3 Nazariy qism



Yüklə 152,68 Kb.
səhifə1/6
tarix13.12.2023
ölçüsü152,68 Kb.
#139874
  1   2   3   4   5   6
ASad



Mundarija:

  1. Kirish.................................................................................3

  2. Nazariy qism.....................................................................6

2.1.Temir oksididan temirning qaytarilishi..............................8
2.2.Pechning tuzilishi………………………………………………………...…10
2.3.Pechni ishga tushirish…………………………………………………….12
2.3.Shixtani suyultirish...........................................................13

  1. Texnologik xisobotlar......................................................18

  2. Xulosa ...............................................................................23

  3. Adabiyotlar ro’yxati.........................................................24

Kirish
O’zbekiston o’z yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi – bu yerda mashhur Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan turli foydali qazilma konlari va ma’dan nomoyon bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan. O'zbekiston dunyodagi juda katta oltin, kumush va boshqa qimmatbaho xamda yer bagrida kam uchraydigan metallar zaxiralariga ega bo'lgan davlatlar jumlasiga kiradi".
Prezidentimiz taraqqiyotning to’rtta asosiy yo’nalishini belgilab berdi. Birinchi yo’nalish – navbatda, metallurgiya korxonalari uchun kafolatlangan xomashyo yetkazib berishdir. Hukumat ma’lumotlariga qo’ra, respublikadagi ruda zaxiralari 1 milliard 200 million tonnani tashkil qiladi.
Ikkinchi yo’nalish – barcha hududlarda metall buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil etishni rag’batlantirish. Davlatimiz rahbari ana shunday korxonalar rahbarlari bilan suhbatlashdi, import qilinadigan tovarlarni bojxona to’lovlaridan ozod qilish imkoniyatlarini o’rganish bo’yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.
Uchinchi yo’nalish – yuqori qo’shimcha qiymat yaratuvchi sanoat tarmoqlari uchun zamonaviy metall konstruksiyalar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish. Shu maqsadda Prezidentimiz kelgusi yilda 500 million dollarlik mahsulotlarni mahalliylashtirish, davlat korxonalari tomonidan yangi mahalliylashtirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qilishni yo’lga qo’yish bo’yicha topshiriq berdi.
To’rtinchi yo’nalish – malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash, bu borada ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish. Buning uchun respublikada “O’zmetkombinat” qoshida Metallurgiya ilmiy markazi, Geologiya universiteti qoshida qora metallar ilmiy laboratoriyasi, texnoparklar ochilishi bo’yicha topshiriqlar berdi.
Qora metallar xalq xo’jaligida ishlatiladigan metallarning umumiy hajmining 90 % dan ortig’ini tashkil qiladi, ularning asosiy qismini esa turli po’latlar tashkil etadi. Temir qotishmalariga turli xil xususiyatlarni beruvchi asosiy – element ugleroddir.
Qora metallar –temir va uning asosidagi qotishmalardan ya’ni po’latlar, ferroqotishmalar va cho’yanlardan iborat bo’lib, asosan turmush sharoitida qo’llaniladigan hamma instrumentlar va detallardan iborat bolib, deyarli 90 % dan ko’proq qora metallardan iborat qotishmalardan yasaladi va ishlab chiqariladi.
Qora metallarga ko’pincha marganes (92 % metallurgiyada ishlatiladi) va ba’zan xrom (65 % metallurgiyada ishlatiladi) va vanadiy (90 % po’lat va cho’yanni legirlash uchun ishlatiladi) kabi metallar kiradi. Bu metallar asosan cho’yan va po’lat ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Cho’yanlar — temirning uglerodli qotishmalari bo’lib, uglerod miqdori 2,14 % dan ortiq (ba’zi cho’yanlarda 6 % gacha). Cho’yanlar oq, kulrang va egiluvchanlarga bo’linadi. Po’latlar – temirning uglerodli qotishmalari, tarkibida 2,14 % dan kam uglerod bo’ladi, kam uglerodli 0,25 % dan kam, uglerodli 0,25-0,6 %, yuqori uglerodli 0,6 % dan ortiq.
Marten sexi tarkibiga pech yo'lakchasi, sadkasi 115 tonna bo'lgan bitta marten pechi, quyish yo'lakchasi, shixta hovlisi, temir - tersaklarga ishlov berish uchastkasi, metall quymalari ombori va o'ta chidamli materiallar ombori kiradi. Pechga yuk ko'tarish qobiliyati 5tonna bo'lgan ikkita bostirish mashinalari xizmat ko'rsatadi. Po'lat ikki bostirish mashinalari oralig'idagi kovsh orqali UPQM ga quyiladi. 105 tonna hajmli po'lat quyish kovshlar yuk ko'tarish qobiliyati 160+63/20 tonna bo'lgan quyish kran bilan uzatiladi. UPQM 4 oqimli, tik turdagi po'lat quymalar 200x200 mm. Tayyorlanmalar 4.4 - 5.0 mm o'lchovli uzunligda kesiladi va roligangalar yordamida tayyorlanmalar omboriga uzatiladi.



Yüklə 152,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin