21-laboratoriya mashg`uloti: Qizil ilik, timus, taloq va limfa tuguni gisto-perparatlarini o`rganish. Reja



Yüklə 192,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix29.03.2023
ölçüsü192,19 Kb.
#124534
  1   2   3   4
SG 21-lab



21-laboratoriya mashg`uloti: Qizil ilik, timus, taloq va limfa tuguni gisto-perparatlarini 
o`rganish. 
Reja: 
1. Qizil ilik va timusning gistopreparatlarini mikroskopiya asosidao`rganish. 
2. Taloq va limfa morfo-gistologik tuzilishi va axamiyatio`rganish.
Mashg’ulotining maqsadi: Mielopoez organi va timusning tuzilishi bilan tanishish; Qizil 
ilik, timus, taloq va limfa tuguni preparatlarini o’rganish, chizish va belgilash; Mustaqil ish - 
qushlarning kloakal bursasini chizish va belgilash; endokrin bezlar (qalqonsimon bez va 
qalqonsimon bezoldi bezi)ni o’qib kelish; tavsiya qilinadigan ro’yxat asosida atamalar lug’ati 
tuzish. 
Kerakli jihozlar: Amaliy mashg’ulot ishlanmalari, hujayra va to`qimalardan tayorlangan 
gistopreparatlar mikroskop, asbob-uskunalar, rasmlar, videoproyektor, kamerali mikroskop. 
Tayanch iboralar: Qizil ilig, timus, eritropoez. miyelopoez, endoteliy, fagotsit, sinusoid 
kapillyarlar, retikulyar to’qima, mikroskop, buyum oynasi, gematoksilin, eozin bo’yoqlari 
Preparat:Quyoning qizil iligi.Litiyli karmin in’eksiya qilinib, o’zaklar gematoksilin bilan 
bo’yalgan (18-rasm). 
Material retikulyar to’qima va sinusoid kapillyarlar endoteliyining fagotsitar funksiyasini 
namoyish qilish maqsadida litiyli karmin in’eksiya qilingan hayvondan olingan. Preparatda 
karminning qizil rangli zarralari uchun kontrastli fon hosil qilishda gematoksilindan 
foydalanilgan. 
Qizil ilikda eritropoez va miyelopoez jarayoni boradi. Ammo qo’llanilgan bo’yash usuli 
taraqqiy qilayotgan qon shaklli elementlari hujayraviy tarkibini analiz qilishga imkon 
bermaganidan, organ tuzilishining umumiy o’ziga xosliklari bilan tanishamiz. 
Kuchsiz ob’yektiv ostida, atrofdagi retikulyar to’qimada rivojlanayotgan qon yetishtiruvchi 
elementlar o’choqlari joylashgan ko’plab sinusoid kapillyarlar ko’rinadi. Sinusoid 
kapillyarlarning o’ng’ay kesimini topib, bunday qismni kuchli ob’yektivda o’rganish va chizish 
kerak. Sinusoid kapillyarning keng teshigi (1), undagi qon hujayralari, eritrotsit (2) va 
leykotsitlar (3)ni belgilaymiz. Sinusoid kapillyarlarning endoteliyi (4) preparatlarda 
endoteliotsitlar tomonidan fagotsitoz qilingan karminning qizil donachalari tufayli aniq ajralib 
turadi. Har joy-har joyda endoteliyning o’zaklari (5) ajralibturadi. 
Erkin yotuvchi hujayralar - makrofaglar (6) da ham karmin donachalari uchraydi. 
Atrofdagi elementlardan segmentlangan yoki halqasimon o’zakli juda yirik (“gigant”)hujayralar 
- megakariotsitlar (7) birinchi navbatda ko’zga tashlanadi. Shakllanayotgan qon 
elementlari orasida nisbatan yirikroq gemotsitoblastlar (8), mayda va kichik normablastlar (9), 
o’zagi tayoqcha shaklidagi granulotsitlarni (10) farq qilish mumkin. 
Mitoz bo’linayotgan hujayralar (11) uchraydi. Ushbu preparatda retikulyar sinsitiyni 
ko’rish qiyin. Faqat har joy-har joyda retikulyar sinsitiyning yirikroq o’zaklari (12) yoki uning 
to’rining uncha katta bo’lmagan qismlari ko’rinadi. Suyak iligining retikulyar to’qimasida doimo 
yog’ hujayralari (13) uchraydi. Ular qizil ilikda kamroq, sariq ilikda esa juda ko’p uchraydi. 
Suyak iligining detallarini o’rganish uchun maxsus gematologik usullar bilan bo’yalgan 
demonstratsion preparatlardan foydalanishga to’g’ri keladi. 


Quyonning suyak iligi. Kuchli ob’yektiv18-rasm 

Yüklə 192,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin