3- amaliy mashg‘ulot mavzu: Til sathlari o‘rtasidagi uzviy alоqadоrliklar. Tilning fonetik –fonologik sathi. Nutqning fonetik bo‘linishi. Fonetik hodisalar Mavzu rejasi



Yüklə 37,12 Kb.
səhifə7/11
tarix19.09.2023
ölçüsü37,12 Kb.
#129077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-mavzu. Tilshunoslik asoslari (1)

Epiteza (yun. epi — keyin + thesis - holat) ma’lum fonetik sabablarga ko'ra so'z oxirida tovush orttirilishi: disk - diska, tank -tanka, kiosk - kioska, bank - banka kabi. Ayrim manbalarda epiteza austeza deb ham ataladi.
Prokopa (ankopa) (yun. prokope - oldindan qisqarish) so'z boshida ba’zan unli yoki undosh tovushning tushb qolish hodisasi: yig’ach ig’ach, yiroq iroq, yuz - uz, hilvira – iltvir, hid - id kabi.
Sinkopa (yun. synkope - oradan qisqarish) so'z o'rtasidagi tovush yoki tovushlar guruhining tushishi: arslon aslon, oltmish —otmish, birlan -bilan kabi.
Apakopa (yun. apokope - qisqartirish) hodisasi so'z oxiridagi tovush yoki qo'shma so'z qismlaridan birining tushirilishi: to'rt –to’r, daraxt - darax, Samarqand - Samarqan kabi.
Qo'shma so'z qismlarining tushurib qoldirilishi asosan rus tilidan o'zlashgan so'zlar tarkibida kuzatiladi: kilogramm - kilo, metropoliten — metro kabi.
Sinerezis - so'z o'rtasida yonma-yon kelgan ikki unlining bin kuchsizlanib, nutqda tushib qolishi va ikkinchi unlining cho'ziqroq talaffuz qilinishiga: saodat -sodat, matbaa - matba:, maorif –momo;rif kabi.
Sinerezis ba’zan ikki unli orasidagi undoshning tushib qolishi hisobiga yuz berishi ham mumkin: zahar - za:r, shahar - sha:r kabi. Bu hodisa, asosan, o'zlashma so'zlar tarkibida kuzatiladi.
Nutqda tovushlarning qo'shni tovushlar ta’sirida miqdor va sifat belgilarining o'zgarishi kombinator o‘zgarishlar deyiladi. Nutqda tovushlarning kombinator o'zgarishlariga akkomodatsiya, assimilyatsiya, dissimilyatsiya, diereza, epenteza, gaplologiya, proteza, metateza kabi fonedk hodisalar kiradi. Ba’zan bu hodisalami o'rganuvchi bo'lim kombinator fonetika deb bam yuritiladi.
Akkomodatsiya, assimilyatsiya, dissimilyatsiya, diereza, epenteza, gaplologiya, proteza, metateza kombinator o'zgarishlar hisoblanadi.
So'zdagi yondosh tovushlar artikulatsiyasiyasining o'zaro moslashuvi akkomodatsiya (lot. accomadatio - moslashuv) keng tarqalgan fonetik hodisalardan biri bo'lib, talaffuz iqtisodi bilan uzviy bog‘liqdir. Masalan, qafas so‘zida q chuqur til orqa undosh tovushidan keyin til oldi a unli tovushining til orqa unlisi kabi talaffuz qilinishi.
Keyingi tovushning ekskursiyasi o'zidan oldin kelgan tovushning rekursiyasiga moslashsa, progressiv akkomodatsiya deyiladi.
Aksincha, agar oldingi tovushning rekursiyasi keying tovushning ekskursiyasiga moslashsa, regressiv akkomodatsiya deyiladi. Akkomodatsiyada unlilarning undoshlarga va undoshlaming unlilarga moslashuvi ro‘y berishi mumkin. O’zbek tilida chuqur til orqa undoshlardan (x, g', q) til oldi undoshiari, til oldi unlilari (i, e, a) til orqa unlilari bo‘lib talaffuz etiladi, ya’ni ulaming talaffuzi moslashadi. Aksincha, til orqa unlilari (o', h, o) til oldi undoshlaridan keyin til oldi unlilari bo'lib artikulyatsiya qilinadi. O'zbek tilidagi bu xususiyat akkomodatsiyaga misol bo'la oladi.
Unli tovushlar burun undoshlaridan oldin nazalizatsiya qilinishi regressiv akkomodatsiyaga misoldir: qon, long, tom kabi. Non, nom, ming so'zlarida bir yo'la progressiv va regressiv akkomodatsiya kuzatiladi, chunki ikki burun undoshi orasidagi unli nazalizatsiya qilinadi.
O'zbek tilidagi qurt, bolta, qatra, mingta, kamchil so'zlaridagi undosh birikmalarining har ikki elementi bir-biriga ta’sir qilib jarangsiz undoshlar sonorlarni qisman jarangsizlashtiradi va o'z navbatida, sonorlar ham jarangsiz undoshlarda ovoz tonini kuchaytirib shovqinni pasaytiradi. Bu hodisa o'zaro akkomodatsiyaga misol bo'ladi. Akkomodatsiya tovushlarning hosil bo'lish o'rni va usuli, labning holat va tovush paychalarining tebranishi va yaxshi tebranmasligiga ko'ra moslashuv orqali amalga oshiriladi. Nutqdagi barcha tovushlar bir-biri bilan artikulyatsiya fazalari orqali bog'lanadi va bu artikulyatsiya tuzilishini tashkil etadi. Tovushlar o'rtasidagi bog'lanishning artikulyatsiya tuzilishini chuqur o'rganish yordamida fonetik hodisalar oydinlashadi.

Yüklə 37,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin