiz o‘sishiga olib keladi, balki, ehtimol, kishilarning farovonligini umrbod o‘stirishi mumkin. O‘sgan daromaddan keyin shaxsiy iste’mol ham va uning ketidan jami talab ham ortadi, chunki:
Jami talab = Shaxsiy iste’mol + Davlat xarajatlari + (1.1)
+ Xususiy ichki investitsiyalar + (Tovarlar eksport – Tovarlar importi). Standart tahlil shuni ko‘rsatadiki, muddat qisqa bo‘lganda yoki qisqa muddatlar jihatidan iqtisodiyot – keynsiancha14. Jami talabning o‘sishi milliy daromad o‘sishiga olib keladi, chunki “yopishqoq” narxlar va xodimlar hamda ish beruvchilarning real hayotdagi o‘zgarishlarni tez va aniq payqay bilmasligi natijasida jami talabning o‘sishi ishlab chiqarish omillaridan foydalanishga ta’sir ko‘rsatadi15.
Shuningdek, tadqiqotlar uzoq muddat nazarda tutilganda iqtisodiyot – klassikcha ekanligini ko‘rsatadi. Amaliyot foiz stavkalariga ega bo‘lgan kredit bozoriga ko‘chiriladi. Yopishqoq narxlarga va qisqa muddatlardagi jami talabga e’tibor qaratadigan real voqelikni noaniq fahmlash uzoq muddatlar uchun u qadar muhim emas.
Uzoq muddatlar jihatidan qarz iqtisodiyotga qanday ta’sir ko‘rsatishini yaxshiroq anglash uchun milliy hisobvaraqlar (schetlar) tizimidan foydalanamiz. Xususiy sektor xarajatlari bo‘yicha milliy daromadni qismlarga ajratamiz:
Milliy daromad = Xususiy iste’mol + Xususiy jamg‘arish + (1.2)
+ (Soliqlar – Transfertlar) Endi milliy daromadni mahsulot ishlab chiqarish (YaIM)ga mahsulot chiqarishning 4 komponenti bo‘yicha tenglashtiramiz:
Milliy daromad = Xususiy iste’mol + Ichki investitsiyalar + (1.3)
+ Davlat xaridlari + (Tovarlar eksporti – Tovarlar eksporti) (1.2) va (1.3)ni birlashtirib, quyidagi ayniyatni olamiz:
Davlat jamg‘armalari + Xususiy jamg‘armalar = (1.4)
= Ichki investitsiyalar + (Tovarlar eksporti – Tovarlar importi), bu erda,
Davlat jamg‘armalari = Soliqlar – Davlat xaridi – Transfertlar. Tashqi savdo balansi kapital harakati schetidagi qoldiqqa teskari ishora bilan teng bo‘lishi lozim. Bu qoldiq sof chet el investitsiyalari tarzida ham ma’lum (rezidentlarning chet ellardagi investitsiyalari chegirilgan xorijiy investitsiyalar).
Tovarlar eksport – Tovarlar importi = Sof chet el investitsiyalari (1.5)
(1.5)ni yuqoridagi ikki ayniyat o‘rniga qo‘yib, quyidagi ayniyatga ega bo‘lamiz:
Xususiy jamg‘armalar + Davlat jamg‘armalari = (1.6)
= Ichki investitsiyalar + Sof chet el investitsiyalari Chap qismda (1.6) milliy daromad xususiy va davlat jamg‘armalarining yig‘indisi tarzida ifoda etilgan. Agar soliqlar xaridlar va transfertlar summasi (yig‘indisi)dan ortiq bo‘lsa, davlat jamg‘armalari musbat (+) belgiga (profitsit), uning aksi bo‘lgan hollarda manfiy (-) belgiga (defitsit) ega bo‘ladi. O‘ng qismda (1.6) milliy jamg‘arma ichki va sof xorijiy investitsiyalar o‘rtasida qay tarzda taqsimlanishi ko‘rsatilgan. (1.6) Qarz (ssuda) fond bozorining ikki tomonini aks ettiradi.
Xarajatlar o‘zgarmas sharoitlarda sotishdan olinadigan soliqlarni bekor qilish defitsitni yuzaga keltiradi (manfiy davlat jamg‘armalari). (1.6)dan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, xususiy investitsiyalar o‘sishi, ichki yoki xorijiy investitsiyalar kamayishi (pasayishi) mumkin. Standart paradigma (namuna, misol)da davlat jamg‘armalarining qisqarishi xususiy jamg‘armalarning o‘sishi bilan qoplanmaydi va shu sababli ichki investitsiyalarning qisqarishi bilan kechadi:
Davlat jamg‘armalari + Xususiy jamg‘armalar = (1.7)
= Ichki investitsiyalar. Ichki investitsiyalardan keyin bir muncha vaqt o‘tgach mamlakatda kapital zahirasi, so‘ngra u bilan bog‘liq holda mahsulot ishlab chiqarish va milliy daromad qisqaradi. Kapital zahirasi kamayishi bilan kapitalning me’yoriy (chegaraviy) mahsuloti ko‘tariladi va bu ko‘tarilish kapitalning har bir birligiga hisoblanadigan foiz darajasi va daromadni yuqoriga “surib” yuboradi. Ayni bir paytda mehnat unumdorligi pasayadi, shunga bog‘liq holda o‘rtacha ish haqi va xodimlarning jami daromadi kamayadi.
Ochiq iqtisodiyotda [(1.6)dagi sof chet el investitsiyalari bilan] bu defitsit hodisasiga sof chet el investitsiyalari qisqargan hollarda rezidentlar kapitaliga daromadlarning pasayib ketishi qo‘shiladi. Yo rezidentlar chet ellarda mol-mulkidan ayriladi yo bo‘lmasa norezidentlar mamlakatda o‘z mol-mulkini ko‘paytiradi. Bundan tashqari, (1.5)dan ma’lum bo‘ladiki, byudjet defitsiti tufayli sof chet el investitsiyalarining qisqarishi tashqi savdo balansi defitsitining o‘sishiga olib kelishi lozim. Tashqi savdo balansida defitsitning o‘sishi milliy valyutani mamlakat mahsulotlari raqobatbardoshligiga putur etkazadigan revalvatsiya qilish bilan juda ahil, yonma-yon turadi.
Quyida fiskal siqib chiqarishning chizma ifodasi berilgan (-rasm). Umumiy talab (D+Z)ni olish uchun xususiy sektorning pulga bo‘lgan talabiga defitsitni, ya’ni qarzga olingan mablag‘lar (Z)ni qo‘shamiz. Umumiy talab o‘sgani uchun foiz darajasi P0 dan P1 gacha ko‘tariladi. Umumiy jamg‘arma (S) S0 dan S1 ga qadar ko‘payib boradi, ammo defitsit D va D+Z o‘rtasidagi ayirma bo‘lgani sababli xususiy investitsiyalar I0 dan I1-Z gacha kamayadi. Qarz yuki shu ma’noda kelajak avlodga o‘tadiki, bugun, hozir xususiy investitsiyalarning qisqarishi kelajakda ishlab chiqarish potentsiali va milliy daromadning kamayishi sabab bo‘ladi.