3-sinf sh,ch,ng harf birikmalari



Yüklə 40,5 Kb.
səhifə2/2
tarix31.12.2021
ölçüsü40,5 Kb.
#112781
1   2
3-sinf sh,ch,ng harf birikmalari


Parta, stollar toza
Eshik oynalar soza
Darsimiz yozuv-chizuv.
Fan yo’lidadir nur
Sinfda o’ttiz olti bola
Biri gulu biri lola
Bizlar yaxshi bolamiz
Darslarga shay turamiz
O’lkamizda qish fasli
Ob havo ochiq bugun
Ochiq darsdir bu kun
She’r tugashi bilan bir o’quvchi doskaga ona tili kitobini ko’tarib keladi. Darslik yuzasidan suhbat o’tkaziladi.
1. O’quvchilar bu qaysi darslik? Ona tili
2. Uni sizga kim sovg’a qilgan? Prezidentimiz I. Karimov sovg’a qilganlar.
3. Nima maqsadda sovg’a qilganlar? Bolalar o’qishni bilib olishi, chiroyli yozish bilimlarini egallasin deganlar.
4. Darslikni kimlar yozgan ekan? Ona tili darsligimizni T. G’afforova, E. Shodmonov, X. G’ulomova.
5. Bu darslikdan biz nimalarni o’rganamiz?
1-o’quvchi:Tovush va harflarni,
Farqlay olishim kerak.
Tinish belgilarini o’rinli,
Qo’llay olishim kerak.
2-o’quvchi:Og’zaki va yozma nutq,
Gap,so’z va bo’g’inlarni.
Unli va undosh tovush
Hamda so’z ma’nosini
Farqlay olishim kerak.
3-o’quvchi:15-20 so’zdan iborat
Diktant yoza olishim kerak.
Husnixat qoidalariga
Amal qilishim kerak.
4-o’quvchi:2-3 gapdan iborat
Matn yarata olishim kerak.
Taklifnoma,tabriknoma
E’lon yoza olishim kerak.
5-o’quvchi:So’zga ma’nodosh va
Qarama-qarshi ma’noli
So’z topa olishim kerak.
Diktant turlarini,
Farqlay olishim kerak.
Fasl haqida suhbat o’tkaziladi.
2014-yil qanday yil?
“Sog’lom bola”yili haqida suhbat.
1-o’quvchi:Bizlar hur yurt farzandi,
Ulug’ ajdod dilbandi.
O’qib bilim olamiz,
Sog’lom bola bo’lamiz.
2-o’quvchi:Vatan bizga mehribon,
Yuksalmoqda bor imkon.
Ma’nan kuchga to’lamiz,
Sog’lom bola bo’lamiz.
3-o’quvchi:Istiqboldan so’zlaymiz,
Yurt ravnaqi ko’zlaymiz.
Tolmay mehnat qilamiz
Sog’lom bola bo’lamiz.
4-o’quvchi:Ona diyor bizniki,
Baxtu iqbol bizniki.
Obod hayot quramiz,
So’lom bola bo’lamiz.
Odob-axloq qoidalarini ayting.
-maktabga mashg’ulot boshlanishidan 10-15 minut oldin,maktab formasida kelish;
-toza va orasta kiyinish;
-saranjom,sarishta yurish;
-sochlarni ozoda va tartibga keltirgan holda tutish;
-o’g’il bolalar sochlarining uzunligi 2-3smdan oshmasligi;
-qiz bolalar ixcham zirakdan tashqari boshqa taqinchoqlar taqmasligi kerak;
-chiqindilarni faqat maxsus belgilangan idishlarga tashlash;
-ustozlar va maktab mehmonlari bilan uchrashganda salom berish;
-dars vaqtida o’rinsiz gaplashmaslik;
-jihozlarni asrab-avaylash,partalarga,stol va stullarga chizmaslik;
-Bugun biz sizlar bilan darsimizni qatorlararo musobaqa tarzida olib boramiz va qatorimizni nomlaymiz.
1-qator:Sh guruhi
2-qator:Ch guruhi
3-qator:Ng guruhi.
Qatordagi o’quvchilar o’zlarini “Muzyorar”usulida tanishtiradi.Masalan:Alloma sho’x,Nigora-yuring,Dilnoza-chaqqon.
II.O’tilgan mavzuni so’rash.
3 qatordan 3 o’quvchi chiqadi . “Noto’g’ri yozilgan so’zni toping”metodi.
Boshi tarog’,dumi o’rog’.
Qishlog’ning ob-havosi toza bo’ladi.
Dilnoza va Dilfuza toq rasmini chizishdi.
Qolgan o’quvchilar bilan “Ruchka stol o’rtasida”metodi o’tkaziladi.Bunda o’quvchilarga A4 format beriladi va boshi q va oxirida q harfi qatnashgan so’zlar yozishadi.
Qarmoq,qoziq,qoshiq,qoloq,quloq……….
III.Yangi mavzu bayoni.
Bugun biz sizlar bilan harf birikmalarga doir mashqlar bajaramiz.
Qani kim aytadi sh,ch,ng harf birikmalari alifboda nechanchi o’rinda?
Alifbo nima?
Alifboda nechta harf bor?Tovushchi?
Daftarlar almashtiriladi,baholar izohlanadi.
Sana yoziladi.
Chiroyli yozuv:Oo harfi.
Hamma o’quvchilar o harfi bilan boshlangan so’z aytadi.
41-mashq.Topishmoqlarning javobini ayting.
1.Yer ostida oltin qoziq.(sabzi)
2.Qoziq ustida qor turmas.(tuxum)
3.Qo’lsiz,oyoqsiz eshik ochar.(shamol)topishmoq javobi bilan daftarga yoziladi.
42-mashq.Ifodali o’qing.Harflar birikmasi qatnashgan so’zlarni ko’chiring.
Shu tik turgan joyingda,
Shimol-u sharq, g‘arb qayoq?
Top, o‘rtoq!?
Oymi, quyosh yo yulduz,
Qaysi biri yarqiroq?
Top, o‘rtoq!
Shu,joyingda,shimol-u,sharq,quyosh so’zlari yozdiriladi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Saylanma diktant.
Qaymoq,singil,choy,tog’,shijoat,harf,g’oz,keng,ochiq,bosh.
Savollarga javob toping.
• 1.O’zbek tilida nechta harf birikmasi bor?
• 2.O’zbek tilida nechta undosh tovush bor?
• 3.O’zbek alifbosida undosh harflar nechta?
• 4.Undosh tovushlar qanday aytiladi?
• 5.Alifbo nima? 6.Tovushlar yozuvda nimalar bilan ifodala-
• nadi?

• A.23 ta


• I. Harflarning tartib bilan joylashuvi.
• O.3 ta
• N. Harflar bilan
• F.24 ta
• R.qisqa,ovoz va shovqin
Agar o’quvchi to’g’ri yechsa OFARIN so’zi hosil bo’ladi.
“Ortiqchasini top”metodi.
Baho,bahor,baxt,shamol,baxil,bayram.
Shahar,shovqin,chashma,bodring,mashina
Chotqol,Chirchiq,guldon,chumoli,cho’mich,chigirtka.
“Kim chaqqon”metodi.
“Sh”guruhidan bir o’quvchi chiqib sh harfi bilan boshlangan narsaning rasmini bo’yaydi.
“Ch” guruhidan bir o’quvchi chiqib ch harfi bilan boshlangan narsaning rasmini bo’yaydi.
“Ng” guruhidan bir o’quvchi chiqib ng harfi qatnashgan narsaning rasmini bo’yaydi.
Darsni yakunlash
G’olib guruh aniqlanadi va ularga nominatsiyalar beriladi.
“Eng bilimdon guruh”
“Eng dono guruh”
„Eng zukko guruh“
Xuddi shunday o’quvchilar ham baholanadi.
Kundalikni endi ochaylik
Uyga vazifalarni yozaylik
Ona-tilidan olgan bilimni,
Unutmasdan esda saqlaylik.
43-mashq.Nuqtalar o’rniga tegishli undoshni qo’yib ko’chiring.
Yaxshi bola
Sevgan do’sti-kitob-oftob,
Qoidasi axloq-odob.
Maqtanishning hech o’zi yo’q
Gaplarida sen so’zi yo’q.
Yüklə 40,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin