tо‗g‗risidagi ilk taassurot uni ustoz sifatida qabul qilingan, pedagogik ta‘sirini hosil
qila olishi hamda bolalarga ta‘sir etishi singari omillar katta ahamiyatga ega.
Ikkinchi bosqichga – imidjning muhim omillaridan biri – muloqotning
verbal va noverbal vositalari qо‗llashi kiradi.
О‗qituvchi о‗zini ―taqdim etish‖ vazifasini о‗zi tо‗g‗risida
ilk taassurot
shakllantirayotgan payta amalga oshirish maqsadga muvofiq.
“Verbal”
deb
nomlanadigan imij о‗qituvchi oyoqlarning yig‗ilgan holatda turishi, qо‗llarning
meyorida harakatlanishi, ovoz tembrinng juda yuqori emasligi yoki aksincha.
“Noverbal” deb nomlanadigan imij о‗qituvchi imo-ishoralari, yuz-qarashlari
(mimika, aslini olganda, odamlar о‗rtasidagi axborot almashuvi bо‗lib, uning asosiy
maqsadi uzatilayotgan va qabul qilinayetgan axborotning tushunarliligini
ta‘minlashdir), savlatini nazarda tutadigan
yoqimli sifatlarni
qay darajada ishlata
olish bilan bog‗liq. Yaxshi sifatlar turli vaziyatlarga tezkor о‗rganishga, odamlar
bilan kommunikativ aloqalar о‗rnatishga yordam beradi. Afsuski, sotsiologlarning
tadqiqotlariga kо‗ra, faoliyat boshlayotgan о‗qituvchilarning 29 foizi о‗quvchilar
bilan ilk aloqalardayoq qiyinchiliklarni boshidan kechiradilar. Pedagog imijining
muhim tomoni – uning sо‗z boyligidir. Nutq san‘ati – uning egiluvchanligi,
ta‘sirligi, originalligidadir. Qadimgi donishmandlarning aytishicha, notiqlik san‘ati
– bu sо‗z bilan ishontirish qobiliyatidir.
О‗quvchilar bilan muloqotda о‗qituvchi о‗zinig nutq ohangini unutmasligi
kerak. Chunki о‗quvchilarning nafaqat ruhiy holati, balki ularning ishlash qobilyati
ham shunga bog‗liq.
Uchinchi bosqich – о‗qituvchining imijiga ta‘sir qiluvchi uning hayot tarzi.
Uning hayot tarzi imijiga odamlar tomonidan uning shaxsiy hayoti qay darajada
qabul
qilinishi, yon-atrofdagilar hamda oila a‘zolari bilan munosabatlari, uning
ma‘naviy tamoyillari, fazilatlari, hulqi va xarakteri kiradi.
Ichki obraz – bu eng avvalo о‗qituvchining madaniyati, bevositaligi va
erkinligi, jozibasi, emotsionalligi,
tasavvurlari, tarovati, muammolarni hal qilish
qobiliyatlari, assotsiativ tasavvurlari, dars jarayonida kutilmagan yorqin yechimlar,
ijod qilishga tayyorligi, kо‗p sonli odamlar orasida о‗zini tuta olishi va boshqa
tamoyillaridir.
Tashqi obraz - о‗yin texnikasi va о‗yinning ruhiy holatini namoyon qilishi,
darslarni interfaol darajaga chiqarish, butun darsni mohirona о‗tkazish
rejasini
tuzishdan iborat.
Zamonaviy о‗qituvchining obrazi о‗quvchi ongida nafaqat yaxshi sifatlarga
ega, balki о‗qituvchi muloqotning barcha verbal va noverbal xususiyatlarini о‗zida
mujassamlashtirgan yangi kommunikativ imij bilan ham aniqlanadi.
О‗qituvchi tashqi kо‗rinishining alohida komponenti о‗quvchilar ongida о‗z
ahamiyatli yuklamasiga ega, biroq darsda har bir aniq vaziyatda u muhim yoki
ahamiyatsiz bо‗lishi mumkin. Bir vaziyatda bola uchun о‗qituvchining imo-
ishorasi muhim bо‗ladi, ikkinchisida uning qarashlari, uchinchisida о‗qituvchining
kostyumi, ya‘ni kiyinish madaniyati ta‘sir qiladi.
―Yaxshi‖ о‗qituvchining umumlashgan portreti: insonparvar, adolatli,
demokratik xussusiyatga ega, rahmdil, sinf va alohida о‗quvchilar bilan bemalol
muloqot
qila oladi, kо‗pincha rasmiyatsiz, о‗quvchilar bilan munosabatda
egiluvchan. Uning uchun boshqalar tomonidan ijobiy baholanish, optimizm juda
muhim.
О‗z kasbining sirlarini chuqur biladigan, о‗z kasbining ustasi bо‗lgan,
dunyoviy va diniy bilimlarga ega,
olimkor va tadbirkor, tashkilotchi va fidoiy,
vatanparvar va mehribon, bag‗rikenglik va xayrixohlik xislatlariga ega bо‗lgan,
bilganlarini boshqalarga о‗rgatishga va metodik yordamga muhtojlarga yordamini
ayamaydigan shaxslar haqida gapirilganda ―U mahoratli va mehribon‖ degan
sо‗zdan foydalaniladi.
Ta‘lim muassasalarda faoliyat kо‗rsatayotgan pedagog xodimlarning tashqi
qiyofasi bekamu-kо‗st bо‗lishi esa muassasaning ta‘lim-tarbiya jarayoniga ijobiy
ta‘sir kо‗rsatadi. Bu esa kо‗proq, eng avvolo о‗qituvchining tashqi kо‗rinishi va
kiyinish madaniyatidan boshlanadi.
Zamonaviy rahbar, pedagogning bugungi tez о‗zgaruvchan jamiyatda tutgan
о‗rni, uning salohiyati qanchalik muhim bо‗lsa,
odamlar bilan muomala
madaniyati, fikrini aniq yetkaza olishi va eng asosiysi о‗ziga hamfikrlarni
yig‗ishida pedagog imijinng о‗rni beqiyos. Mutaxassis imiji uning ishlayotgan
muassasasiga qanchaliy ta‘sir kо‗rsatsa, tashkilotning imiji ham mutaxassisga
shunday kuchli ta‘sir kо‗rsatishi aniq. Har bir mutaxassis о‗zining shaxsiy imijiga
ega bо‗lishi, uning alohida sо‗zlashish madaniyati, odamlar bilan samimiy
munosabati, salohiyatini namoyish eta oladigan siymosiga ega bо‗lishi zarur.
Maktab rahbari, pedagog yoki о‗qituvchi deganda kо‗z oldimizda kimlar
namoyon bо‗ladi?
Eng avvalo, lavozimidan qat‘iy nazar, ularning har biri –
shaxsdir.
Shaxsning turli ta‘riflari mavjud, lekin bu tushunchani tо‗laroq aks
ettiradigan quyidagisi о‗rinli: ―Shaxs bu - о‗zining bilimi, hissiyoti va
munosabatlari orqali tashqi olamni о‗zgartira oluvchi subyekt, insondir‖. E‘tibor
berilsa, ushbu ta‘rifda shaxsga xos uch jihat sanab о‗tiladi:
bilish; hissiyot;
munosabat. Shu uch guruhga kiruvchi xislatlar yagona maqsadga, ya‘ni tashqi
olamni insonning о‗z ehtiyojiga binoan о‗zgartirishga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: