о„z kuch-qudratimizga hamjihatligimiz va qat‟iy irodamizga bog„liq. 12-j. -T.: О„zbekiston, 2004. B 101-108.)
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining muqaddimasida xalqlar
о„rtasida dо„stona munosabatlarni rivojlantirishga kо„maklashish zarurligiga
e‟tibor qaratish lozim, deb belgilangan. G„arb mamlakatlarining ayrim
siyosatchilari ham О„zbekistondagi fuqarolar о„zini о„zi boshqarish organlari
tizimining о„ziga xosligini yuqori baholashgan. Jumladan, nemis siyosatchisi
Artur Faynberg: "Mahalla inson huquqlarini hurmat qilgani holda yoshlarni
tarbiyalashga, uning kamol topishiga kо„mak beruvchi jamiyat instrumenti”, deb
baho bergan. Shu bilan birga, individualizm singib ketgan G„arb mutaxassislari
uchun bu tizimning tub mohiyatini tushunish mushkulligini ham obyektiv tavsiflab
berishgan.
2017 yil 3 fevralda “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari tо„g„risida”gi О„zR Prezidentining Farmoni (PF-4944) qabul qilindi.
Xulosa о„rnida aytish mumkinki, fan rivoji uchun boshlang„ich maktablar
qanday vazifani bajargan bо„lsa, mahalla institutlari mustaqillikni mustahkamlash
uchun xuddi shunday vazifani bajaradi. Mahalla xalqqa hukuq va erkinliklardan
foydalanish yо„lini ochadi, shuningdek, unga osoyishta hayotdan bahramand
bо„lishni о„rgatadi. Mahalla taqdiri mamlakat taqdiri bilan chambarchas bog„liq.
Mahalla obod bо„lsa, yurt obod, mahalla tinch bо„lsa, yurt tinch bо„ladi.
4.Kо„ppartiyaviylik tizimi. Jamiyatning demokratlashuvida siyosiy partiyalar, nodavlat va jamoat tashkilotlarining roli. О„zbekiston siyosiy tizimi zamonaviy siyosiy munosabatlar shart-sharoitlari
va omillariga moslashish hamda uyg„unlashish sifatlariga ega. Mazkur
jarayonning tarkibiy qismlaridan biri bо„lgan kо„ppartiyaviylik tizimi bugungi
kunda izchil rivojlanmoqda. Siyosiy partiyalarning jamiyatni yangilash va
modernizatsiya qilish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishdagi roli va
ahamiyati ortib borayotir. Partiyalar faoliyatining tashkiliy-xuquqiy, moliyaviy
shart-sharoitlari mustahkamlanmoqda, ularning xalq orasidagi obrо„si ortib, davlat
ahamiyatiga molik qarorlar qabul qilishdagi ta‟siri tobora kuchayib bormokda.
Siyosiy plyuralizm va kо„ppartiyaviylik mamlakatimizda jamiyat ijtimoiy
hayotining ajralmas qismiga aylandi. Ushbu qoidaning Konstitusiya darajasida
36
mustahkamlanishi siyosiy partiyalarning fuqarolik jamiyati va davlat о„rtasidagi
vositachilik roli, konstitusiyaviy-huquqiy maqomi oliy darajada e‟tirof
etilganligini anglatadi.
Jamiyatda siyosiy partiyalarning erkin faoliyat kо„rsatishi demokratik
huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishning asosiy garovidir.