4-amaliy mashgʻulot. Hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji. Mavzuning maqsadi: T



Yüklə 206,83 Kb.
səhifə12/14
tarix12.01.2023
ölçüsü206,83 Kb.
#122185
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
4-amaliy mashg\'ulot

O’qituvchining javobi
Etilmagan vino tarkibida uzumning bijg’ishi natijasida ko’p miqdorda karbonat angidrid gazi hosil bo’ladi. Karbonat angidrid gazi esa eng yaxshi o’t o’chirish vositasi sanaladi. SHu sababli yong’in xavfi bartaraf etilgach, qolaversa, bu voqea tufayli shahar aholisi yetilmagan uzum vinosining o’t o’chirish xususiyatiga egaligini bilib oldi.


3-keys bayoni
Internetda Xitoydagi boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan
matematika masalasi mashhurlashmoqda. Uning videosini MindYourDecisions YouTube kanali e’­lon qildi.
O’quvchilarga (va tomoshabinlarga) stolning balandligini hisoblab topish vazifasi beriladi. Bu holda stol ostida turgan toshbaqaning boshidan stol ustida turgan mushukning boshigacha bo’lgan masofa 170 santimetrni tashkil etadi. Stol ostiga tushirilgan mushukning boshidan to stol ustidagi toshbaqaning boshigacha bo’lgan masofa esa 130 santimetrga teng.

Keys topshirig’i
Masalani yechishga urinib ko’ring va javobini toping.
O’qituvchining javobi
Video muallifi masalani yechishning ikki usuli haqida hikoya qiladi. Birinchisi – tenglama tuzib, “mushuk” va “toshbaqa”larni qisqartirish. Ikkinchisi – farazan ikki stolni ustma ust joylashtirib, yana jonivorlarni “qisqartirish”. SHunday qilib stolning haqiqiy balandligini topish mumkin va bu 150 santimetrga teng bo’ladi.


4-keys bayoni
200 yildan buyon hal qilinmay kelinayotgan Puankare teoremasining yechimini topganligi uchun (2008 yil) sankt-piterburglik 40 yoshli olim Georgiy Perelman jahon matematiklari uyushmasi tomonidan mukofot uchun belgilangan bir million AQSH dollari miqdoridagi moddiy mablag’ni olishdan voz kechdi.
Keys savoli

  1. Uning bu harakatini ma’naviy jasorat deb baholash mumkinmi yoki aksincha manmanlik?

  2. Sizningcha, olim o’z xatti-harakatlarini qanday izohlagan?

O’qituvchining yechimi
1. Sankt-piterburglik olim Georgiy Perelmanning bu harakati ma’naviy jasorat. Binobarin, haqiqiy olim va o’z kasbining fidoiysi uchun moddiy mablag’ emas, balki kasbiy e’tiqod asosiy o’rin tutadi.
2. Qolaversa, Georgiy Perelman o’z xatti-harakatlarining mohiyatini ifodalar ekan, shunday javob bergan: “Men mukofotni teoremani ochish jarayonida olib bo’ldim”. Bu ijod zavqi edi va uni hech narsa bilan tenglashtirib bo’lmaydi. Ijod zavqi shaxsni o’z kuchiga ishonishga, o’zini hurmat qilishga, hayotdan mamnun bo’lishga o’rgatadi.


5-keys bayoni
Inson tabiatan qulay sharoit, to’kinlik, farovonlik bo’lgan manzilga intiladi. Bugungi kunda respublika yoshlari ham “ozod va boy mamlakat” sanaladigan Amerika, Yevropa yoki SHarqning rivojlangan mamlakatlarida yashashga intilmoqda. Ammo taqdir taqozosiga ko’ra xuddi shu yurtlarga ko’chib borib, istiqomat qilayotgan o’rta va keksa yoshli kishilar Vatanga talpinib yashaydi.

Yüklə 206,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin