3-Mavzu. Epiteliy to’qimasi. Ichki muhit to’qimalari. Qon va limfa Reja: Epiteliy to’qimasi



Yüklə 321,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix05.10.2022
ölçüsü321,6 Kb.
#118117
  1   2   3   4   5   6   7   8
3-mavzu



3-Mavzu. Epiteliy to’qimasi. Ichki muhit to’qimalari. Qon va limfa 
Reja: 
1. Epiteliy to’qimasi. 
2. Ichki muhit to’qimalari 
3. Qon va limfa 
Epiteliy to‘qimasi chegaralovchi to‘qima bo‘lib, tana yuzasini, hazm qilish 
nayining, nafas va siydik chiqarish yoMlarining ichki yuzasini qoplab turadi. Jigar, 
me’da osti bezi va shuningdek organizm- dagi boshqa ko‘pgina bezlarning tarkibiga 
kiradi. Seroz pardalar ham epiteliy bilan qoplangan. Epiteliy to‘qimasi himoya, 
sekretor, so‘rish va ekskretor funksiyalarni bajarishga moslashgan. Ichak bo‘sh- 
lig‘ida fermentlar ta’sirida parchalangan oqsil, uglevod, yogclar mono- merlar holida 
hamda suv va mineral tuzlar ximus tarkibidan ichak epitelial hujayralari orqali qon 
yoki limfaga so‘riladi. Modda alma- shinish natijasida hosil boMgan qoldiq 
mahsulotlar ham epiteliy hujay- ralari orqali organizmdan tashqariga chiqariladi 
(ekskretsiya). Ekskretsiya asosan o‘pkada (karbonat angidrid va qisman suv ajraladi), 
buyrakda (mochevina, siydik kislotasi ajraladi), terida (ter bilan suv va 5-10 foiz 
mochevina ajraladi) kechadi. 
Epiteliy to‘qimasi chegara to‘qima boMganligi uchun u o ‘zining ostida joy 
lashgan tocqimalarni turli ta’sirlardan (kimyoviy, mexanik) himoya qiladi. 
Jarohatlanmagan teri epiteliysi turli zaharli moddalami va mikroblami o‘tkazmaydi. 
Epiteliy to‘qimasi sekret ishlab chiqarish qobiliyatiga ham ega. Me’da shilliq qavatini 
qoplovchi epiteliy to‘qimasinjng mahsuloti me’dani mexanik va kimyoviy 
ta’sirlardan saqlasa, me’da-ichak nayi bo‘ylab joylashgan epiteliy hujayralari esa oziq 
moddalaming parchalanishida va so‘rilishida muhim o ‘rin tutadi. 
Epiteliy to‘qimasi homila taraqqiyotida har uchala homila varaqlaridan (ekto, 
ento- va mezodermadan) hosil bo‘ladi. Ilk bor hosil bo'lgan epiteliy hujayralari 
homilaning rivojlanishi uchun sharoit yaratib beradi. U orqali homila va ona 
organizmi o‘rtasida modda almashinishi ta’minlanadi. 
Epiteliy to‘qimasining kelib chiqishi va bajaradigan funksiya- la-rining har xil 
boMishiga qaramasdan, boshqa to‘qimalardan farq qil-adigan umumiy belgilari ham 
mavjud. 
1. Epiteliy to‘qimasi zich joylashgan plast holidagi hujayralar to‘plamidan iborat, 
hujayralararo modda deyarli boMmaydi. 
2. YEpiteliy to‘qimasi doimo bazal membranada yotadi. 
3. Epiteliy hujayralari bazal membranada joylashganligi uchun 


ular qutbli differensiallash xususiyatiga ega. Epiteliy hujayralarining apikal va bazal 
qismlari tafovut etilib, bu qismlar tuzilishi va funksiyasi bilan bir-biridan farq qiladi. 
4. Epiteliy to‘qimasida qon tomirlar boimaydi, hujayralar bazalmembrana orqali 
biriktiruvchi to‘qimadan difiuz yo41 bilan oziqlanadi. 
5. Epiteliy to‘qimasi yuqori darajada qayta tiklanish xususiyatiga 
ega. 
Epiteliy kelib chiqishi, tuzilishi va funksiyasi jihatidan bir necha marta 
klassifikatsiya qilingan, shulardan keng tarqalganlari morfofunk- sional va 
filogenetik klassifikatsiyalardir. 
Filogenetik klassifikatsiya bo‘yicha dpiteliy to‘qimasi 5 ga boMi-nadi: 1) teri 
epiteliysi; 2) ichak epiteliysi; 3) buyrak epiteliysi; 4) selo- mik epiteliy; 5) 
ependimoglial epiteliy. 
Terining epiteliy tocqimasi ko‘p qavatli boiib, himoya funksiya-sini bajaradi. 
Ichakning epiteliy to'qimasi bir qavatli bo1lib, himoya va so‘rish funksiyasini o'taydi. 
Buyrakning epiteliy to'qimasi bir qavatli bo‘lib, modda almashinuvida hosil bo'lgan 
organizm uchun kerak boMmagan oxirgi maxsulotlarning chiqarilishida ishtirok eta­ 
di. Selomik epitelial to‘qima seroz bo4shliqlami qoplashdan tashqari, jinsiy 
hujayralaming hosil boMishida ham qatnashadi. Ependimoglial epitelial to‘qima nerv 
naychasidan rivojlanib, sezgi organlari tarkibi-ga kiradi, miya qorinchalarini va orqa 
miya kanalining devorini qoplaydi. 
Epiteliy doimo bazal membranada joylashadi. Bazal membrana yoki bazal 

Yüklə 321,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin