5. Nazorat bosqichi. Bu bosqichda Konsultant va mijoz olingan amaliy
maslahat va tavsiyalar mijoz tomonidan amaliy jihatdan amalga oshirilayotgani va
uni baholanishi qanday nazorat qilinishi borasida o‘zaro kelishib oladilar. Shu
yerda Konsultant va mijoz tavsiyalarni bajarish jarayonida yuzaga keladigan
savollarni qachon, qaerda va qanday xal qilish masalasini kelishib oladilar. Bu
bosqichni yakunida agar zarurat tug‘ilsa, Konsultant va mijoz keyingi safar qachon
va qaerda uchrashishni ham kelishib oladilar. Psixologik maslahatning ushbu
yakuniy bosqichi o‘rtacha 20-30 daqiqa vaqt ichida o‘tkaziladi.
Agarda yuqoridagilarni jamlaganda aytish mumkinki, psixologik maslahatni
o‘tkazishning besh bosqichiga o‘rtacha 2-3 soatdan 10-12
soatgacha vaqt ketishi
mumkin (psixologik testga ajratilgan soatdan tashqari).
Psixologik yordamning asosiy xususiyatlaridan biri psixolog-masla-hatchi
mijoz bilan rejalashtirilgan uchrashuvga oldindan tayyorgarlik ko‘rish
imkoniyatiga ega bo‘lishidir.
Mijoz uchun uchrashuvni tayyorlash bir necha bosqichlardan iborat:
1.
Mijoz va uning muammosi haqida dastlabki ma’lumotlarni to‘plash.
Ushbu ma’lumotlar maslahatchiga maslahatni keyingi bosqichlariga
tayyorgarlik ko‘rishida zarur ahamiyatga ega.
Ma’lumotlarni esa quyidagi manbalardan olish mumkin:
-
Qayd qilish kitobi;
-
Boshqa maslahatchi tomonidan qayd etilgan
mijoz haqidagi taassurot
(tashqi ko‘rinishi va hokazo);
-
Hisobda turgan varaqa orqali mijoz haqidagi ma’lumot.
Qayd qilish kitobining namunaviy jadvali quyidagi shaklda bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: