O`zbekistonda vijdon erkinligi va kafolatlanishi
Reja: Kirish 1. O`zbekiston Respublikasida din va diniy tashkilotlar. 2. Vijdon va diniy e’tiqod erkinligining mazmun va mohiyati. 3. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida” gi qonunning yangi tahriri. 4. Dinning jamiyat hayotida tutgan o`rni. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish O’zbekiston mustaqillikka erishgan ilk yillardan diniy sohaga o’zbek xalqining milliy ma’naviyatining ajralmas qismi sifatida alohida e’tibor qaratildi. Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat vakillari istiqomat qilib, 16 ta diniy konfessiyaga mansub 2241 ta diniy tashkilot, shu jumladan, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O’zbekistondagi Islom madaniyati markazi, Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi, 9 ta o’rta maxsus islom bilim yurti faoliyat olib bormoqda.
Muhtaram yurtboshimizning tashabbuslari bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom madaniyati markazi, Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Termiz shahrida Imom Termiziy ilmiy-tadqiqot markazi, Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent shahrida O’zbekistondagi islom madaniyati markazi faoliyatini tashkil etilish yuqoridagi ezgu maqsadlarga, shuningdek, ma’naviyatimizni yanada yuksaltirish, jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalik, ijtimoiy barqarorlik, o’zaro ahillik va totuvlikning kuchayishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Vijdon va din erkinligini ta’minlash O’zbekiston Respublikasi olib borayotgan siyosatining ustuvor vazifalaridan sanaladi. Shu bois, so’nggi yillarda respublikamizda fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlashga qaratilgan keng ko’lamli demokratik islohotlar olib borilmoqda. Bu borada vijdon erkinligining huquqiy asoslarini mustahkamlash, qonunchilikni inson huquqlariga oid xalqaro andozalar asosida takomillashtirish ham respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning eng dolzarb vazifalaridan biri deb qaralmoqda. Xususan, 2021-yilda 5-iyulda davlatimiz rahbari O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan taqdim etilgan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunni imzoladi.