30
Xulosa
Men 2023 yil 3-apreldan 5-maygacha Hamkorbank ATB Shaxrixon tumani filialida
o`quv amaliyotimni o`tadim. Xulosa qilib aytadigan bo`lsam, Hamkorbank ATB
Shaxrixon tumani filialida o`zimning nazariy o`rgangan bilimlarimni amaliyotda
qo`llashni o`rgangan holda, mazkur amaliyot ob’yekti bilim va tajribalarimni yanada
oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Hamkorbank ATB Shaxrixon tumani filiali orqali yurtimizda bank sohasida
bo`layotgan o`zgarishlar, yangiliklar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdim.
Jismoniy shaxlardan pul o`tkazmalari tariflari qanday ekanligini va qaysi davlatdan
qanday turdagi pul o`tkazmalari kelishi mumkinligini o`tagan amaliyotim davorida
ham guvohi bo`ldim. Biz talabalarga shunday o`quv amaliyotlari juda asqotadi va biz
uchun juda ham muhimdir. Chunki nazariy bilimalari bo`lsa-yu amaliyotda qo`llay
bilmagan bitiruvchi hayotda o`z o`rnini topa olmaydi. Bank biz uchun tajriba ortirish
maskani bo`lib xizmat qildi.
Bugungi kunda jahon shiddat bilan rivojlanib bormoqda, yangi texnika va
innovatsion texnologiyalar yartilmoqda. O`z navbatida ushbu yangiliklarni amaliyotga
joriy etish va zamonaviy talablar asosida raqobardosh mahsulotlar ishlab chiqarish,
xizmatlar ko`rsatish hamda faoliyat hajmini yanada kengaytirish maqsadida xo`jalik
yurutuvchi subyektlarning tabiiy ravishda bank kreditlariga ehtiyoji yuqori bo`ladi.
Bunda Hamkorbank ATB Shaxrixon tumani filialiga murojat qiladiganlat ko`pchilikni
tashkil qiladi. Bugungi kunda nafaqat yuridik shaxslarning, balki jismoniy shaxslarning
ham kreditlarga bo`lga ehtiyoji ortmoqda. Ba’zi sohalarga shu sohani rivojlantirish
maqsadida imtiyozli kreditlar ham berilmoqda.
Men o`quv amaliyotim davomida bank faoliyati to`g`risida ko`plab
ma’lumotlarga ega bo`ldim. Bu o`tagan o`quv amaliyotim men uchun juda foydali
bo`ldi.
31
Men taklif sifatida shuni aytishim mumkinki, Bank tizimida bir bo`limda
ishlovchi barcha mutaxassislarga umumiy ko`nikmalar o`rgatilsa yaxshi natija beradi
deb o`ylayman. Amaliyot davrida shunga amin bo`ldimki, ba’zi hodimlar ish
boshlanganidan toki tugagunga qadar mijozlar xizmatida bo`ladi, ammo yonida boshqa
turdagi ammo mazmunan yaqin yo`nalishda ishlovchi xodimga kun davomida 10-15
mijozga xizmat ko`rsatish bilan kifoyalanadi, ammo ular bitta tizimda ishlashadi.
Shunday ekan ularning ikkisi ham deyarli bir xil ish qilishadi. Shuni bank tizimiga
tadbiq qilsa yaxshi ish bo`lardi.
Bank tizimida hali hamon ko`pgina hujjatlar elektronlashtirilmagan. Ko`p
hollarda bank rahbarining ruxsati kerak bo`lsa xodimlar ruxsat olish uchun o`z ish
o`rinlarini tashlab rahbar yoniga borishga majbur bo`lishadi. Banklarni to`liq
elektronlashtirishni taklif sifatida kiritishim lozimdir.
Qolaversa, bugungi kunda barchamizga ma’lumki, banklar tomonidan ajratilgan
kreditlarni mijozlar tomonidan o`z vaqtida va belgilangan miqdorda to`lab borish
darajasi qoniqarli darajada emas. Shu sabab kreditlarni undirish uchun bank xodimlari
mijozlar bilan bog`lana olmay ularning shaxsiy uylariga borib chiqishlariga to`g`ri
kelmoqda va bu bank xodimlariga qo`shimcha muammo tug`diroqda. Shu sababdan
mijozlarga kreditlar ajratish sohasini yanada isloh qilish va bunda mavjud
kamchiliklarni bartaraf etishga ehtiyoz sezimoqda. Shu sababdan kreditlar ajratish
mexanizmini yanada chuqurroq ko`rib chiqish va isloh qilish lozimligini ta’kidlab
o`tish joiz.
|