takomillashtirish uchun katta ahamiyatga ega, chunki bunda ma’lum etapdagi yig‘ma
trenirovka effekti baholanadi.Bunda esa shu etapga qo‘yilgan vazifa qay darajada
bajarilganligi aniqlanadi.Qilingan ishlarni, qo‘llaniladigan trenirovka uslubla-rini va
vositalarni butun etapda yuz bergan o‘zgarishlar bilan solishtirib ko‘rib, keyingi
trenirovka jarayonini rejalashtirish uchun kerakli xulosalar chiqarish kerak. Bu ishlarni
bajarishda vrachning vazifasi – organizmning umumiy ish qobiliyatini, organizmning
qandaydir aniq sport turi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan sistemalarning funksional
holatidagi o‘zgarishlarini baholashdan iborat. Psixologik tayyorgarligini baholash
kerak.Trenerning vazifasi esa sportchining funksional tayyorgarlik darajasini
baholashdan iborat.Har bir etapdagi tekshirishlar har 2-3 oyda bir marta o‘tkazilishi
kerak. Tekshirishlar bir kun dam olgandan keyin, ertalabki nonushtadan so‘ng 1-2 soat
o‘tgach o‘tkazilishi kerak. Tekshirishlardan oldin sportchi jismoniy mashq bajarmasligi
kerak.Murabbiy va vrach, sportchi o‘zini-o‘zi tekshirish ko‘rsatkichlarini analiz qilish
orqali, o‘zlari uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarni olishlari mumkin. Bu ma’lumotlar
har kungi tekshirishlar, har xil sinamalar bilan birgalikda mashg‘ulotlar mikrotsikli
tuzilishining effektivligini baholashga yordam beradi. Har bir sportchi o‘zini-o‘zi nazorat
qilish kundaligini tutishi kerak, murabbiy va vrach esa kundalikdagi ma’lumotlar bilan
tanishib borishlari kerak.Kundalikda kayfiyat, uyqu, ishtaha, ish qobiliyati haqida
ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak. Kundalikda yana 1 minutdagi puls va nafas olish soni,
o‘pkaning tiriklik sig‘imi, vazni, arterial qon bosimi va qo‘l dinamometriyasining
ko‘rsatkichlari bo‘lishi kerak. YAna kundalikka quyidagilarni yozish mumkin:
salomatlikning yomonlashishi, ish tartibining buzilishi va boshqalar.
Ayollar esa hayz ko‘rish siklining o‘tishi haqida xarakteristika yozishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: