3 – mavzu: O‘rta Osiyo tarixiga oid qadimgi va ilk o‘rta asr yozma manbalari



Yüklə 27,42 Kb.
səhifə3/4
tarix20.06.2023
ölçüsü27,42 Kb.
#128313
1   2   3   4
3 – mavzu O‘rta Osiyo tarixiga oid qadimgi va ilk o‘rta asr yoz

3.Arman va Suriya manbalari.
Arman Arshakidlari (mil. 66 - 482) bilan Eron Arshakidlari (mil. av. 250 - mil. 224) bir daraxtning ikki shoxi hisoblanadi. Arman Arshakidlari Armanistonni rasman 60 yildan boshlab idora qilganlar. Sosoniylarga qadar Arman va Eron Arshakidlari do‘stona munosabatda bolishgan. Lekin, 301 y. Arman Arshakidlarining xristian dinini qabul qilishi bilan (mamlakatlar orasida birinchi bolib) o‘rtadagi yaxshi munosabatlar buzilib, ular yovlashib qoladilar. Arman Arshakidlari IV asr mobaynida Vizantiya bilan qo‘shilib, Eronga qarshi urushadilar. Armanistondagi Arshakid podsholigiga barham berilgach, Armanistonning katta bir qismi Eronga qo‘shib olindi. Shu vaqtdan boshlab Eron otashparastlikni yoyishga harakat qildi. Bunga Armanistonning yarim xalqi otashparast bo‘lganligi qo‘1 keldi. Ma’lumki, o‘sha vaqtlarda (IV asr) armanlar yunon imlosida, V asrga kelib, Misrok Isaak arman imlosini ixtiro qildi. o‘sha paytlarda Armanistonda tarixshunoslik ilmning boshqa sohalariga qaraganda kengroq taraqqiy etdi. Lekin tarix ilmi borasida armanilar greklarning shogirdlari hisoblanardi. Yana shuni ham alohida qayd etish kerakki, arman tarixchilari voqealarni talqin etish va ayniqsa, unga baho berishda vizantiyalik tarixchilarga nisbatan ob’ektivroq edilar. Qadimgi Eron tarixini o‘rganishda quyidagi arman manbalari muhim ahamiyat kasb etadi: Agafangel (V asr) - birinchi arman tarixchisi. Hayoti va ijtimoiy-ilmiy hayotiga oid malumotlar yo‘q. u "Armaniston tarixi” degan asari bilan mashhur. Asar eski arman tilida yozilgan. Unda xristianlikning tarqalishi, Armanistonning qadim zamonlaridan podsho Tridat III (mil. IV asri) davrigacha bolgan tarixi hamda yerga egalik munosabatlarining oid qimmatli ma’lumotlar jamlangan. Xususan, - Eron munosabatlari haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. Asar grek, gruzin va arab tillariga tarjima qilingan. Uning fransuzcha tarjimasi ham bor. "Armaniston tarixi”ning matni 1909 y. Tiflisda chop etilgan.
Faust Vizantiyskiy - V asrning II yarmida otgan tarixchi olim. U ham “Armaniston tarixi” degan asar yozib ketgan. Asarda Armaniston - Eron munosabatiga oid muhim ma’lumotlar bor. Asarning ruscha tarjimasi XX asrning 50-yillarida Yerevanda chop etilgan.
Moisey Xorenskiy (Movses Xorenasi)ning hayoti va ilmiy faoliyatiga oid ma’lumotlar deyarli yo‘q darajada. Olimning mazkur asarida armanlarning birinchi afsonaviy otasi Xayka zamonidan mil. 428 yilgacha bo‘lib o‘tgan voqealar haqida hikoya qilinadi. Xususan, IV asr oxiri - V asr boshlarida bo‘lib o‘tgan voqealar keng bayon etilgan. Moisey Xorenskiyning mazkur asari Armaniston, Eron va Ozarbayjon xalqlarining og‘zaki adabiyoti hamda etnik tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Asarning eski arman tilidagi matni 1913 yil Tiflisda, yangi arman tiliga qilingan tarjimasi 1961 yili Yerevanda bosmadan chiqqan; N.Emin tarafidan qilingan ruscha tarjimasi Moskvada 1893 yili chop etilgan. Yegishe Vardanet (V asr) - hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlar kam. Faqat 451 yilda bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘alonda ishtirok etgani, qo‘zg‘alon boshlig‘i Vardan Mashkonyanning huzurida bo‘lganligi ma’lum, xolos. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, u qo‘zg‘alonchilarning otliq qismiga bosh bo‘lgan. Qo‘zg‘alon 451 yilning 2 iyunida mag‘lubiyat bilan tamom bo‘ldi. Yezdigerya II (439 - 457) g‘alaba qozondi. Asarda shu qo‘zg‘alon haqida hikoya qilinadi. Gazar Parbesi (V asrning 40-yillarida tug‘ilgan). 481-484 yillarda Vaam Mashkonyan bosh bo‘lgan qo‘zg‘alonda ishtirok etgan. Keyinchalik Egmiadzin ibodatxonasining noziri etib tayinlangan. Vaam yuqorida tilga olingan Vardan Mashkonyanning qarindoshi edi. Gazar Parbesinning asari yuqoridagi Yegishe Vardanet asarining davomidir. Mazkur qo‘zg‘alon eronliklar bilan armanlar o‘rtasida sulh bilan yakunlandi. Gazar Parbesin o‘z asarida ana shu 481-484 yillar qo‘zg‘aloni haqida batafsil hikoya qiladi. Sebeos - (VII asrning I yarmi) - yepiskop; o‘zining tarixiy asarida VI - VII asrning I yarmi voqealari haqida hikoya qiladi. 604-628 yillari Vizantiya bilan Armaniston o‘rtasida bo‘lib o‘tgan voqealar haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, Xusrav II Parvez (591/628) turish-turmushi va arablarning Armaniston ustiga qilgan birinchi yurishi; Eronning davlat tuzilishi va soliq tizimi haqida ham muhim ma’lumotlar uchratamiz. Asar Xusrav II ga dushmanlik ruhida yozilgan.

Yüklə 27,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin