Muammoli ta’limning mohiyati - muammoli vaziyatlarni yaratish (tashkil etish) va
ularni o‘quvchi va o‘qituvchi hamkorligida hal etish. Bunda, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi (fikr yuritishi, masalalarni hal etishi, va b.) iloji boricha maksimal darajada bo‘lishi hamda o‘qituvchining faoliyati iloji boricha yo‘naltiruvchi bo‘lishi shart.
Muammo – (yunon. problema – masala) – yechimi talab etiladigan murakkab savol,
masala.
Muammoli ta’lim an’anaviy ta’limdan farqi
Kriteriyalar
|
An’anaviy ta’lim
|
Muammoli
ta’lim
|
O‘qituvchining faoliyati
|
Tayer bilimlarni yetkazadi: yangi materialni tushuntiradi, tajribalarni namoyish qilib beradi, ularni misollar bilan mustahkamlaydi.
|
O‘quvchilarning mustaqil ta’limini tashkil etadi, ularning o‘quv faoliyatini boshqaradi; tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
|
O‘quvchining faoliyati
|
Uzatilgan ma’lumotlarni qabul qiladi, ularni eslab qoladi, yod oladi, mashq qiladi, gapirib beradi va h.k.
|
Muammo qo‘yishni o‘rganadi, ularni hal qilish bo‘yicha mustaqil faoliyat olib boradi;
o‘z-o‘zini boshqarish va baholashni amalga oshiradi.
|
O‘qitish metodlari
|
Tushuntirish, namoyish qilish
|
tadqiqotchilik,
faollashtiruvchi metodlar, ta’lim va AK texnologiyalari
|
O‘qitish natijalari
|
Tayyor bilimlar
|
Ijodiy ko‘nikmalar, kompetensiyalar
|
Muammoli ta’lim texnologiyasini tashkil qilish:
bosqich - muammoli vaziyatni qo‘yish, o‘quvchilarni ushbu muammoni tushunishga yo‘naltirish, ularda muammo bo‘yicha savollar tuzishga undovchi harakatlarni amalga oshirish.
bosqich - pedagogik muammoli vaziyatni psixologik holatga o‘tkazish: savolni qo‘yish – uning javobini topishga qaratilgan faoliyatni boshlanishi, qarama-qarshiliklarning mohiyatini anglash, noaniqliklarni belgilash. Ushbu bosqichda o‘qituvchi qisman yordam ko‘rsatadi, yo‘naltiruvchi savollar beradi, va h.k.
bosqich - muammo yechimini topish, qarama-qarshiliklar hosil qilgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlash. O‘qituvchi yordamida yoki o‘quvchilarning o‘zlari turli gipotezalarni taklif qilishadi va ularni tekshirishadi, qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalanish. O‘qituvchi kerakli yordamni ko‘rsatadi.
bosqich - "Aga-reaksiya", yechim g‘oyasining paydo bo‘lishi, yechimga o‘tish, uni amalga oshirish, yangi bilimlarni hosil bo‘lishi.

NAZORAT SAVOLLARI
1.Ta’lim metodlari haqida?
2.Reproduktiv ta’lim metodi haqida ma’lumot bering ?
3.O’qitishning dogmatic shakli?
4.O’qitishning vositalari?
5.Individual ta’lim haqida ma’lumot?
6.O’qitishning qonun va qonuniyatlari haqida tushuncha?
7.Pedagogik texnologiya deganda nimani tushunasiz?
8.Ta’lim tizimida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samarali jihatlari?
9.Muammoli ta’limning maqsad va vazifalari?
10.Muammoli ta’limni muvaffaqiyatli amalga oshirish shartlari? Adabiyotlar ro’yxati
#Muammoli ta`limni tashkil etishning nectar bosqichi bor?
+ 4 ta
Dostları ilə paylaş: |