4-amaliy mashgʻulot. Hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji. Mavzuning maqsadi: T


Keys savoli Talaba tomonidan berilgan javob ham asosli, ham hazil javoblar qanday bo’lishi mumkinmi? O’qituvchining javobi



Yüklə 206,83 Kb.
səhifə11/14
tarix12.01.2023
ölçüsü206,83 Kb.
#122185
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
4-amaliy mashg\'ulot

Keys savoli
Talaba tomonidan berilgan javob ham asosli, ham hazil javoblar qanday bo’lishi mumkinmi?
O’qituvchining javobi
Talaba Nils Bor tomonidan quyidagi asosli (1-, 2-, 3- va 5-) hamda hazil (4- va 6-) javoblar qaytarilgan:
1-javob. Barometrni binoning eng tepasidan tashlab yuborib, uning tushish vaqtini o’lchaysiz. Keyin (H=gt²/2) formulasi orqali balandligini hisoblaysiz. Lekin bu barometr uchun yaxshi natija emas (chunki u sinadi).
2-javob. Agar havo ochiq bo’lsa, barometrni yerga tik qo’yib soyasini o’lchaymiz va o’zining uzunligiga bo’lamiz. Keyin bino soyasi uzunligini o’lchab, chiqqan nisbatga bo’lsak, uning uzunligi kelib chiqadi.
3-javob. Barometrning uchiga ip bog’lab uni mayatnik kabi tebratasiz. Oldin yerda, keyin esa binoning eng tepasida. Balandlikni (T=2π√I/g) formulasidan foydalanib g ning farqidan topa olasiz.
4-javob. Agar bino yonida yong’in holatida chiqish uchun o’rnatilgan narvon bo’lsa, barometrni chizg’ich o’laroq ishlatib balandligini aniqlash mumkin.
5-javob. Agar klassik olim yoki ortodoks bo’lsangiz, albatta barometr bilan yer sirtidagi va bino tepasidagi bosimni o’lchab, bosimning balandlikka bog’liqlik formulasidan hisoblab topa olasiz.
6-javob (eng oddiy va oson javob). Bino qorovulining eshigini taqillatib, uning yangi barometrga ehtiyoji borligini so’rash va buning evaziga undan binoning balandligini aytishni talab qilish bo’ladi.


2-keys bayoni
Texas shtatidagi kichik shaharcha – Sonore (AQSH)da joylashgan ko’p qavatli uylardan birida yong’in sodir bo’ldi. O’t o’chiruvchilar qanchalik harakat qilishmasin, yong’in avj olaverdi. To’plangan odamlarning o’y-xayollari yong’in bo’lgan uy ichida qolgan bolalarni qutqarish bilan band bo’ldi. Sisternalardagi suv tugay boshlasa hamki, yong’in pasaymasdi. Bunday vaziyatda nima qilish kerakligini o’ylagan o’t o’chiruvchilarning boshlig’i atrofga alanglay boshladi. SHunda u shiypon tagida turgan bir nechta bochkani ko’rib qoldi. Bochkalarda hali to’liq yetilmagan vino bor edi. Boshliq hech ikkilanmay suv o’rniga ana shu vinolardan foydalanishga buyruq berdi.
O’t o’chiruvchilar vinoni sepishganda, kutilmaganda tobora avj olayotgan yong’in asta-sekin pasaya boshladi va nihoyat o’chdi.
Keys savoli
Har qanday alkogol ichimliklar kabi vinoning tarkibida ham spirt mavjud. Spirt esa olovni kuchaytiradi. Hali yetilmagan vino esa aksincha, yong’inni o’chirishga xizmat qildi. Buning sababi nimada?

Yüklə 206,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin