3-mavzu. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoni Reja



Yüklə 488,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/15
tarix11.11.2023
ölçüsü488,55 Kb.
#131621
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
3-мавзу

K
2
 -
shuning o’zi, tadbirlar amalga oshirilgandan so’ng; 
A - yangi tadbirlar amalga oshirilgandan boshlab tayyorlanadigan yillik mahsulot yoki 
ishlarning natura birligi. 
En - kapital xarajatlarning normadagi qiyosiy samaradorligi koeffitsienti. 
U yangi kapital qo’yilmalarning minimal darajadagi iqtisodiy samaradorligini hamda bir 
so’mlik kapital qo’yilma bir yilda mahsulot tannarxini necha tiyinga kamaytira olishni bildiradi. 
Masalan, soha tarmog’i uchun belgilangan samaradorlik koeffitsienti normasi 0,15 bo’lsa, bu 
shu tarmoqda har bir so’m kapital qo’yilmalar mahsulot tannarxining pasayishi hisobiga eng 
kami bilan 15 tiyinlik tejam, foyda berishi zarur. Samaradorlik koeffitsienti "0"dan "1"ga qancha 
tez intilsa, samaradorlik shuncha yuqori, xarajatlarning reja qoplanish muddati esa shuncha qisqa 
bo’ladi. 
Ishlab chiqarishning samaradorlik darajasi xilma-xil, bir-biriga bog’liq bo’lgan omillar 
ta’sirida tashkil topadi va shakllanadi. Har bir kompleks, tarmoq va korxona uchun uning texnik-
iqtisodiy xususiyati sababli samaradorlikni oshirishning o’ziga xos omillari mavjud. 
3.3.Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va uni xisoblash usuli 
Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi korxonaning ishlab 
chiqarish quvvati kattaligini belgilaydi. U ishlab chiqarish dasturini asoslashda katta rol o’ynaydi 
hamda korxonaning belgilangan nomenklatura va sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha 
‘otentsial imkoniyatlarini tavsiflaydi. 
Bundan kelib chiqadiki, 
ishlab chiqarish quvvati
– bu, ma’lum bir vaqt davomida ilg’or 
texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg’or 


sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotlarning maksimal darajasidir. U qoidaga 
ko’ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining natural ko’rinishda, ushbu korxonaning 
ixtisoslashganligi va mahsulotning alohida turlari o’rtasidagi o’zaro nisbatiga ko’ra aniqlanadi. 
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati ilg’or (asosiy) sexlar quvvati bilan, sexlar quvvati 
bosh uchastkalar quvvati bilan, uchastkalar quvvati esa bosh uskunalar quvvatiga asosan 
aniqlanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilab beruvchi ko’rsatkichlar qatoriga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
*
uskunalar tarkibi va turlar bo’yicha soni; 
*
uskuna, agregat va dastgohlardan foydalanishning texnik-iqtisodiy norma (normativ) lari; 
*
uskunalarning ishlash vaqti fondi
*
ishchilar soni; 
*
ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti (turlari va xilma-xilligi). 
Korxona ishlab chiqarish quvvatining 

Yüklə 488,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin