Tashqi va ichki kuzatishning birligi Lekin odam psixikasini faqat oʻz-oʻzini kuzatish metodi
bilan oʻrganib boʻlmasa, faqat tashqi kuzatish yoʻli bilan, ya’ni oʻz-oʻzini kuzatish ma’lumotlari
bilan bogʻlanmasligi ham mumkin emas. Oʻz-oʻzini kuzatish metodining ahamiyatini tamomila
inkor qilish – odamning yuksak darajadagi bilish qobiliyatiga, ijodiy qobiliyatiga, ongiga
ishonmaslik demakdir.
Boshqa kishilarni kuzatishning xususiyati shundaki, tadqiqotchi shu kishilar xulqatvorining
tashqi koʻrinishlarini idrok etar ekan, koʻnglidan kechayotgan hislarini bir qadar biladi. Shu
sababli psixolog tashqaridan kuzatish yoʻli bilan va oʻz-oʻzini kuzatish ma’lumotlariga tayanib,
odamning turli xatti-harakatlarini tasvir etish bilangina kifoyalanib qolmay, balki umuman psixik
hayot hodisalari haqida, ularning tashqi va ichki (sub’yektiv) koʻrinishlari haqida xulosalar ham
chiqarishi mumkin. Tadqiqotchi psixolog kishilar bilan muomala qilishda turmush tajribasiga va
ilmiy tekshirish ishlarida еtarli amaliyotga ega boʻlganida psixik hayotning tashqi koʻrinishlarini
kuzatar ekan, psixik jarayonlarning sub’yektiv suratda qanday kechishini ham ozmi-koʻpmi ocha
oladi. Masalan, tafakkurni kuzatish yoʻli bilan tekshirganimizda koʻz, yuz muskullaridagi xilma-
xil harakatlarni va turqining oʻzgarishini qayd qilibgina qolmay, balki, shu bilan birga, shu
tafakkur jarayonlari qanday zabt va qanday tezlik bilan roʻy berishini ham bir qadar bila olamiz.
Modomiki tafakkur jarayonlari tashqi muhitda oʻz ifodasini topar ekan, tafakkurning
mazmunini bila olamiz, tafakkur jarayoni qay shaklda roʻy berayotganini, masala qanday kelib
chiqayotgani, masalani echish jarayoni qanday borayotganini ham kuzata olamiz.
Dostları ilə paylaş: