Mablag‘ masalasini atroflicha o‘rganish muhim bir o‘rinni egallaydi. Shuni
alohida ta’kidlash joizki ushbu markaz shaxsiy bo‘lishi mumkin,
shuningdek
tarmoqli va davlat mablag‘i hisobidan ham tashkil etilishi mumkin.
Markaz binosiga nisbatan ikkita asosiy talablarni ko‘rsatish mumkin:
binoning joylashuvi va jihozlanishi.
Maslahat markazi joylashuvini tanlashda qo‘yidagi uchta “mumkin emas” ga
rioya qilish zarur:
1)
Maslahat markazini savdo tashkilotlari ichida va yonida joylash-tirish
mumkin emas;
2)
Yo‘lovchilar serqatnov va shovqin-suronli binolar yoniga joylash-tirish
mumkin emas;
3)
Markazga tashrif etilgan mijozlarga noqulaylik kayfiyatini tug‘diruvchi
tashkilotlar yonida joylashtirish mumkin emas (masalan ichki ishlar, hushyorxona
va boshqa tashkilotlar).
Psixologik maslahat markazlarini quyidagi joylarda tashkil etish mumkin:
1)
tinch joylarda;
2)
transport yo‘nalishi qo‘lay bo‘lgan joylar;
3)
uning joylashuvi va tashqi ko‘rinishi mijozlarda
yoqimli kayfi-yatni
ko‘tarish kerak.
Agar maslahat markazi alohida bog‘ bilan o‘ralgan binoda joylashgan bo‘lsa
maqsadga muvofiq bular edi.
Dostları ilə paylaş: