3 1-bob. Jahonda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlarning o‘rni



Yüklə 359,5 Kb.
səhifə5/10
tarix10.04.2023
ölçüsü359,5 Kb.
#125096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BMT va O\'zbekiston munosabatlari

Yevropa xavfsizligi. Yevropa xavfsizligining mustahkam tizimini vujudga keltirish XX asrning muhim va dolzarb muammolaridan biri hisoblangan. Uni yaratishda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti doirasida muayyan muvaffaqiyatlarga erishildi. 1992 yil 9-10 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan YEXHT ishtirokchilari davlat va hukumat boshliqlarining uchrashuvida (Xelsinki - II) ma’qullangan Deklaratsiyada YEXHT Yangi Yevropaning shakllanish jarayoni yo‘nalishini belgilovchi va bu jarayonni rag‘batlantiruvchi anjuman ekanligi ta’kidlangan (22-band).
Tinchlikparvarlik harakatlarini amalga oshirishda YEXHT mavjud tashkilotlar, masalan, Yevropa Ittifoqi, NATO, shuningdek MDH resurslari va tajribasidan foydalanishi mumkin. Har bir muayyan holatda YEXHT mazkur tashkilotlar yordamidan foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
YEXHTning Budapesht (1994 yil) va Lissabon (1996 yil) shaharlarida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlari qarorlarida Yevropada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda asosiy rolni YEXHT o‘ynashi tan olingan, YEXHT mintaqada mojarolarning oldini olish va nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilishning asosiy vositalaridan biri ekanligi ta’kidlangan.
Shuni ta’kidlash zarurki, YEXHT har xil miqyosda tinchlikparvarlik harakatlarini o‘tkazish borasida muayyan tajriba to‘plagan. Uning missiyalari Bosniya va Gersegovinaga, Xorvatiyaga, Estoniyaga, Latviyaga, Ukrainaga, Gruziyaga, Moldaviyaga, Tojikistonga, Tog‘li Qoraboqqa, sobiq Yugoslaviyaning Makedoniya respublikasiga, Kosovoga yuborilgan. Ularning mandatlari hududdagi muayyan vaziyatni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va mahalliy vakillar bilan yaqin aloqa o‘rnatish, mojaro taraflari o‘rtasida boshlangan munosabatlarni yanada mustahkamlash vazifasi qo‘yilgan.
Yevropada tinchlikni ta’minlashda YEXHTning samaradorligini oshirish Yevropa xavfsizligining konseptual asoslarini ta’riflovchi hujjatlar ishlab chiqish zarurligi bilan bog‘liq. 1994 yil davlatlar va hukumat boshliqlarining Budapesht kengashida xavfsizlikning harbiy-siyosiy jihatlari bo‘yicha Xulq-atvor kodeksi qabul qilindi va u 1995 yil yanvardan kuchga kirdi. Hujjatda asosiy e’tibor YEXHTning xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash borasidagi umumiy say-harakatlariga muvofiq mintaqada va undan tashqarida milliy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan.
O‘zbekiston mustaqilligining birinchi kunlaridanoq o‘zining tashqi siyosati ustuvor yo‘nalishlarini inobatga olgan holda Yevropa bilan hamkorligini mustahkamladi. O‘zbekistonning Yevropa davlatlari bilan munosabatlari ikki tomonlama va ko‘p tomonlama darajada amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan ikkitomonlama muzokaralari aktiv xarakterga ega1.
Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizligini ta’minlash borasida BMT, YEXHT, NATO, YEI, IHT, IKT va boshqa qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar muhim ahamiyat kasb etadi, ammo bu hozirgi jahon siyosiy beqarorligi, global darajadagi tabiiy o‘zgarishlar, turli ekstrimal holatlar va mintaqaviylik tendensiyalari kechayotgan bir sharoitda tom ma’noda mintaqada tinchlik va barqarorlikni kafolatlovchi shart bo‘la olmaydi. Chunki mintaqadagi muammolar birinchi navbatda shu makon va zamonda o‘z yechimini topishi tabiiy hol hisoblanadi. Aks holda mintaqaning xilma-xil manfaatlar ta’siriga tushib qolishi oqibatida turli chigalliklar kelib chiqishi va murakkab ziddiyatli muammolar oqibatida ba’zi qiyinchiliklar paydo bo‘lishi mumkin1.
Insoniyat duch kelgan va duch kelayotgan, xavfsizlikka bo‘layotgan jiddiy tahdidlar faqatgina davlatlar o‘rtasidagi agressiv urushlar oqibatidagina emas, balki qashshoqlik, infeksion kasalliklar, atrof-muhit holatining yomonlashib borishi, davlat ichidagi zo‘ravonlik va urushlarni, yadro, kimyoviy, radiologik va biologik qurollardan foydalana olish imkoniyati va uning tarqalishini, terrorizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va boshqalar oqibatida vujudga keladi.
Globallashuv jarayonida mintaqaviy hamda global xavfsizlikni ajratib olish darkor. “Mintaqaviy xavfsizlik” global, xalqaro xavfsizlikning tarkibiy qismi bo‘lib, yer sharining ma’lum bir mintaqasiga qaratilgan xavfsizlikka nisbatan aytiladi. YA’ni bunda mintaqaning rivojlanishiga, barqarorligiga, undagi davlatlar guruhlari o‘rtasidagi aloqalarga urush, beqarorlik tahdidini solayotgan omillardan himoyalanish holati tushuniladi. “Mintaqaviy xavfsizlik ma’lum bir mushtarak geosiyosiy muhitda joylashgan va bir-biriga uzoq tarixdan bevosita bog‘lanib qolgan xalqlar, millatlar, davlatlarga tegishli bo‘lgan hayotiy muhim manfaatlarni ichki va tashqi tahdidlardan davlatlaro hamkorlik asosida himoya qilish holatidir”2 .
Xalqaro xavfsizlik huquqi – xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplariga muvofiq barcha davlat va xalqlar xavfsizligini, umumjahon tinchlikni ta’minlash va o‘rnatish maqsadida xalqaro munosabatlarni tartibga solishga yo‘naltirilgan xalqaro huquqning norma va prinsiplarining yig‘indisidir3.

  • Xalqaro xavfsizlikni ta’minlash uchun nafaqat xalqaro huquqning asosiy prinsiplariga, balki xalqaro xavfsizlik huquqining sohaviy prinsiplariga rioya etish katta ahamiyatga ega. Xavfsizlikning umumiylik prinsipi xavfsizlikning (siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ijtimoiy, gumanitar, ekologik, axborot) turli tashkil etuvchilarini o‘zaro bog‘liqligini bildiradi. Xavfsizlikning bo‘linmaslik prinsipi xavfsizlik barcha uchun bir xil bo‘lishi lozim va bir davlatning xavfsizligi boshqa davlatlar xavfsizligi hisobiga ta’minlanishi kerak emasligini anglatadi.

Umumjahon tinchligini va xalqaro xavfsizlikni ta’minlash muammosi hozirgi zamon xalqaro munosabatlarida markaziy o‘rinlardan birini egallaydi. Uning asoslari BMT Nizomida o‘z ifodasini topgan hamda 1970 yil 16 dekabrdagi xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash to‘g‘risidagi Deklaratsiyada, BMT Bosh Assambleyasining 1986 yil 5 dekabr va 1987 yil 7 dekabrdagi “Xalqaro tinchlik va xavfsizlikning yalpi tizimini yaratish to‘g‘risida”gi qarorlarida belgilab berilgan yalpi xalqaro xavfsizlik konsepsiyasida, shuningdek, “Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni BMT Nizomiga muvofiq mustahkamlashga yalpi yondashuv” to‘g‘risidagi 1988 yil 7 dekabr qarorida rivojlantirilgan.
BMT kuch-g‘ayratlari yer yuzida barqaror, xavfsizlik va zo‘ravonlik ishlatilmaydigan tinchlik o‘rnatilishiga imkon beradigan xalqaro munosabatlarni tashkil etishni taminlashga yo‘naltirilgan. Huquq tushunchchasiga muvofiq, xalqaro xavfsizlik va davlatlararo munosobatlar sohalarida asos bo‘lib xizmat qiluvchi voqeliklarga quyidagilar kiradi:

  • mafkuraviy va sinfiy kurash jahon davlatlararo munosabatlari asosini tashkil etolmaydi. Bu shuni bildiradiki, bloklar bo‘yicha qarama-qarshi turish va “tashqi” dushmanlarni izlash o‘rniga xalqaro munosabatlarni mafkuradan xoli qilish, sherikchilik, umuminsoniy qadriyatlarni va ularning tor milliy manfaatlardan ustun ekanligini tan olish vaqti keldi;

  • yadro urushi siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish vositasi bo‘lolmaydi. Shubhasiz, yadro urushi – Yer sivilizatsiyasi uchun o‘z joniga qasd qilishdir, unda g‘oliblar bo‘lishi mumkin emas; ayni vaqtda kelajakda yadro quroli istalgan bosqinchi uchun tiyilib turish rolini o‘ynaydi.

Ayni vaqtda, bozor iqtisodiyoti va erkin raqobatni keng tatbiq etish yo‘li bilan xatto tabiiy resurslarining eng kam miqdori (yoki hatto ular umuman bo‘lmagan taqdirda ham) bilan ham sanoat rivoji va aholi farovonligining yuksak darajasini, siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash mumkin.
Hozirgi zamondagi mavjud holat halqaro xavfsizlikning ko‘pqirraliligini va yalpi xarakterini hamda har bir alohida davlat xavfsizligining butun halqaro hamjamiyat xavfsizligi bilan uzviy bog‘liq ekanligini yaqqol tasdiqlaydi.
BMT Ustavi (VIII bob) mintaqa miqyosida xalqaro tinchlik va xavfizlikni saqlash uchun mintaqaviy kollektiv xavfsizlik xalqaro tashkilotlari tuzishga ruxsat beradi. Bunda quyidagi shartlar albatta bajarilishi lozim:
- mintaqaviy asosdagi harakatlar BMT maqsadlari va prinsiplariga mos kelishi, faqat mahalliy nizolarga taalluqli bo‘lishi va mazkur hudud doirasidan tashqariga chiqmasligi kerak;
- Xavfsizlik Kengashidan vakolat olmay turib hech qanday majburlov choralari ko‘rilishi mumkin emas;
- biron-bir mintaqa davlatlari o‘rtasida yuzaga keluvchi har qanday mahalliy nizolar faqat tinch yo‘l bilan hal qilinishi lozim;
- Xavfsizlik Kengashi xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun mintaqaviy bitimlar doirasida amalga oshirilgan yoki amalga oshirish mo‘ljallanayotgan harakatlar haqida hamisha xabardor qilinib turilishi kerak;
- mintaqaviy asosdagi biron-bir harakat BMT xalqaro xavfsizlik universal tizimi doirasidagi harakatlarga zid kelishi mumkin emas.
Mintaqa davlatlari integratsiyasini yangi ko‘rinishida namoyish etishda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) muhim hisoblanadi. 1992 yil 15 mayda Toshkent shahrida kollektiv xavfsizlik shartnomasining imzolanishi ushbu tashkilotning huquqiy poydevorini yaratdi. Uning yuzaga kelishini Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik tizimini yaratishga bo‘lgan izlanishlar hosilasi deb aytish mumkin.
Avvalambor, KXSHTning tarixiga murojaat etadigan bo‘lsak, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya va Armaniston ushbu tashkilotga asos soldilar. “Kollektiv xavfsizlik - BMT Ustavi bilan belgilangan va ushbu Butunjahon tashkiloti, mintaqaviy xavfsizlik tashkilotlari, kollektiv o‘zini-o‘zi himoya qilish bo‘yicha tashkilotlar va kelishuvlar chegarasida amalga oshiriladigan davlatlarning xalqaro tinchlikni qo‘lab-quvvatlash va agressiya aktlariga qarshi harakatlar qilish maqsadida bo‘lgan hamkorlikdagi harakatlari tizimi. “Kollektiv xavfsizlik” termini xalqaro munosabatlar amaliyotiga 1922 yildan boshlab Millatlar Ligasi chegarasida kirib keldi. Ikkinchi Jahon urushidan keyin kollektiv xavfsizlik prinsipi BMT Ustavida, boshqa xalqaro shartnomalar va hujjatlarda (1975 yildagi Xelsinkidagi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha Kelishuvning yakuniy aktida va boshqalarda) yuridik jihatdan mustahkamlandi va tan olindi”1.



Yüklə 359,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin