3-6 I. Bob. Boshlang’ich sinfda bolalarni savodga o’rgatishning ilmiy-metodologik asoslari



Yüklə 102,22 Kb.
səhifə1/10
tarix15.10.2023
ölçüsü102,22 Kb.
#130261
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-6 I. Bob. Boshlang’ich sinfda bolalarni savodga o’rgatishning -fayllar.org


3-6 I. Bob. Boshlang’ich sinfda bolalarni savodga o’rgatishning ilmiy-metodologik asoslari

MAVZU: SAVOD O’RGATISH DARSLARIDA O’QUVCHILARNING MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISH.

MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………....................3-6
I. BOB. BOSHLANG’ICH SINFDA BOLALARNI SAVODGA O’RGATISHNING ILMIY-METODOLOGIK ASOSLARI
1.1. Bolalarda o’qish va yozishga bo’lgan qiziqishini uyg’otish.......................7-11
1.2. Mashg’ulotlar jarayonida bolalarni yozish, o’qish ko’nikmalarini shakllantirish. Savod o’rgatishda o’quvchilar bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablar…12-21
II.BOB. SAVOD O’RGATISHNING ASOSIY DAVRIDA O’QUVCHILARNI O’QISHGA O’RGATISH.
2.1. Tayyorgarlik davri o’quvchilarni o’qishga o’rgatish uchun zamin……….22-27
2.2.Savod o‘rgatish davri yozuv darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish…....28-30
III.BOB. O’QUVCHILARDA MUSTAQIL TA’LIM OLISH KO’NIKMA VA MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI.
3.1. Savod oʻrgatish davrida qo’llaniladigan noan’anaviy oʻqitish metodlari tavsifi.............................................................................................................31-36
3.2. O’quvchilarda mustaqil ta’lim olish ko’nikma va malakalarini shakllantirish metodikasi.....................................................................................................37-40
Xulosa………………………………………………………………………….41
Foydalanilgan adabiyotlar............................................................................42
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekistonning milliy mustaqillikka erishishi va hozirgi kunda ma’naviy o’zgarishlar jamiyatimiz ijtimoiy hayotida tub burilishlarni boshlab berdi va ular o’zbek xalqining bundan keyingi taqdirini belgilab berishda muhim rol o’ynaydi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab barkamol avlod tarbiyasiga alohida etibor berib kelinmoqda. Mamlakatimizda ta’lim sohasini islohqilishga yo’naltirilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Ma’lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo’lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. “Tarbiya qancha mukammal bo’lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi”, deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo’lishi uchun esa bu masalada bo’shliq paydo bo’lishiga mutlaqo yo’l qo’yib bo’lmaydi.” degan fikrlari tadqiqot ishimizning dolzarbligini o’zida ifodalaydi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim siyosatining muhim maqsadlaridan biri yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashdir. O’zbekistonimizda mustaqillik sharofati bilan barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirildi, iqtisodiy rivojlantirishning o’zbek modeli, kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ishlab chiqildi va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilib, kelajak avlodni tarbiyalash borasida zarur shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratilmoqda. Bugungi kunda dunyo miqiyosida axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida ta’lim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga o’z ta’sirini ko’rsatayotganligi barchamizga ma’lum. Bunday sharoitda inson faoliyatining nazariy va amaliy qirralari ham uzluksiz yangilanib turishi tabiiydir. Pedagogik faoliyat ham alohida va murakkab mehnat turi sifatida bundan mustasno emas. Pedagoglar o’z faoliyatlarida kafolatlangan natijalarni qo’lga kiritishga urinmoqdalar. XXI asrni olimlarimiz tomonidan axborot texnologiyalari asri deb tan olinganligi pedagogik va axborot texnologiyalari kun sayin barcha sohalarda rivojlanayotgani, jumladan, ta’lim sohasida ham yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalanish an’anaviy o’qitish usullaridan ko’ra samarali va yuqori natijalarga olib kelmoqda. Shuning uchun ham pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylandi. Barkamol avlodni tarbiyalash – “Ta’lim to’g’risdagi” Qonunda Respublika ta’lim xodimlari zimmasiga o’ta ma’suliyatli vazifalar yuklangan. Bu vazifani amalga oshirish jarayoni boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qishiga yangicha yondashish, o’qituvchilarni o’z kasbiga va tarbiyalanuvchilarga o’ta ma’suliyatli munosabatda
3
bo’lishni taqozo etadi. Bu dastur yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy, ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to’g’ri yo’l topa olish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o’zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologikpedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g’oyani ilgari suradi. Mamlakatimiz birinchi prezidenti I. A. Karimov ta`kidlaganidek: ‘Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta`lim-tarbiya, ilm-fan, kasbhunar o’rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zaruriyat sezila boshlandi. Yurtimizning kelajagi, uning ertangi taqdiri, ozod va obod jamiyat qurilishiga erishishimiz ham ma`lum ma`noda shu islohatlarning natijasiga bog’liq edi. “Chunki ta`lim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta`lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurnio’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad- ozod va obod jamiyat barpo etib bo’lmaydi” degan yurtboshimizning fikrlaridan ta`lim-tarbiya islohati, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga erishish mamlakatimiz taraqqiyotini ta`minlovchi asosiy omillardan biri ekanligini bilib olishimiz mumkin. Mamlakatning ertangi kuni esa, dunyoqarashi keng maktab bolalari va zamonaviy, salohiyatli o’qituvchi-murabbiylarga ko’p jihatdan bog’liqdir. O’quv-tarbiya ishlari jarayonida o’quvchilarni ijodiy fikrlashga, o’zgaruvchan vaziyatlarga o’rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish hamda ularning amaliy mashg’ulotlarda pedagogik texnologiyalar, axborot tyexnologiyalari, elektron darsliklar, versiyalar va multimedialardan foydalana olishi muhimdir. Bu esa o’quvchilarda mutsaqillik, erkin fikrlashni tarbiyalash, o’quv faoliyatini tahlil qilish, itsiqbolda kasbiy mahorat va kompyutyer savodxonligini orttirish ularning ichki ehtiyojiga aylantirilishini talab etadi. Davlat ta’lim standarti talabiga binoan bilimlarni mustaqil ravishda izlanib o'rganish vazifasi hozirgi kunda eng dolzarb muаmmolardan biridir. Shu sababli fanlarning nazariy asoslarini amaliy ko’nikma darajasida o’zlashtiri bo’lishda mustaqil ta’limning roli beqiyosdir. O’quvchilarga mustaqil ta’limni bajarish yuzasidan fan o’qituvchilari tomonidan metodik tavsiyalar beriladi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib mustaqil ta’lim turlari – rang-barang va turli electron ko’rinishlari – fan o’qituvchisi tomonidan ishlab chiqiladi. O’quvchilar sinf xonalarida o’qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar. Sinfxonasidan tashqarida o’quvchi darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspektqiladi, uy vazifasi sifatida berilgan topshiriqlarni bajaradi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
4
Mazkur kurs ishida quyidagi farazlar oldinga suriladi:

1. O’quvchilarning mustaqil ishlari ko`nikmalari rivojlanib boruvchi hodisa sifatida bosqichma - bosqich shakllantirilsa, hisoblash ko`nikmalari takomillashib boradi, savod o’rgatishning inson hayotidagi o`rnini, ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyatini anglab yetadilar.


2. Sinfdan tashqari o’quvchilarning mustaqil ishlarida o’rganilgan savodxonlik darslarini o`rganishga ilg`or pedagogik texnologiyalar tatbiq etilsa, o`quvchilarning mustaqil ishlari ko`nikmalarini shakllantirish kafolatlanadi.
3. Mustaqil ish ko`nikmalari shakllangan bolada turli uslubdagi hisoblashlarni, o’qish va yozishmalakalarini tez tushunish qobiliyati o`sadi.
- mazkur muammoga oid ilmiy – metodik adabiyotlarni o’rganish;
- boshlang`ich sinflar Davlat ta`lim standarti, ona tili va o’qish savodxonligi o`quv dasturi va darsliklarini o`rganish;
- boshlang’ich ta`lim sinfdan tashqari darslarida o`quvchilarning mustaqil ishlari ko`nikmalarini shakllantirishning hozirgi holatini o`rganish va tadqiqot ishining vazifalarini belgilab olish;
- boshlang’ich sinflarda o`quvchilarning mustaqil ishlari ko`nikmalarini shakllantirishga oid ilg`or tajribalarni kuzatish va ularni takomillashtirish;
- boshlang’ich sinflarda o`quvchilarning mustaqil ishlari ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga imkon beradigan ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Kurs ishni kuzatish va tahlil qilish; so’rovnoma; ilg’or pedagogik tajribalarni umumlashtirish; matematik – statistik metod.
Natija va xulosalarning asosli va haqqoniyligi anketa ma’lumotlari va o’quvchilarniig mustaqil ishlari ko`nikmalari, o’rgangan bilimlarini hisobga olish bilan asoslaniladi. Shuning uchun o`quvchilar bilimini o`stirishda mavzuga oid material tanlash va uni o`zlashtirish bilan bog`liq mantiqiy izlanishlarga katta ahamiyat beriladi. Shuning uchun sinfdan tashqari mustaqil ishlarining asosiy vazifasi o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va mustaqil fikrlash iqtidorini shakllantirishdan iborat deyish mumkin. Shulardan kelib chiqib tadqiqotning ilmiy yangiligi sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:
1. Ta’lim tizimidagi yangilik va ta’lim mazmunidagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda o`quvchilarning mustaqil ishlari ko`nikmalarini shakllantirish muammosi boshlang’ich ta`limda sinfdan tashqari mustaqil ishlari misolida tadqiq qilindi.
5
2. Boshlang’ich ta’lim maktablarida ta`limda sinfdan tashqari o`quvchilarning mustaqil ishlarida savod ko`nikmalarini shakllantirishdagi asosiy nuqson va kamchiliklar aniqlandi, ularni bartaraf etishning yo’llari ko’rsatib berildi.
3.Boshlang`ich ta'limda sinfdan tashqari savod darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishning samaradorligini ta'minlovchi samarador mеtodlar asoslandi.
4. Boshlang’ich ta`limda sinfdan tashqari ona tili va o’qish savodxonligi darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish maqsadida badiiy adabiyotlar ro`yxati tuzildi.
5. Boshlang’ich ta`limda sinfdan tashqari ona tili va o’qish savodxonligi darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirishga oid maxsus mashq va topshiriqlar tizimi ishlab chiqildi.
6. Sinfdan tashqari o`qish darslarida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish mеtodikasi ishlab chiqildi va amaliyotga tavsiya etildi.

Yüklə 102,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin