Empatiya “
boshqa odamning hissiy kechinmalaridagi
hissiy holat-larni
anglash” deya ta’riflanadi. Biroq shuni yodda tutish kerakki, boshqa odamning
ichki dunyosiga to‘liq kira olish mumkin emas. Boshqa odamning ichki dunyosiga
o‘zimizning tajriba, fikr va qarashlarimiz aks etgan dunyo bilan kirish to‘g‘ri
kelmaydi. Shunga o‘xshash munosabat o‘rniga psixologik
maslahat jarayonida
empatiya shartli
ravishda
har qanday (shaxsiy, oilaviy, ish yuzasidan)
bosqichda
muloqotdan afzal bo‘ladi.
Hissiy yaqinlik.
Ushbu xususiyat boshqa odamlarga nisbatan haqiqiy
qiziqishni uyg‘otadi. Odamlar o‘rtasidagi iliq va ijobiy munosabatlar yo‘nalishlari
nuqtai-nazaridan hissiy yaqinlik muhim o‘rinni egallaydi. Biroq, ba’zi bir odamlar
ushbu tuyg‘uni
odamni o‘z-o‘ziga ishonchsizligi deb qabul qilishlari ham
ehtimoldan holi emas.
Ijobiy munosabat.
Karl Rodjers ta’biri
bilan aytganda, ushbu xususiyat
“shartsiz ijobiy munosabat”ga tenglashtiriladi. Uning nazarida bu xususiyat
terapevtik o‘zgarishlarga zarur sharoitlar yaratadi.
Samimiylik.
Bu xususiyatni sun’iy tarzda yaratib bo‘lmaydi.
Maxsus
psixologik ko‘nikmalarsiz ham odam nosamimiylikdan samimiylikni bexato ajrata
oladi, chunki samimiylik-bu avvalambor, niyatning to‘g‘riligi-dandir.
Yumor tuyg‘usi.
Ovidiyning “Muhabbat san’ati”da odam bir qator
xususiyatlarga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, unda yumor tuyg‘usi ham bo‘lishi
zarur, bunda ushbu tuyg‘u hamma vaqt ham kerak bo‘lmasligi mumkin, biroq,
uning mavjudligi insonni yetukligini bildiradi. Bu haqiqatdir,
chunki mazkur
tuyg‘u xavfli, murakkab va ilojsiz holatlardan chiqib ketish-da muhim ahamiyatga
ega. Kulgu bo‘lmaganda insoniyat halokatga uchrashi ehti-moldan holi emas.
Turmushning ayanchli tuyg‘usi.
Ispan faylasufi Migel de Unamuno 1954
yilda “turmushning ayanchli tuyg‘usi” haqida yozib, uning fikriga ko‘ra, insonlar
hayotni to‘laqonli his etishlari lozim.
Aniqlilik.
Psixoterapiya ifodasida aniqlilik nafaqat
boshqa odamni tinglay
bilish, eshitganlarini tahlil qilish emas, balki vaziyatga aniqlik kiritish ham muhim
ahamiyat kasb etadi.
O‘z-o‘zini anglash va refleksiya.
Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi-bir-lik va
o‘ziga xoslikni his etishi, “qarama-qarshi tashqi
dunyoni anglashda fikrlari,
tuyg‘ulari, hohishlari bilan ajralib turuvchi mavjudotdir”. Refleksiya-“nimanidir
o‘rganish va taqqoslash yordamida odamga xos fikrlash jarayonidir”. Qisqa
ma’noda-“Men va uning kichik koinotni bilishga qara-tilgan “yangi burilish”
bo‘lib, faqat shundagina shaxsda uni egallash imko-niyati paydo bo‘ladi. Ayniqsa
shunday qobiliyatlar uyg‘unligida shaxsiy va kasbiy xususiyatlar rivojlanishiga
erishish mumkin.