2-mts-23 guruhi talabasi G. N. Normurodovaning Bolalar psixologiyasi fani «Temperament haqida tushuncha»



Yüklə 3,47 Mb.
səhifə2/2
tarix02.12.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#137660
1   2
G.N.Normurodova Psixologiya

sangvinik deb ataladi.
  • Ta'sirchan, chuqur kechinmali, gap ko’tara olmaydigan, ammo atrofdagi voqealarga unchalik e’tibor bermaydigan, o’zini to’htata oladigan harakatlar qiladigan va sekin ovoz chiqaradigan kishilar melanxolik deb ataladi.
  • Flegmatik - senzitivligi sust, his-tuyg'usi kam o'zgaruvchan, shunda ko'ra bunday shaxsni kuklirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ko'ngilsiz hodisa havf-hatar haqidagi habarga hotirjamlik bilan rnunosabatda bo'ladi.
  • Aslida odamlarni to’rtta tip buyicha taqsimlash mumkin emasligi tushunarli. Temperamentning turli-tumanligi to’risidagi masala fanda hali batafsil hal qilingan emas.
  • Temperamentning nerv-fiziologik mexanizimini ilmiy asosda tushuntirib bergan kishi I. P. Pavlov bo’ldi. U o’z umrining ko’p qismini oliy nerv sistemasi faoliyatini o’rganishga bag’ishladi. Uning tadqiqotlari natijasida odamdagi individual farqlar asosida qo’zg’olish va tormozlanish o’rtasidagi vazminlik yotishi aniqlandi.
  • Nerv sistemasi kuchi tipning eng muhim kursatkichdir.
  • Nerv faoliyatining tipiorganizimning tabiiy xususiyatidir. U nasliydir, lekin butunlay o’zgarmas hisoblanmaydi, u rivojlanishda va ma'lum darajada atrofdagi sharoit, muhit ta'siri tufayli o’zgaradi.
  • Temperament tiplarining kelib chiqishida, yuqorida aytganimizdek, irsiyat asosiy rol o’ynaydi. Agar irsiy fiziologik xususiyatlari bir hil bo’lgan bitta tuxumdan paydo bo’lgan (gomozigot) egizaklarning temperament xususiyatlarini irsiy fiziologik xususiyatlari unchalik bir hil bo’lmagan, ikkita tuxumdan paydo bo’lgan (geterozigot) egizaklarning temperament xususiyatlari bilan solishtirsak, bu narsa juda yaqqol ko’rinadi. Geterozigot egizaklarga qaraganda gomozigot egizaklar temperamentlari xususiyatlarining o’xshashlik darajasi shunchalik ortiqqi, temperamentning irsiyat yo’li bilan berilishi imkoniyati 85% ga tengdir.
  • Garchi temperament tiplari, umuman olganda, irsiyatga bog’liq bo’lsada, temperamentning ayrim xususiyatlari hayot sharoitlari va tarbiyaga bog’liq holda ma'lum darajada o’zgaradi.
  • Temperamentning ayrim xususiyatlarining hayot sharoitlari va tarbiyaga bog’liq holda o’zgarishini temperament tiplarining voyaga etishidan farqlash lozim. Temperament tipi unga hos bo’lgan barcha xarakterli xususiyatlari bilan birga, tug’ilish chogidan boshlab yoki ma'lum yoshda birdan paydo bo’lib qolmaydi. Nerv sistemasining voyaga etishidagi umumiy qonuniyatlari temperament tipining voyaga etishiga ham ta'sir qilib, izini qoldiradi.
  • Ma'lum temperament tipining asosiy xususiyatlari birdaniga hammasi nomoyon bo’lmaydi, balki yoshga qarab sekin-asta nerv sistemasining voyaga etishi bilan bog’liq holda namoyon bo’ladi. Bu jarayonni biz temperamentning voyaga yetishi deb ataymiz.
  • Yoshlar kasb tanlayotganda temperament xususiyatlari hisobga olinishi lozim. Masalan, hozirgi zamon texnikasida melanxologik uchun kiruvchi samolyotda uchuvchi bo’lish nihoyatda kiyin yoki bunday kishilarga to’satdan paydo bo’ladigan avariya havfi o’z vaqtida reaktsiya qilishi lozim bo’lgan murakkab energo-sistemalarda ishlash og’irlik qiladi. Odamning psixik xususiyatlariga nisbatan faoliyatning shunday yo’l bilan tanlashni kasbga yo’naltirish deb ataladi.
  • Temperament tiplari xususiyatlarini mumkin qadar o’quvchilar tarbiyasi jarayonida ham hisobga olish zarur. Masalan, melanxolik o’quvchini harakatlari uchun keskin koyish uning ruhini tushurib yuboradi. O’ziga ishonmasligini yana orttirib yuboradi va o’z kuchiga shubha bilan qaray boshlaydi.
  • Yuqoridagi usullarni sangvinikka nisbatan ishlatib bo’lmaydi. Chunki u boshidan kechirgan ko’ngilsiz voqealarni tez esdan chiqarib yuborishi va o’z kuchi, qobilyatlariga ortiqcha baho berishga moyildir, Salbiy bahoga nisbatan qattiqlik va talabchanlik unga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Temperament xususiyatini hisobga olgan holda huddi shunday individual munosabatda bo’lish mehnatni tashlil qilishda, sportchilarning mashqlarida va faoliyatnng boshqa turlarida ham bo’lishi mumkin va zarur.
  • Nihoyat, faoliyat talablariga temperamentni moslashtirishning asosiy eng unversal yuli individual ish uslubining tarkib topishidir. Mehnat faoliyatidagi ayni bir vazifa va talablar har turli usullar va yullar bilan bir hil samarali amalga oshirilishi mumkin. Faoliyatning indvidual uslubi deganda biz mazkur odam uchun harakterli bo’lgan va samarali ishlashi uchun maqsadga muvofik bo’lgan harakatlar va yullarning individual sistemasini tushunamiz. Faoliyatning indvidual uslubi odamda o’z-o’zidan, stixiyali ravishda paydo bo’lmaydi. U ta'lim va tarbiya jarayonida tarkib topadi. Individual uslub tarkib topishining birinchi ko’rtaklari bog’cha yoshidagi katta bolalarda o’yin xarakteridagi amaliy masalalarni yechishdayoq ko’rina boshlaydi.
  • Sangvinik - juda faol, har bir narsaga ham qattiq kulaveradi; yolg'on dahllarga jahli chiqadi. Atrofdagi narsalar, ma'ruzalar diqqatini tez jalb etadi. Imo-ishoralarni ko'p ishlatadi, chehrasiga qarab kayfiyatini aniqlab olish qiyin emas. Juda sezgir bo'lishiga qaramay kuchsiz ta'sirni (qo'zg'atuvchilar) seza olmaydi, serg'ayrat, ishchan, toliqmas. Faollik bilan reaktivlik munosabati muvozanatda, intizomli, o'zini tiya biladi, boshqara oladi. Hatti-harakati jo'shqin, nutq surati tez, yangilikni tez payqaydi, aql-idroki tiyrak, topqir, qiziqishlari, kayfiyati, intilishlari o'zgaruvchan. Ko'nikma va malakalami tez egallaydi. Ko'ngli ochiq, dilkash, muloqatda tez kirishadi. Fantaziyasi yuksak darajada rivojlangan: tashqi ta'sirlarga hozir javob.
  • Xolerik - sust senzitivlik xususiyatiga ega. Juda faol va reaktiv. Ko'pincha reaktivligi faollikdan ustun keladi. Betoqat, serg'ayrat, tinimsiz. Sangvinikka qaraganda silliqroq, lekin ko'proq qotib qolgan. Qiziqishlari, iutilishlari barqaror, xatti-liarakatlarida qatiiylik mavjud. Biroq diqqatni bir joyga to'plashda qiynaladi. Nutq surati tez va hakazo.
  • Flegmatik - senzitivligi sust, his-tuyg'usi kam o'zgaruvchan, shunda ko'ra bunday shaxsni kuklirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ko'ngilsiz hodisa havf-hatar haqidagi habarga hotirjamlik bilan rnunosabatda bo'ladi. Vazmin, kam-harakat, imo-ishorasi, mimikasi ko'zga yaqqol tashlanmaydi, lekin serg'ayrat, ishchan, faol, chidamli, matonatli. Nutq va harakat surati sust. Faoliyati kamroq. Diqqatni toplashi osoyishta. Diqqatni ko'chirishi qiiyin. Intravertlashgan, kamgap, ichimdan top, yangilikni qabul qilishi qiyin. Tashqi ta'sirotlarga sustlik bilan javob beradi.
  • Melanxolik - sentizivligi yuksak, tortinchoq, gayratsiz, arazchan, hafaqon. Jimgina yig'laydi, kam kuladi. Qatiiyligi va mustaqilligi zaif. Tez toladi, diqqat beqaror. His-tuygusi sust o'zgaradi. Rigid, interavertlashgan.

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin