1. Zardushtiylik dinining vujudga kelishi omillari va zardushtiylik shakllangan tarixiy sharoit
2. Zardushtiylik ta’limoti va “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal”tamoyili
3. Avesto- zardushtiylik dinining muqaddas kitobi
4. Zardushtiylik ta’limoti va Avestoga doir ilmiy yondashuvlar.
1. Zardushtiylik dinining vujudga kelishi omillari va zardushtiylik shakllangan tarixiy sharoit
1. Zardushtiylik dinining vujudga kelishi omillari va zardushtiylik shakllangan tarixiy sharoit
Z a r d u sh t i y l i k
Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bo'lib, bu din eramizdan avvalgi VII-VI Asrlarda dastavval O'rta Osiyoda-Xorazm vohasida paydo bo'lgan. Uning payg'ambari Zardusht tarixiy shaxs edi. U mazdakiylik dinini isloh qilib, uning asosida yangi Yakkaxudolik dinini ijod etgan. Zardushtiylik – ilgarigi diniy tasavvurlar va kup xudochilikka asoslangan diniy e'tiqodlarni takror Zardusht isloh qilishi oqibatida yuzaga kelgan dindir. Bu qadimiy din haqida bir-birini istisno etuvchi fikrlar hanuz davom etib keladi. Ko'p tadqiqotchilar Zardusht tarixiy shaxs bo'lib, milodgacha 589-512 yillarda yashab ijod etgan birinchi ilohiyotchi, faylasuf, tabiyotshunos va shoir ekanini e'tirof etadilar.
Zardushtiylik ta'limoti O‘rta Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bo‘lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e'tiqodlarga nisbatan progressiv, monoteistik ta'limotdir. U behuda qon to‘kuvchi qurbonliklar, harbiy to‘qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o‘troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishga da'vat etadi.