Ishorali butun sonlarning tasvirlanishi Manfiy butun sonlar To‘g‘ri, teskari va to‘ldiruvchi kodlarda manfiy sonlar turlicha tasvirlanadi.
Manfiy sonlar to‘g‘ri kodi Ishora razryadiga 1, sonning raqamlari qismi - uning absolyut qiymatining ikkilik kodi joylashtiriladi.
Misol ( k = 8 da):
Ishorali butun sonlarning tasvirlanishi Musbat butun sonlar (va 0 soni)
Musbat sonlar to‘g‘ri, teskari va to‘ldiruvchi kodlarda bir xil ko‘rsatiladi - raqamli qism sonning ikkilik razryadlaridan, ishora razryadida esa 0 dan iborat bo‘ladi. Masalan, k = 8 uchun:
Ishorali butun sonlarning tasvirlanishi Manfiy sonlar teskari kodi Bunda sonning absolyut qiymati ikkilik kodining barcha raqamlari, shu jumladan ishora razryadi ham qarama-qarshi holatga o‘tkazish orqali hosil qilinadi: nollar birlarga, birlar esa nolga almashtiriladi.
Misol ( k = 8 ):
Ishorali butun sonlarning tasvirlanishi Manfiy sonlar to‘ldiruvchi kodi
Bunda sonning teskari kodi shakllantiriladi, keyin esa uning eng kichik razryadiga birni qo‘shish yo‘li bilan hosil qilinadi. Masalan:
Ishorali butun sonlarning tasvirlanishi Teskari va to‘ldiruvchi kodlarni hisoblash
Uzunligi k bo‘lgan aynan bir bitlar to‘plami turlicha talqin qilinishi mumkin:
1) qandaydir ishorasiz son tasviri sifatida;
2) qandaydir ishorali son tasviri (to‘g‘ri, teskari yoki to‘ldiruvchi kodi) sifatida.
Kompyuter u yoki bu bitlar to‘plami aniq nimani anglatishini bilmaydi, ya’ni kompyuter uchun u {0,1} alifbosidagi oddiy so‘z hisoblanadi va bu so‘z ma’nosi esa dasturchiga ma’lum. Bunday so‘zning sonli qiymati nomanfiy butun son deymiz, uning ikkilik ( k-razryadi) yozuvi berilgan so‘z bilan mos kelsa.
Ishorali butun sonlarning tasvirlanishi Aytaylik, x ishorali son bo‘lsin. U holda uning (to‘g‘ri, teskari yoki to‘ldiruvchi kodlari son qiymatini teskari (x) va tuldirish (x) funksiyalari yordamida aniqlash mumkin: